Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

DEVOR
Rahmon akaga
Yo'limga  yondosh  -  devor,
Yo'l  yuraman,  kuyaman.
U  tomoni  -  sumanzor,
Bu  tomoni  -  biyobon.
Devor bo'ylab,  buralib,
Gurkiraydi  xush  bo'ylar.
Tovus  kabi turlanib,
Suziladi  xushro'ylar.
Og'ochlar aytar o'lan,
Xayolimni  oladir.
Har yaprog'i  zumraddan,
Har mevasi  tillodir.
Men,  yo Jamshid,  desam,  bas,
Devor cho'kib  past bo'lar.
Ammo tilim  aylanmas,
Kalom  og'irlik qilar.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Qumda  qolar bir juft iz, 
Qumda  qolar ko'zlarim.
Bu  tarafda  men  yolg'iz,
U tarafda  do'stlarim.
Bu  tomonda  bo'z osmon,
U  tomonda  bo'yoqlar.
Ilon  tili  misoli 
Nozik titrar giyohlar.
La'li  lablari  tinmay,
Gullar meni  imlaydi. 
Barmoqlari  qayrilma 
Qo'llar meni  imlaydi.
Men,  yo Jamshid,  desam  bas, 
Bari  meniki  bo'lar.
Ammo dilim  aylanmas, 
Ko'nglim  og'irlik qilar.
Qaramayman,  qarasam  - 
Ko'zimni  oy tiladi.
Barmog'im  orasidan 
Tuproqlar otiladi.
1995

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin