Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

QARAM  BO'LMAS O'ZBEK
Egasiz va  oyoqosti yo'lmas o'zbek,
Xohlagan  suv oladigan  ko'lmas o'zbek.
Dong  taratgan  va  o'ziga  qaratgan  el,
Hech  qachon  hech  kimga  qaram  bo'lmas o'zbek.
Vatangado, yurtfurushlar anglamaslar,
Oltinday sof hikmatlar hech  zanglamaslar.
Ona  hamda  Vatanni-ku  tanlamaslar,
Hech  qachon  hech  kimga  qaram  bo'lmas o'zbek.
Borgan joyin  obod  qilgan  Boburlari,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Mazlumlarni ozod  qilgan Temurlari.
Tog'lardan  ham  balandroqdir g'ururlari,
Hech  qachon  hech  kimga  qaram  bo'lmas o'zbek.
O'g'il-qizlar shiddati-yu  shashtini  ko'r,
Birovga  bosh  egmaslikning  gashtini  ko'r.
Yurak bo'lsa,  ringga  chiqib  mushtini  ko'r,
Hech  qachon  hech  kimga  qaram  bo'lmas o'zbek.
Yaratgandan  boshqasiga  qulmas o'zbek,
Hech  kimdan  kam  bo'lmagan,  kam  bo'lmas o'zbek. 
Dong taratgan  va  o'ziga  qaratgan  el,
Hech  qachon  hech  kimga  qaram  bo'lmas o'zbek.
2005
ASRAGIL
Kapalak o'zin  urmas  haroratsiz shu'laga, 
Chigirtka  ham jo'r bo'lmas  begona  ashulaga. 
Nurdek qadim  qoning  bor,
Dovrug'ing  bor,  shoning  bor,
Bo'y  berma  chalajanob yoki  chalamullaga.
Qalb qo'rg'onin  chechagi-  pok  niyatni  asragil, 
O'zni,  o'zlikni,  millat,  milliyatni asragil!
Bolasin  o'ylamagan  qumursqa  yo qush  qayda? 
Beshikning  duk-dukidek yurakka  tovush  qayda? 
O'zbekka  or ma'nodosh,
Ibo-hayo  -  ko'zu  qosh,
G'urursiz  Bek qaydayu  ibosiz  Kumush  qayda? 
Yuraging  tumor bo'lsin,  qutlug'  xatni  asragil, 
O'zni,  o'zlikni,  millat,  milliyatni  asragil!
Otasini  unutgan,  iblis etagin  tutgan,
Kutsa  xat-xabar emas,  nafsiga  malham  kutgan, 
Betizgin,  salt,  bejilov,
O'ziga  ham  o'zi  yov,
Mushuk o'ynagan  g'altak  kabi  chuvalib  ketgan  - 
Ketgan  kas-nokaslardan  qadriyatni  asragil, 
O'zni,  o'zlikni,  millat,  milliyatni asragil!
Manzil-marohil  tayin  bo'lmasa jilmas  korvon, 
Hech  qursa  sardobaga  etguncha  tinmas  korvon. 
O'ysiz yo'lovchi  bo'lmas,
Maqsadsiz ovchi  bo'lmas,
Olis yo'lni  ko'zlasa  yo'rg'aga  minmas  korvon,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
O'rkach-o'rkach  g'urur-or,  hamiyatni asragil, 
O'zni,  o'zlikni,  millat,  milliyatni  asragil!
Bugungi  kecha  uchun  ham  ertangi tong  uchun, 
Osmon  kumushjomida  quyosh  urgan  bong  uchun, 
Yangi yurish  boshlandi,
So'nggi  urush  boshlandi  -
E'tiqod-iymon  uchun,  qalb,  tafakkur,  ong  uchun! 
Qorako'z  bolaizor - jamiyatni asragil,
O'zni,  o'zlikni,  millat,  milliyatni asragil!
2006

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin