63
Jo‘raxon Sultonov ijro uslubining negizida, mumtoz ashulalarning
yovvoyi uslubdagi (usul erkinligida) talqini yotadi. Uning xarakterli
jihatlari bastakorlik ijodida ham o‘z ifodasini topgan. Ijodkor
bastakorlik faoliyatida ko‘proq mumtoz musiqaning murakkab
hisoblangan talqin, nasr va savt yo‘llarida erkin rivoj topadigan
asarlar yaratgan. Mumtoz usullar asosida yaratgan asarlarining
xarakterli tomonlari uning «Bo‘lmasa», «Guluzorim qani», «Bir
kelsun», «Naylayin», «Oh kim», «O‘lmasun» kabi asarlarida mu-
jassamdir. Qayd etish joizki, bastakor o‘z uslubini ifoda etishda
maqom sho‘balarining tuzilish tarkibi qiyofasidan kelib chiqib, katta
ashulaning tarkibiy tuzilishi hamda kuy rivoji xususiyatlariga aso-
slanib shakllantirgan.
Jo‘raxon Sultonovning ijro uslubiga xos bo‘lgan jihatlardan biri,
bu aniqlik, shiddat va maqsadni tez belgilab olishdir. Shu bois mu-
hammas shakli asosida tarkib topgan asarning birinchi misrasining
talqinida kuyning barcha pog‘onalari (diapazoni) qamrab olinadi.
Katta ashulaga xos bo‘lgan asar matnlarini kuylash, asosan, badiiy
nutqqa yaqinroq tarzda amalga oshiriladi.
Jo‘raxon Sultonov ijodidan o‘rin olgan asarlar, uch muhim aha-
miyatga egadir. Birinchidan – erkin ijroga xosligi; ikkinchidan –
badihaviylikka moyilligi va uchinchidan – ma’lum usul va vaznga
asoslanganligidir.
Jo‘raxon Sultonov ijodining yana bir muhim tomoni – erkin
tal qinning cholg‘u bilan uyg‘unligini ta’minlab berishda namoyon
bo‘ladi. Bunga yorqin misol bastakorning Muqimiy g‘azaliga bitgan
«Ul mahliqo kelsun» ashulasidir. 12-misol:
Dostları ilə paylaş: