Soliq va soliqqa tortish



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə2/10
tarix25.05.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#59441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Sharipov Abror

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib oldimizga quyidagi maqsadlarni qo’yib olishimiz mumkin:
-Ilmiy tadqiqotning asosiy maqsadi soliqlarning mohiyati va ahamiyatini yoritib berish;
-Soliqqa tortish jarayonini tashkil etish va uni boshqarishning ustuvor yo’nalishlarini aniqlab olish;
-Bunda soliq tizimida so’nggi yillarda kuzatilgan natijalar tahliliga tayanish, shu bilan birga xorij tajribasini o’rganib, mamlakatimizda soliqlar va soliqqa tortish jarayonini yanada rivojlantirish borasida takliflar berishdan iborat.
Kurs ishining ob’ekti. Mamlakatda amalda bo’lgan soliqlar va soliqqa tortish jarayonini tashkil etish, uni boshqarish yo’llari tadqiqot ishining ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti. Amaldagi soliq turlari, so’nggi yillarda mazkur soliq turlarida kuzatilgan o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlar, soliqqa tortish jarayonini tashkil etish va uni boshqarishni yanada takomillashtirishda yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar.


1.O’zbekiston soliq tizimining huquqiy asoslari va o’ziga xos xususiyatlari
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta’rif soliq tizimini keng ma’noda tushunishdir. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor ma’noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo’lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig‘im, boj va boshqa majburiy to’lovlarning yig‘indisi soliq tizimi deb ataladi. Soliq tizimiga nisbatan bunday yondashuvni ayrim adabiyotlarda ham keltirilganligini ta’kidlash o’rinli. Qayd etilgan ta’rifda soliq va yig‘imlar yagona mohiyat, ya’ni «majburiy xarakterga ega bo’lgan munosabat» va ularning bir-biri bilan bog‘liqligi va nihoyat byudjetga tushishligini ko’rsatadi. Bu O’zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu yerda bahsli masala ham mavjud, ya’ni davlatning byudjetdan tashqari fondlariga (pensiya, ijtimoiy sug‘urta, bandlik, yo’l fondlari va boshqalar) to’lovlarni ham majburiylik nuqtai nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud2.
Soliqlar bo’yicha izlanishlar olib borgan ayrim mualliflarning soliq tizimiga yondashuvi boshqacha. Soliq tizimiga xususan soliqlar yoki ularga tenglashtirilgan to’lovlar tizimi (majmui) sifatida qarash mumkin emas. Soliq solishning muhim shart-sharoitlariga quyidagilar kiradi: soliqlarni belgilash va amalga kiritish tartibi, soliqlarning turlari, ularni byudjet darajalari o’rtasida taqsimlash tartibi, soliq nazoratini amalga oshirish shakllari va uslublari, soliq to’lovchilarning huquqlari, majburiyatlari, ular manfaatlarini himoya qilish usullari, soliq munosabatlari ishtirokchilarining javobgarligi va shu birga ushbu elementlar soliq tizimining tarkibiy unsurlari ekanligini ta’kidlaydi va soliq tizimi deganda ana shu elementlarning majmuasidan iborat bo’lgan va ular o’rtasidagi munosabatlar majmuasidan kelib chiqib ifodalash mumkin3.
Umuman olganda soliq tizimini tarkiban soliqqa tortish tamoyillari, soliq siyosati, soliqqa tortish tizimi, soliq mexanizmi kabilarga ajratish mumkin. Ushbu elementlar bevosita mamlakatda amal qilayotgan soliqlarning tarkibini belgilab beradi.
Mamlakatimizda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti asoslarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar har bir sohada tub islohotlar amalga oshirishni taqozo etmoqda. O’z-o’zidan ayonki, rivojlangan mamlakatlarning turli sohalaridagi, jumladan, iqtisodiy ravnaqining asosi ularda bozor munosabatlarining amal qilishidir. Shundan kelib chiqqan holda respublikamizda ham mustaqillikka erishilgan paytdan e’tiboran bozor munosabatlarini shakllantirishga, rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratildi va bu boradagi islohotlar davom etmoqda. Ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga o’tish davlat oldidagi vazifalarni ham o’zgarishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish natijasida davlatning vazifalari o’zgarishi o’z navbatida unga zarur bo’lgan moliyaviy resurslar shakli, miqdori va o’zlashtirish tartibida bir qator o’zgarishlar qilishni talab etadi. Shuning bilan birgalikda bozor iqtisodiyotining zamonaviy holatiga ko’ra unda davlatning o’rni ham katta bo’lib, davlat turli ko’rinishlardagi inqirozlarni oldini olish, bozor munosabatlarining erkin qaror topishi, tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantirish kabi bir qator vazifalarni o’z zimmasiga oladi. Ma’lumki, davlat tomonidan amalga oshiriladigan har qanday vazifalar muayyan xarajatlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Bu esa davlat budjetini shakllantirish hamda mavjud resurslardan samarali va oqilona foydalanish zaruratining har tomonlama maqbul tizimini yaratish lozimligini taqozo etadi.
Davlat budjeti umumdavlat pul mablag‘lari fondining iqtisodiy ko’rinishida tashkil topishining asosi bo’lib, u jamiyatning umumiy pul mablag‘lari fondlari tizimida asosiy o’rinni egallaydi. Bundan tashqari u ishlab chiqarishning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib, uning mazmuni va tarkibini aniqlaydi hamda ishlab chiqarish rivojlanishidagi ijtimoiy ehtiyojlarni ta’minlashga zamin yaratadi. Demak, davlat budjetining mohiyati - bozor iqtisodiyotidagi iqtisodiy qonunlar, davlatning tabiati bilan belgilanadi. Budjet iqtisodiy kaegoriya sifatida ishlab chiqarish munosabatlarining ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoniga faol ta’sir ko’rsatadigan tomonlarini o’zida aks ettiradi.
Respublikamizda asosan soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantiradi. Davlat byudjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlaydi va bu O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimida umumrespublika byudjeti etakchi bo’g‘indir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy organi - O’zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini ta’minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo’lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo’jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaxiralarini) mablag‘ bilan ta’minlashga ishlatiladi. Umumrespublika byudjeti orqali milliy daromadni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahriga taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni izga solib turiladi. Davlat umumrespublika byudjetidan davlat byudjetining bu bo’g‘ini ijrosi yuzasidan respublikadagi hamma ishlarni muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining byudjeti pul mablag‘larini respublikaning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari amalga oshiradigan ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun markazlashtiradi.
Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to’laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to’g‘ri olib borish imkonini beradi, mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromadlarining ko’payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi to’g‘risida tinmay g‘amxo’rlik qiladi, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish sur’atlari to’g‘ridan-to’g‘ri mahalliy xo’jalik zahiralarini safarbar qilish, mablag‘larni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bog‘liq bo’ladi, bu esa o’z navbatida umuman O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradi. Mahalliy byudjetlardan uy-joy-kommunal xo’jaligi va obodonlashtirish, maorif va sog‘liqni saqlash muassasalari (maktablar, kasalxonalar, maktabgacha tarbiya muassasalari va boshqalar), ijtimoiy ta’minot sohasidagi tadbirlar mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Respublikamizda soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantirishiga qarab asosan ikki guruhga bo’linadi:
O’zbeksiton Respublikasi Soliq Kodeksining 23 moddasiga muvofiq umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi:
*yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
*jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
*qo’shilgan qiymat solig‘i;
*aktsiz solig‘i;
*yer qaridan foydalanganlik uchun soliq;
*suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar buyicha tegishli byudjetlar o’rtasida taqsimlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23 moddasiga muvofiq mahalliy soliqlar va yig‘imlarga quyidagilar kiradi:
*mol-mulk solig‘i;
*yer solig‘i;
*benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
*ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari;
*yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun yig‘im.
Umumdavlat soliqlari asosan respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lsa, mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliy soliqlar va yig‘imlar soliq Kodeksi, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.Ta’kidlab o’tish lozimki, umumdavlat soliq tushumlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo’yicha tegishli byudjetlar o’rtasida taqsimlanadi.
Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab uch guruhga bo’linadi4:
1.Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo’shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yig‘imlari va boshqalar kiradi.
2.Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq to’lovchi sub’ektlar tasarrufida mavjud bo’lgan mol-mulkdan, yerdan va boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat.
3.Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va boshqalar kiradi.
Mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari koxonalar ho’jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan byudjetga to’lanadigan aksariyat soliqlar va majburiy to’lovlar kelgusi davr xarajatlari orqali ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo’shiladi (yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va boshqalar). Shu o’rinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga qarab quyidagilarga ajratishimiz mumkin:
1.Tovar (ish, xizmat) lar oborotidan to’lanadigan soliqlar. Bunday soliqlarga asosan egri soliqlar kiradi, ya’ni qo’shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari.
2.Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar: pensiya fondiga ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va boshqalar.
3.Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar.
4.Korxonalar foydasidan to’lanadigan soliqlar: foyda solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq va boshqalar.
Umumdavlat soliqlari asosan respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lsa, mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi.
Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin