Sotsial psixologiya


- MAVZU: IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING TADBIQIY SOHALARI. SANOAT IJTIMOIY PSIXOLOGIYASI



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə34/53
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#44750
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53
Sotsial psixologiya

13- MAVZU: IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING TADBIQIY SOHALARI. SANOAT IJTIMOIY PSIXOLOGIYASI

REJA:


1. Sanoat Ijtimoiy psixologiyasi.

2. Nikox va oila sohasidagi tadbiqiy tadqiqotlar.

3. Maktabga psixologik xizmat ko’rsatish.

SANOAT IJTIMOIY PSIXOLOGIYASI


Sanoat yoki industrial Ijtimoiy psixologiya asrimizning 20-yillarida telorizmning shaxsga mexaniq tarzda yendoshuvi prinsipi asosida ishlab chiqarishni tashqil qilish bilan bog’liq siesatiga karshi turgan yo’nalish sifatida hozirgi kunlarda tadbiqiy ilmiy tadkikodlarning yetakchisi bo`lib kelmoqda. Bu yo’nalishdagi tadkikodlar ham asosan AQSH da ko’plab o’tkazilgan bo`lib, ularning natijalari keng amaliyotga tadbiq qilinishi natijasida sanoatda inson omilining roli masalasi Garb mamlakatlarida ancha durust Yo’lga qo’yilgan.

Sobiq sovet ittifokida sanoat Ijtimoiy psixologiyasi 60-yillarda keng rivojlana boshladi. Bu xususda sotsiologlar V. A. YAdov, A. G. Zdravomislov, V. P. Rojin, ye. S. Kuz’min va boshqalarning ishlarini alohida ta’kidlash mumkin. Bu tadkikodlar va izlanishlarda olimlar asosan ishlab chiqarish muxitining hamda har bir ishlab chiqarish korxonalardagi katta va kichik birlamchi va ikqilamchi kontakt va kontakt bo’lmagan guruhlarning shaxs ongiga ta’sirini, ishga motivatsiya, samaradorlikni ta’minlovchi psixologik omillarini o’rganishgan. Bu tadkikodlarda ishlab chiqarishning samaradorligi alohida shart-sharoitlaridan ko’ra insonlar o’rtasidagi munosabatlar, boshlik va buysuvchilar o’rtasidagi aloqalar, umuman, inson omilining nakadar katta rol’ uynashi isbot qilingan. Ularda usha uttizinchi yillarda Meyo tomonidan amalga oshirilgan mashxur"Xotorn"eksperimentlarida qo’lga kiritilgan asosiy xulosalari o`z isbotini topdi.

Hozirgi bozor iqtisodieti sharoitida har qanday ishlab chiqarish muammosining ijtimoiy psixologik tomonini aniqlash kun tartibidagi asosiy masalalardan ekanligi xech kimga sir emas. Chunki yangicha bozor munosabatlarini hayotga amalga oshiradiganlar alohida shaxslar bo`lib, ularning individual hamda guruhdagi ustanovkalari, faolliklari, mehnatga munosabatlari, hissietlari yetakchi rol uynaydi. Korxonalarning mustaqilligi, xususiy mulkchilikning turli formalari hayotga shiddat bilan kirib kelayotgan bugungi sharoitda ham odamlar guruh bo`lib mehnat faoliyatini amalga oshirar ekanlar, ular uchun usha guruhdagi ijtimoiy psixologik muxitning qandayligi, bevosita rahbarning obro’yi, norasmiy liderlarning ishga va shaxslararo munosabatlari tasiri aktual masala bo`lib qolaveradi va ularning harakteri ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita tasir kursatadi. Yangicha bozor iqtisodieti munosabatlari sharoitida rahbarlar oldida turgan yana bir muhim masala shuki, ular avvalgidan ham bilimdonrok bo`lib, bilimlarni ko’prok har bir shaxsning individual psixologik laekatlari va qobiliyatlari ishga munosabatlariga qarab, ularni takdirlashlari ishga jalb etishning turli-tuman formalarini topishlari zarur. Xodimni, ishchini shaxsan, o’rganib, har bir qilgan ishini munosib takdirlash esa (xox moddiy, xox manaviy takdirlash bo’lsin) uning qisman testolog bo`lishini, hozirgi zamon psixologiyasining ommabop usullarini qo’llagan holda ish yuritishini talab qiladi. Ishni tashqil etish, guruhlarini shakllantirishda ham u guruhlar psixologiyasi qonunlarini bilishi, odamlar soni va sifati masalasida ijtimoiy-psixologik jixatdan bilimdon bo`lishi shart.

Hozirgi kungacha o’tkazilgan ko’plab tadqiqotlar natijasida olimlar sanoat korxonalari strukturasidagi ishga halakit beradigan ayrim qiyinchiliklarini aniqlashgan. Xususan ularga quyidagilar kiradi:

a) korxonalardagi ishlab chiqarish guruhlardagi odamlar sonining har xilligi - 5-6 kishidan tortib, 100 va undan ortik kishigacha. Bunday har xil guruhlarda takkoslash Yo’li bilan tadqiqot olib borish va birining natijasini ikkinchisiga o’tkazish mumkin emas;

b) birlamchi ishlab chiqarish guruhlardagi rahbarlar mavqeining turlicha ekanligi, yani smena ustidan tortib, zavod direktorigacha bo`lgan rahbarlik tizimi o’rganiladigan bo’lsa, ularning xak-huquqlari imkoniyatlari amalidan kelib chiqadigan huquqlari har xil bo`lgani uchun ham ularning real guruhlardagi mavqei, ta’siri har xilligi ma’lum bo’ldi. Bu narsa rahbarlarga turlicha talablar tizimini ishlab chiqishini talab qiladi;

v) ba’zan, birlamchi ishlab chiqarish guruhlarda bittadan ortik rahbar bo`lishi mumkin. Masalan, smena muxandisi va sex boshligi, agar ularning rahbarlik usullari turlicha bo’lsa, bu ham muhim ijtimoiy - psixologik omil sifatida ishning sifatiga ta’sir kursatadi;

g) turli korxonalar hozirda turlicha jamiyatlar (aksionerlik, kooperativ, davlat xujaligi, xususiy va shunga o’xshash) shaklida ish yuritganligi ham har turli korxonalar psixologik to’zilishini o’rganishni talab qilmoqda.

Bo’larning hammasi sotsial-psixologik tadqiqotlarni tashqil qilishda qator qiyinchiliklar tugdirishi, kushimcha ishlarni talab qilishi tabiiy.

Hozirgacha, sanoat Ijtimoiy psixologiyasi yo’nalishida qilingan ko’p ishlar sanoat birlashmalaridagi alohida ishlab chiqarish guruhlaridagi ijtimoiy- psixologik muxitni o’rganishga qaratilgan bo`lib, tadqiqot mobaynida uning ishlab chiqarishning samaradorligi, ishchilarning ishga munosabati, guruhdagi normalarga buysunishlari va xoka’zo bilan bog’liqligi o’rganilgan. Ayniqsa, ko’p tadqiqotlarda ana shu psixologik fenomenning rahbarlikka ta’siri, norasmiy liderning sifatlariga bog’liqligi masalalari tulik o’rganilgan. Lekin shu yo’nalishdagi tadqiqotlar hozirgi iqtisodiy munosabatlar sharoitida o’tkazilgani yo’q. Shuning uchun ham yaqin kelajakda ijtimoiy psixologlar tomonidan sanoat korxonalarida o’tkazilishi mumkin bo`lgan tadqiqot aspektlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

1) jamoa a’zolari o’rtasidagi vertikal o’zaro munosabatlarni o’rganish (rahbarlik masalalari, rahbarning jamoa a’zolari tomonidan idrok qilinishi va, aksincha; har bir a’zoning rahbarlikda ishtiroki, undan konikishi va boshqalar);

2) jamoa a’zolari o’rtasidagi gorizontal o’zaro munosabatlar, ya’ni jamoaning uyushganligi, shaxslararo munosabatlarning o’ziga xosligi, ziddiyatlari va ularning tiplari, ularning oldini olish chorralari ;

3) mehnatga munosabat, undan jamoa a’zolarining qanchalik konikishlari va uning mehnat unumdorligiga ta’siri, ish motivlari va xoka’zo.

Tadqiqotning yo’qoridagi va shu masalalarni o’rganishi uchun, tabiiy, metodik vositalar zarur. Professional ijtimoiy psixolog oddiy kishidan shunisi bilan fark qiladiki, u har bir konkret sharoitda o’ziga kerakli, ma’qo’l metodik uslublarni qo’llaydi, ba’zi birlarini sanab kurib, agar maqsadga muvofiq bo’lmasa, boshqasi bilan almashtiradi. Olingan natijalariga asoslanib turib, u korxonalardagi ruhiy muxitni "Yaxshi", "o’rtacha", "emon", "qarama-karshi" tiplarga bo`ladi va har biridan o’ziga yarasha ilmiy ko’rsatmalar va xulosalar chiqaradi.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin