Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi


Tuproq – geografik rayonlashtirish



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə36/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

3. Tuproq – geografik rayonlashtirish
Tuproq – geografik rayonlashtirishning maqsadi tuproq qoplamining ekologik sharoit bilan aloqasi va hududlarda bir xil tuzilmali tuproqlarni ajratish, tuproq hosil bо‘lish omillarini hamda tuproqlardan xо‘jalikda foydalanish imkoniyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Unchalik katta bо‘lmagan hududlarda tuproqlarni rayonlashtirishning birinchi tajribalari XX asrning boshlarida amalga oshirila boshlagan.
1922 yilda L.I.Prasolov tomonidan sobiq ittifoqning Yevropa qismida tuproq oblastlarini ajratish ishlari boshlangan. Sohaga oid keyingi tadqiqotlarda tuproqlarni rayonlashtirishning quyidagi taksonomik birliklari qabul qilingan (sobiq ittifoqni tuproq - geografik rayonlashtirish, 1962, 1979).
1. Tuproq – bioiqlim mintaqasi.
2. Tuproq – bioiqlim oblasti.
Tekislik hududlari uchun Tog‘lik hududlar uchun
3. Tuproq zonasi (kichik zona). 3. Vertikal tuproq tuzilmasi
(yoki tog‘ tuproq provinsiyasi).
4. Tuproq provinsiyasi. 4. Vertikal tuproq zonasi.
5. Tuproq okrugi. 5. Tog‘ tuproq okrugi.
6. Tuproq rayoni. 6. Tog‘ tuproq rayoni.
Bunday bо‘linish muntazam tarzda bioiqlim tamoyillari asosida amalga oshirilgan.

Tuproq – geografik rayonlashtirishda taksanomikbirliklar sifatida: tekislik sharoitida tuproq zonasi, tog‘larda esa – tog‘ tuproq provinsiyasi tayanch hisoblanadi.


Tuproq – bioiqlim mintaqasi – bu radiatsiya va issiqlik sharoitlari bilan birlashgan tuproq zonalari va tog‘ tuproq provinsiyalari majmuasidir.
Tuproq – bioiqlim oblasti – bu nafaqat mintaqada radiatsiya va issiqlik sharoitlari, balki namlanish hamda qurg‘oqchilik (kontinentallik) sharoitlarini birlashtiruvchi tuproq zonalari va tog‘ tuproq provinsiyalari majmuasi hamdir.
Tuproq zonasi – bu tuproq tipi zonalligiga mos keladigan intrazonal tuproq arealidir.
Tog‘ tuproq provinsiyasi (yoki vertikal tuproq tuzilmasi) – bu tog‘li о‘lkaning joylashuviga bog‘liq bо‘lgan vertikal tuproq zonalarining о‘zaro aloqadorlikdagi ma’lum qatori arealidir.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin