Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi


Ma’ruza mashg’ulotining jihozlash



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə43/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

Ma’ruza mashg’ulotining jihozlash: Dunyoni va O’zbekistonning tuproqlar geografiyasi kartasi, o’quv metodik majmua, kampyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish
Ma’ruza mashg’ulotida qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «Aqliy hujum» va boshqa metodlaridan foydalanish.
Subboreal tuproq – bioiqlim mintaqasi boreal mintaqaga nisbatan kichikroq hududni egallagan bо‘lib, uning hissasiga Yer shari tuproq qoplamining 16 % i tо‘g‘ri keladi. Subboreal mintaqa asosan Shimoliy yarim sharda – Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan, Janubiy yarim sharda – Argentinaning janubiy hududlari va Yangi Zelandiyada unchalik katta bо‘lmagan hududlarni qamragan. Mintaqaning 1/3 qismi tog‘liklar bilan band. Subboreal mintaqa boreal mintaqaga qaraganda issiqlik bilan yaxshi ta’minlangan va namlik bо‘yicha keskin farqlanadi, mintaqaning 1/3 qismining namligi yetarli bо‘lsada, 2/3 qismi arid va semiarid hududlardan iborat. Mintaqada 100 dan yuqori harorat yig‘indisi 2200-40000, vegetatsiya davri 130 kundan 210 kungacha davom etadi. Qishda tuproq ayrim okean sohillari hududlarini hisobga olmaganda 4-5 oy muzlaydi. Tuproq hosil bо‘lishi sial karbonatli va karbonatsiz nurash pо‘stida yuz beradi. Tuproqlarning tarqalishida Yevrosiyoning ichki tekisliklarida kenglik va Shimoliy va Janubiy Amerikada meridional yо‘nalish yaxshi namoyon bо‘ladi. Okean sohillaridan materiklarning ichkarisi tomon iqlimdagi qurg‘oqchilikning orta borishi bilan о‘ta nam landshaftlar qurg‘oqchil landshaftlar bilan almashinishi rо‘y berib, tuproq fatsialarining kelib chiqishiga sabab bо‘ladi. Shu tufayli mintaqada: 1) qо‘ng‘ir tuproqli nam о‘rmon; 2) qora va kashtan tuproqli о‘rmon – dasht hamda dasht; 3) och – kashtan, qо‘ng‘ir chala chо‘l va sur – qо‘ng‘ir chо‘l tuproq oblastlari ajratiladi.
2. Nam qо‘ng‘ir – о‘rmon tuproq oblasti
Oblast deyarli barcha mintaqalarning okean bо‘yi hududlarida tarqalgan bо‘lib, tuproq qoplamida qо‘ng‘ir tuproqlar ustuvorlikga ega. Oblast ayniqsa, G‘arbiy va Markaziy Yevropada katta hududlarni egallab, Rossiya va unga tutash davlatlarning sharqiy hududlarigacha kirib borgan (Karpat, Qrim va Kavkazning tog‘oldi va tog‘li о‘lkalari). Sharqda Yevrosiyoning okean bо‘yi qismlarida: Koreya yarim orolining salmoqli qismi, Yaponiyaning shimoliy orollari, Xitoyning shimoli-sharqi, Rossiyada – Uzoq Sharqning keng maydonlarini egallaydi.
Tuproqning ichki nurash jarayonlariga mos keluvchi yuqori namgarchil mо‘tadil iliq iqlim, о‘rmon ostidagi kо‘p miqdordagi opad mahsulotlar bilan bog‘liq jadal biologik aylanma harakat, qurum va azot elementlariga boyligi qо‘ng‘ir о‘rmon tuproqlarining shakllanishiga qulay sharoit tug‘diradi. Bu tuproq turi keng, aralash va igna bargli о‘rmonlar ostida vujudga keladi hamda suv bilan yuvilish tartibi, butun tuproq kesmasi yoki uning yuqori qismida nordon va kam nordon reaksiya, temirning harakatdagi shakllarining yuqoriligi, kesmada genetik qatlamning kam differensiyalanganligi bilan harakterlanadi. Ular tipik va nordon turlarga ajratiladi.
G‘arbiy Yevropada bu tuproq oblasti muz bosishga uchramagan va relyefning murakkabligi (tog‘lik, balandlik, akkumulyativ tekisliklarning almashinib kelishi), tuproq hosil qiluvchi jinslarning turli - tumanligi, qadimda keng bargli о‘rmonlar qoplaganligi kabilar bilan xarakterlanadi. Tog‘li hududlar bilan о‘ralgan ichki tekisliklarda kuchli nurashga uchragan va podzollashgan qora tuproqlar shakllangan.
Shimoliy Amerikaning qо‘ng‘ir – о‘rmon tuproq oblasti Atlantika okeaning qirg‘oq bо‘ylarini, asosan aralash va keng bargli о‘rmonlar zonasini egallagan hamda ular uchun lyosslangan va nordon qо‘ng‘ir tuproqlar xarakterli. Yuzasi kam о‘yilgan maydonlarda ular о‘ziga xos о‘tloq – qora tuproqsimon juda namgarchil hududlarda qora tuproqsimon о‘tloq tuproqlar bilan almashinadi. Shimoliy Amerikaning g‘arbi, Janubiy Amerika va Yangi Zelandiya – Tasmaniya qо‘ng‘ir – о‘rmon tuproq oblastlari tog‘li relyefi bilan xarakterlanadi, tuproq qoplamida qо‘ng‘ir – о‘rmon tuproqlar asosiy о‘rin tutsada, balandlik ortgani sari tog‘ – о‘tloq tuproqlari bilan almashinadi. Shimoliy va Janubiy Amerikada yana kulli – vulqon tuproqlar ham sezilarli о‘rin egallaydi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin