Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi


Yer resurslaridan foydalanish jarayonida vujudga kelgan muammolar



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə61/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

Yer resurslaridan foydalanish jarayonida vujudga kelgan muammolar
Dehqonchilik vujudga kelgandan buyon insoniyat 2 mlrd ga biologik mahsuldor tuproqlarni yo’qotdi. Buning asosiy sabablari turlicha. Birinchidan, insonlar ming yillar mobaynida yashash va qishloq xo’jalikda foydalanish uchun yaroqli yerlarni muntazam kengaytirib kelmoqda. Faqat XX asrning o’zidayoq quruqlikdagi haydaladigan yerlar maydoni ikki martaga ortdi. O’rmonlar kesildi, cho’llar sug’orildi, botqoqliklar quritildi, qiriq yerlar o’zlashtirildi. Ikkinchidan ishlov beriladigan yer va yaylovlarning kengaytirilishi bilan birga ularning sifati yomonlashdi, degradatsiyaga yuz tutdi. Mutaxassislarrning hisoblashlaricha, eroziya tufayli yiliga 6 - 7 mln ga yer qishloq xo’jalikda foydalanishdan chiqarilmoqda. Hozirda dunyoning qurg’oqchil hudud (region)larida cho’llashishga duchor bo’lgan maydonlar ko’lami 9 mln km2 ga yetdi, yana 30 mln km2 maydonga cho’lashish xavf solmoqda. Bunda: cho’llar dashtlarga, dashtlar savannalarga, savannalar o’rmonlarga huruj qilmoqda. CHo’l maydonlari, kengayishining asosiy sabablari qishloq xo’jalik ekin maydonlariga “ortiqcha yuk”, o’rmonlarning kesilishi, yaylovlardan tartibsiz uzluksiz va jadal mol boqishdir. yerlar degradatsiyasi yoki cho’llashishning yana bir sababi rivojlanayotgan mamlakatlarda eksport uchun yakka hokim ekinlar mahsulotlari ishlab chiqarishning jadal o’sib borayotganligidir.
Cho’llashish – bu ekotizim (geotizim)lar mahsuldorligining kamayishi, yerlarning qishloq xo’jalik ishlab chiqarishga yaroqsiz holga kelishidir. Mutaxassislar cho’llashishning asosiy sabablari: tabiiy va anropogen ( - chizma) ta’sirlar bo’lishi, bunda tabiiy omillar 13% va antropogen omillar 87% ekanligini ta’kidlaydilar (A.Babayev, 1991).
Cho’llashish hozirda global ekologik muammolardan biriga aylangan.
O’zbekistonda yerlar degradatsiyasining asosiy sabablari:
  • cho’llashish, o’rmonsizlanish;


  • tuproqlarning ikkilamchi sho’rlashishi, suv bosish va zaxlashi;


  • tog’ va tog’ oldi hududlaridagi yerlarning suv va sug’orish eroziyasiga uchrashi;


  • chorvachilik jadal hududlarda yaylovlarga bosim yuqoriligi va deflyatsiya;


  • Erlarning qishloq xo’jalik va sanoat maqsadlarida o’zlashtirishdagi texnogen cho’llashish;


  • qishloq xo’jalikda kuchli kimyoviy vositalar qo’llanilishi, sanoat va maishiy chiqindilar va ziroatchilikdagi yakka hokimlik natijasida tuproqlarning ifloslanishi va hosildorlikning yo’qotilishi;


  • cho’llardagi konlarni o’zlashtirish, texnikaning tartibsiz harakatlari va h.k.;


  • Orol dengizining qurishi oqibatida tuz-chang to’zonlari yog’ilishi hisobiga tuproqlarning sho’rlanishi;


  • sug’orishda ishlatiladigan suvlar sifatining nisbatan yomonlashganligi va b.




Hozirgi vaqtda respublikaning 2165,6 ming ga dan ziyod (49,6 %) sug’oriladigan yerlari turli darajada sho’rlangan bo’lib, shundan 1347,6 ming ga (31,3%) kam sho’rlangan; 646,7 ming ga (15,0%) o’rtacha sho’rlangan va 141,3 ming ga (3,3%) kuchli sho’rlangan yerlardir.
Respublikaning 643,2 ming ga sug’oriladigan yerlari sug’orish eroziyasiga duchor bo’lgan. Qashqadaryo (159,7 ming ga), Toshkent (138,6 ming ga), Samarqand (121,9 ming ga) viloyatlarining sug’oriladigan yerlari sug’orish eroziyasiga ko’proq uchragan. SHu viloyatlar bilan yana Surxondaryo va Farg’ona vodiysi viloyatlaridagi lalmi yerlarning jami 746,4 ming ga si suv eroziyasiga uchragan.

Чўллашиш

Ривожланишнинг асосий омиллари ва сабаблари

Табиий


Антропоген

Намақбул метеошароит (узоқ давомли қурғоқчилик)

Тупроқ шўрланиши

Ёнғин жинс – таркибли тупроқ

Ер ости сувлари сатҳининг пасайиши

Шамол ва сув эрозаяси

Ўрмонларнинг йўқотилиши (дарахт ва буталарнинг кесилиши)

Яйловларга кучли босим (тартибсиз мол боқиш)

Ерларнинг жадал ҳайдалиши, дефляция ва тупроқ шўрланиши-нинг кучайиши

Сувдан нооқилона фойдаланиш, ер ости сувлари сатҳининг пасайиши

Ўтган йилги қуруқ ўтларни ёқиш, чўллардаги тартибсиз транспорт ҳаракатлари
O’zbekistonda shamol ta’siridagi tuproq deflyatsiyasi 50% dan ortiq cho’l va bo’z tuproq mintaqalarini qamrab olgan. Markaziy Farg’ona, Buxoro vohasi, Mirzacho’l, Qarshi va SHerobod cho’llari, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm vohasi ko’proq deflyatsiyaga uchragan. Mavjud yaylovlarning 16,4 mln ga (78%)da antropogen ta’sirlar natijasida ozuqa hajmining yo’qolishi -degressiyasi sodir bo’lib, undan 9,3 mln ga maydondagi yem-xashak ozuqasi 20 – 30 %; 5 mln ga da 30 – 40%; 2,1 mln ga maydondagisi 40%dan ortiq maydondagi yem – hashak ozuqasi degressiyaga uchraganligi ma’lum.

Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy valoyatlarida sug’oriladigan yerlarning 40%dan ko’prog’i, Farg’ona vodiysi viloyatlari va Samarqand viloyatida 30 – 40 %, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Buxoro viloyatlarida 20 – 30 % yerlar suv bosishga uchragan. Bunga asosan relefning yuqori hududlarini o’zlashtirilishi va sug’orilishi sabab bo’lmoqda. Suv bosgan hududlar respublika bo’yicha 20% dan ortiqni tashkil etadi.





Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin