Ta'limda tadqiqot usullari reja


O’qitishda nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish usuli



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə5/6
tarix15.03.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#88025
1   2   3   4   5   6
TA\'LIMDA TADQIQOT USULLARI

O’qitishda nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish usuli.
O’qitish tizimida barcha ta‘lim muassasalarida ta‘lim jarayonining samarali bulishi uchun nazorat ta‘lim jarayonining ajralmas qismi bo’lib, nazorat qilish tufayli o’qitishdagi o’zaro muloqot, o’qitishning borishini jadal boshqarish va kamchiliklarni o’z vaqtida tuzatish, yangi darsga aniq vazifalar qo’yish imkonini beradi. Nazorat ham bir qancha turlarga: og’zaki, yozma va laboratoriya turlarga bo’linadi.
O’qituvchi yoshlarni o’z-o’zini nazorat qilishga o’rgatishda o’z-o’zini to’g’ri baholay bilishga, hayotda o’zi intilishi lozim bo’lgan idealni aniq tushungan holda o’zidagi ijobiy sifatlarni va mavjud kamchiliklarni ko’ra olish mahoratini shakllantirmog’i lozim. Nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish uslublarini o’zaro mohirona biriktirish barcha o’quv fanlari bo’yicha ta‘lim samaradorligini oshirishga yordam beradi.
10.3. Ta‘lim jarayonida o’quvchilarni rag’batlantirish va tanbeh berish usullari.
O’quv faoliyatini rag’batlantirish deb kishining aktiv faoliyatga bo’lgan tashqi mayliga aytiladi. Shu boisdan rag’batlantirish - o’qituvchi faoliyatining muhim omili hisoblanadi. Ammo rag’batlantirish kishining faoliyatga bo’lgan ichki mayliga ta‘sir qilgandagina real maqsad sari undaydigan kuchga aylanadi. Shu bilan birga yana bunday ichki undash faqat tashqi rag’batlantirishlar ta‘siridagina emas, balki o’quvchilarning o’z-o’zining ta‘sirida ham, uning oldingi tajribasi, ehtiyojlari va hokazolar ta‘sirida yuzaga keladi.
O’qishga qiziqishni rag’batlantirish turlaridan biri - o’qishda ma‘lum qiyinchilik sezayotgan o’quvchilarga muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratishdir. Rag’batlantirish o’quvchi-talabaning ko’nglini ko’taradi, unga quvonch keltiradi va uni yanada yaxshiroq o’qishga undaydi. Rag’batlantirish yo’llari bu yaxshi baho qo’yish, maxsus tanlangan topshiriqlar berish, fotosuratlarini maxsus rag’batlantirish oynalariga ilish kabilardir. Muvaffaqiyatga erishish vaziyatini o’quvchining oraliq harakatlarini rag’batlantirish, ya‘ni uni yangi zo’r berishlarga maxsus undash yo’li bilan ham tashkil qilish mumkin. Muvaffaqiyat vaziyatlarni yaratishda u yoki bu topshiriqlarni bajarish jarayonida qulay ma‘naviy-ruhiy muhitni ta‘minlash muhim o’rin egallaydi.
Rag’batlantirish va tanbeh berish usullari o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Masalan, baho bilan rag’batlantirish, maxsus tanlangan topshiriqlar berish yo’li bilan o’qishdagi muvaffaqiyat vaziyatini yaratish, imtiyozli stipendiyalar tayinlash, tajriba va laboratoriya ishlarini tayyorlashda qatnashish, ekranlarni jihozlashlari orqali rag’batlantirish; bilimlarni jamoatchilik tomonidan ko’rish yakunlariga qarab rag’batlantirish va hokazolar.
O’qishga doir tanbehlar: dars paytidagi og’zaki tanbeh berishlar, bahosini pasaytirib qo’yish, ish daftariga yozishlar, xatolarni ko’rsatish, koyish va boshqa usullar orqali qo’llaniladi. Koyish hamda jazolashning boshqa turlarini qo’llash o’qitish usulida istisno hol, chunki bu usul eng so’nggi ilojsiz chora hisoblanadi. Maktabda, shuningdek barcha ta‘lim muassasalarida o’quvchi-talabalarga tan jazosi berish, o’zlashtiraolmagani uchun uni haqorat qilish, shaxsiga tegish, yomon iboralar bilan so’kish aslo mumkin emas. Pedagogik faoliyatda bu kabi usullardan foydalanish nojoiz sanaladi.

Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin