Moliya tizimi — iqtisodiyot pul sektorining bir qismi, moliya amaliyoti. Moliya tizimi faqat moliya munosabatlarini emas, balki moliyaga taalluqli siyosiy, tashkiliy munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu tizim tarkibiga quyidagilar kiradi: a) moliya obyektini hosil etuvchi pul fondlari yoki moliya resurslari; b) korxonalar, xonadonlar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya munosabatlarining subyektlari — ishtirokchilari; c) moliya mexanizmi, yaʼni moliya munosabatlarida qoʻllaniladigan va pul bilan bogʻliq vositalar (foyda, zarar, rentabellik, likvidlik, byudjet, byudjetdan tashkari fondlar, subsidiya, subvensiya, dotatsiya, sanatsiya, moliya normativlari, moliyaviy sanksiya va boshqalar); d) moliya institutlari va davlatning moliya idoralari (moliya kompaniyalari, moliya jamgʻarmalari, moliya vazirligi, uning mahalliy boʻlinmalari, soliq idoralari, gʻaznachilik xizmati, soliq politsiyasi va boshqalar); e) moliya bozori — fond bozori, sugʻurta xizmati bozori, valyuta bozori; f) moliya siyosati — iqtisodiyot subyektlarining moliyaga oid yoʻl-yoʻriqlari va xatti-harakati.
Moliya tizimi iqtisodiy tizimning muhim unsuri, uning yordamida iqtisodiyot tartiblanadi, iqtisodiy oʻsish ragʻbatlantiriladi.
Moliya tizimi
Moliya siyosati
Moliya bozori
Moliya resurslari
Moliya mexanizmi
Moliya siyosati, byudjet siyosati — davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish buyicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini uz ichiga oladi.

Moliya bozori — oldi-sotdi obyekti pul yoki pulga tenglashtirilgan qogʻoz bilan bogʻliq boʻlgan bozor. Bu bozorda moliya mablagʻlarini vaqtincha haq toʻlab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan munosabatlar olib boriladi, shuningdek, pul mablagʻlarini jamgʻarganlardan qarzga oluvchilarga oʻtishi taʼminlanadi. Ortiqcha mablagʻlarga ega boʻlgan xoʻjalik subyektlari oʻz moliyaviy resurslarini mablagʻlarga muhtoj subyektlarga taklif qiladi. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda oʻtkaziladi.