Tariff-plans-available-in-uzbekistan-uz docx


«Alohida toifadan raqam taqdim etish» (Provision of Special Phone Number) xizmati



Yüklə 421,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/15
tarix02.01.2022
ölçüsü421,94 Kb.
#45788
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari

«Alohida toifadan raqam taqdim etish» (Provision of Special Phone Number) xizmati

Mijoz «Alohida toifadan raqam tanlash» xizmatiga qo'shimcha ravishda «Alohida toifadan raqam

taqdim etish» xizmatini xarid qilishi mumkin. «Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmati

Mijozga Provayderning xizmat ko'rsatish vaqtida band bo'lmagan raqamlash resursidan ma'lum

mezonlarga mos keladigan Abonent raqamini ma'lum davrga (Xizmatning amal qilish davriga)

tanlash imkonini beradi. Abonent raqami mezonlariga qarab Mijoz «Alohida toifadan raqam

taqdim etish» xizmatining amal qilish davrini tanlashi mumkin. Tegishli xizmat narxi jadvalda

ko'rsatilgan

«Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmatiga buyurtma berilganida «Raqamni almashtirish»

va «Alohida toifadan raqam tanlash» xizmatlarining narxi 0 so'mni tashkil qiladi (agar Mijoz

xizmatdan tanlangan amal qilish davri davomida to'liq foydalansa).

Xizmat narxi mijoz tanlagan xizmatning amal qilish muddatidan kelib chiqadi.




Xizmatga oldindan buyurtma tuzish orqali (Shartnoma tuzishgacha), shuningdek Ilovada

Shartnomaning amal qilish muddati davomida iatalgan payt buyurtma berish mumkin.

"Alohida toifadan raqam taqdim etish" xizmatini ko'rsatish tartibi

1. Xizmat uchun dastlabki buyurtmani 2020.10.27 dan boshlab faqat Mobil ilova orqali va faqat

Abonent raqamining dastlabki buyurtmasi rasmiylashtirilganida va Shartnoma tuzilishida

Provayderga ushbu buyurtmaning raqami yoki QR-kodi taqdim etilganida amalga oshirish

mumkin.

Xizmatlar xizmat ulangan vaqtdan boshlab 24 soat ichida ko'rsatila boshlaydi.

Xizmat faqat Mijoz Ilovada Xizmatga buyurtma berish maqsadini tasdiqlasa va Shaxsiy

hisobvaraqda xizmat amal qiladigan bir davrni to'lashga yetarli mablag' bo'lsa ulangan

hisoblanadi. Agar xizmat uchun buyurtma tasdiqlangan vaqtdan boshlab 7 kun ichida mijozning

Shaxsiy hisobvarag'ida xizmat amal qiladigan bir davrni to'lash uchun yetarli mablag' bo'lmasa,

xizmat ulanmaydi, Mijozga unga Shartnoma tuzilishida ajratilgan Abonent raqamidan

foydalangan holda xizmat ko'rsatiladi. O'tish yuqorida ko'rsatilgan sanadan boshlab ikki hafta

davomida amalga oshiriladi.

Xizmat narxi Mijoz tomonidan tanlangan xizmatning amal qilish davriga bog'liq. Agar xizmat

uchun buyurtma va xizmatdan foydalanishning birinchi davri uchun to'lov bir kalendar oyida

amalga oshirilgan bo'lsa, xizmat uchun buyurtma tasdiqlangan sanadan boshlab har 30 kunda

pul yechiladi. Agar xizmat buyurtmasini tasdiqlash va xizmatdan foydalanishning birinchi davri

uchun to'lov qilish har xil kalendar oylarida amalga oshirilgan bo'lsa, xizmat narxi buyurtma

tasdiqlangan oydan keyin keladigan birinchi kalendar oyidan boshlab har 30 kunda yechib

olinadi.


2. Xizmatga Ilova orqali Shartnomaning amal qilish muddati davomida istalgan payt buyurtma

berish mumkin. Xizmatga buyurtma berish uchun yangi abonent raqamini tanlash va keyinchalik

Ilovaning ko'rsatmalariga qarab ish tutish talab etiladi.

Xizmatni taqdim etish muddati — Provayderga xizmatga buyurtma berilganligi haqida ma'lumot

kelib tushgan zahoti. Xizmat ko'rsatilishi uchun unga buyurtma berilgan vaqtda Mijozning

Shaxsiy hisobvarag'ida xizmatning bitta davri uchun to'lov qilish uchun yetarli mablag' bo'lishi

kerak. Ushbu summa xizmatni ko'rsatish vaqtida shaxsiy hisobvaraqdan Provayder tomonidan

yechib olinadi. Shaxsiy hisobvaraqda mablag' yetarli bo'lmaganida xizmat ko'rsatilmaydi.

«Alohida toifadan raqam taqdim etish» xizmatining Mijozlar orasiga kirib borishini oshirish

maqsadida 04.11.2020 dan 03.11.2025 gacha bo'lgan davr mobaynida Provayder tomonidan

aksiya o'tkaziladi va ushbu aksiyaga muvofiq, aksiya amal qilishi davrida «Alohida toifadan

raqam taqdim etish» xizmatini ulagan, xizmatdan uning tanlangan amal qilish davri davomida

to'liq foydalangan va muddatidan oldin xizmat ko'rsatilishidan voz kechmagan Mijozlarga

tanlangan xizmatning amal qilish davri tugashi bilan Xizmat qo'shimcha to'lov olinmasdan yangi



muddatga avtomatik ravishda taqdim etiladi.

Yüklə 421,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin