MMIBDO‘: ___________________ Sinf rahbar: ___________________ Mavzu: Yozgi ta’til rejalari. O`quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda yozgi ta`tilni mazmunli o`tkazishlikni, yozgi oromgohlarga borganda, yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Yozgi ta`tilda o`qiydigan kitoblar ro`yxati, ya`ni bolalar yozuvchilarining asarlari.
Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism
O`quvchilarni darsga hozirlash II.Asosiy qism: Rasmlar asosida suhbat uyushtirish.
Vaqtning o`tganin bildirmagay hech,
Yoz – saxiy, qo`lida sovg`a-salomi.
Vujudni to`ldirib tindirmagay hech,
Uch oy eslamagay hech zot zavolin.
Usmon Azim
O`qituvchi: O`quv yili ham tugab bormoqda. O`quv yilini har o`quvchi o`ziga xos bo`lgan holatda tugatadi. Bu davrda juda ko`p ilmlarga ega bo`ldingiz. Juda ko`p fan sirlaridan ogoh bo`ldingiz. Bir qancha tadbirlarda qatnashib, boy inteluktual bilimga ega bo`ldingiz. Hash-pash deguncha yozgi ta`tilga yetib keldingiz.
Yoz juda yaxshi. Yozgi oromgohlarda avvalo, odob-axloq fasl.Bu avvalo, bolalarga zavq bag`ishlaydi. Ko`pchilik o`quvchilarimiz oromgohlarga, ba`zilari tabiat quchog`iga, ba`zilari boshqa viloyatlarga dam olishga ketadilar. Dam olishga borganda albatta, kattalar hamrohligida amalga oshiriladi.Tartib-qoida me`yorlariga e`tibor berishingiz talab etiladi.
Yozgi ta`tilda faqat dam olish emas, balki bolalar yozuvchilarining asarlarini mutoala qilishingiz, suv havzalariga borganda juda ehtiyot bo`lishingiz kerak.
Har bir o`quvchining yozda nima ish bilan mashg`ul bo`lishi haqida o`quvchilardan sinf rahbari ma`lumot oladi va daftariga qayd etib qo`yadi.
Yozda yaxshi va mazmunli dam olib kelinglar.Ta`tilingiz maroqli va mazmunli o`tsin!