Tashkent State Transport University Volume 3


Tashkent State Transport University



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix10.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#127992
1   2   3   4   5   6
mustaqil-o-zbekiston-konstitutsiyasining-qabul-qilinishining-tarixi

Tashkent State Transport University 
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan 
is the Glorification of Human Dignity, the 
Guarantee of Our Free and Prosperous Life 
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - 
inson qadrini ulug'lash, erkin va
farovon hayotimiz kafolati 
 
 
 
 
 
180
 
December 1 
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha tub islohotlar va o„zgarishlar 
Konstitutsiyamiz asosida amalga oshirildi. Bu xalqimiz manfaatlariga, 
davlatimizning strategik maqsadlariga to„liq javob beradigan muhim siyosiy hujjat 
hisoblanadi. 
Shunday qilib, mustaqillik yillarida milliy davlatchiligimizning shakllanishi 
uchun mustahkam huquqiy zamin yaratildi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyati tarmoqlari barpo etildi, ijtimoiy va fuqarolik jamiyati institutlari 
shakllantirildi, iqtisodiyot erkin bozor munosabatlariga o„tdi, tarixiy va boy madaniy 
merosimiz tiklandi. Bir so„z bilan aytganda, biz milliy uyg„onish va taraqqiyot yo„lini 
dadil bosib o„tdik va o„tmoqdamiz. 
Konstitutsiyaning mohiyati uning asosiy prinsiplari tizimida namoyon bo„ladi. 
Bular – davlat suvereniteti, odamlarning huquqi, fuqarolarning huquq va erkinliklari 
ustuvorligi va daxlsizligi prinsipi, davlat va shaxsning o„zaro javobgarligi
qonuniylik, hokimiyatlarning bo„linishi, mahalliy davlat hokimiyati, sud tizimi va 
adolatni ta‟minlash tamoyillari. 
Respublikada davlat hokimiyatini tashkil etishning ustuvor konstitutsiyaviy 
prinsipi davlat suvereniteti prinsipidir. Hokimiyatning suvereniteti, bir tomondan, 
uning mamlakat ichidagi ustunligi va mustaqilligini, ikkinchi tomondan, tashqi 
kuchlar sohasidagi, boshqa davlatlar bilan munosabatlarda ushbu hokimiyatning 
ustunligi va mustaqilligini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, demokratiyaning 
daxlsizligi butun Konstitutsiya orqali qizil ip kabi o„tadi.
O„zbekistonning konstitutsiyaviy amaliyotida birinchi marta respublikaning har 
bir fuqarosi uchun tabiiy va ajralmas huquqlar tan olingan. Bundan tashqari, avvalgi 
Konstitutsiyalarda e‟lon qilinmagan bir qator huquqlar ham o„z ifodasini topgan. 
Masalan, insonning yashash huquqi, jismoniy va axloqiy yaxlitligi; shaxsning shaxsiy 
hayotga bo„lgan huquqi; fikr va e‟tiqod erkinligi huquqi; ma‟lumot olish huquqi: 
aybsizlik prezumpsiyasi; sud orqali himoyalanish huquqi; mamlakatni erkin tark 
etish va unga qaytish huquqi; sog„lom muhitga ega bo„lish huquqi va boshqalar. 
Demokratiya 
yangi 
Konstitutsiyaning 
asosiy 
tamoyillaridan 
biridir. 
Konstitutsiya muqaddimasida O„zbekiston xalqining demokratiya, inson huquqlari va 
ijtimoiy adolat g„oyalariga sodiqligi e‟lon qilingan. “O„zbekiston Respublikasida 
demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, unga ko„ra inson, uning hayoti
erkinligi, sha‟ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” 
(13-modda). 
Konstitutsiya hokimiyatlarning bo„linishi prinsipi asosida 
respublikaning eng yuqori davlat hokimiyati organlarining 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin