Teri lotin 84x108 format p65. p65



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix06.04.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#94217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Тери ва таносил касалликлари, Эшбоев, 2017

yashil sovun,
ketoplyus shampun, 10—20 % li oltingugurt malhami,
10 % li
oltingugurt va 5 % li salitsilat malhami


144
aralashmasi surtiladi. Shuningdek, bir hafta davomida 60 % li
giрosulfit eritmasi va 6 % li xlorid kislota eritmasini ketma-
ket surtish yaxshi natija beradi (Demyanovich usuli). Kasallik
qaytalamasligi uchun davolangan joylarni bir necha hafta
mobaynida kuniga 1 mahal 2 % li salitsilat spirti bilan artib
turish tavsiya etiladi, kandiderm, kandid-B, trovogen, klotri-
mazol va boshqa krem va malhamlar, mahalliy dori vositalari
yaxshi naf bermasa yoki teridagi o‘choqlar tarqalgan bo‘lsa,
u holda
sistem antimikotiklar (nizoral 200 mg dan kuniga
bir marta 7—10 kun davomida) tavsiya etiladi. 2 hafta
davomida kuniga 1—2 mahal surtiladi. Kepaksimon temi-
ratki dog‘lari quyosh nuri ta’sirida yo‘qolib ketishi mumkin.
Eritrazma qo‘zg‘atuvchisi — C o r y n e b a c t e r i u m
m i n u t i s s i m u m zamburug‘i. So‘nggi yillarda eritraz-
mani korinobakteriyalar qo‘zg‘atadi deb, psevdomi-
kozlar qatoriga kiritilgan. Eritrazma ko‘p uchraydigan
terining zamburug‘li kasalligi bo‘lib, aksariyat erkaklar-
ning teri burmalarida uchraydi.
Son-yorg‘oq burmasida, son terisida, qo‘ltiqda, ayol-
larda esa sut bezlari ostida qizil-jigarrang tusli keskin ajralib
turadigan dog‘lar paydo bo‘ladi, ba’zan bu dog‘lar oyoq
panjasi orasida ham kuzatiladi. Ular bir-biriga qo‘shilib,
shaklan festonlarga o‘xshab ketadigan katta-kichik o‘choq-
larni hosil qiladi. Dog‘larning yuzi sal po‘st tashlab turadi,
badan biroz qichiydi, ko‘pincha subyektiv sezgilar bo‘lmaydi,
terlash natijasida ba’zan yallig‘lanish jarayoni qo‘shiladi,
zararlangan joy qizarib shishib turadi va pufakchalar paydo
bo‘ladi. Luminessent lampa orqali qaralganda kasallik o‘choq-
lari g‘isht rang, qizil bo‘lib tovlanadi. Klinik ko‘rinishi va
laboratoriya ma’lumotlariga asoslanib tashxis qo‘yiladi.
D a v o s i. Xuddi kepaksimon temiratkidagidek po‘st
tushiradigan va dezinfeksiyalovchi moddalar buyuriladi.
Buning uchun 2 % li

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin