Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 23,89 Kb.
səhifə2/3
tarix16.05.2023
ölçüsü23,89 Kb.
#114679
1   2   3
Statistika 2-topshiriq

Dj. Хiksning daromad хaqidagi ta’limoti.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida daromadlar statistikasining ahamiyati yanada ortadi, chunki quyidagi holatlar daromadlar bilan bevosita bog‘liq: - iqtisodiyotni umumiy holati va aholining turmush darajasi; - ijtimoiy va soliq siyosatini ishlab chiqish; - ichki imkoniyatlarni jalb qilib, investitsion jarayonlarni kengaytirish imkoniyatini baholash. Yuqoridagi
Maqsadlarda foydalanish uchun daromadlar statistikasining ma’lumotlari iqtisodiy jarayonlarning bog‘liq holatlarini harakterlovchi boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘lanishi lozim: masalan, moliyaviy imkoniyatlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar, samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan va h.k.
Daromad хaqidagi tushunchaning nihoyatda og‘ir harakterga ega
ekanligini, shu sohada dunyoga taniqli bo‘lgan ingliz iqtisodchisi Dj.Хiks
ham tan olgan. U o‘zining «Qiymat va kapital» nomli asarida ko‘ptaniqi mualliflar bir-birini o‘rgangan, shuningdek o‘zlari fikrlarini ham
keltirganlar va ularda jamlash va daromad tushunchalariga har хil ta’rif berganlar, ular bir-biriga qarshi va qoniqarsiz fikrlar bo‘lganligini e’tirof etgan va umuman ma’lum bo‘lgan daromad va jamlash tushunchalari
mantiqiy kategoriyalar bo‘lmay balki, amaliyotga biroz yaqinlashgan, biznesmenlar uchun amaliy masalalarni to‘g‘ri хal qilishga qaratilgan tushuncha deb atagan. Shu fikrga taniqli nemis iqtisodchisi va statistika professori P.Fon Der Lippe ham qo‘shiladi. Uning fikricha daromadning ta’rifi tahlil va amaliy masalaning echish maqsadiga bog‘liq bo‘lib,
daromad – хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga doim tushib turadigan pul daromadlari summasi hisoblanadi va ular pulning talabiga ta’sir ko‘rsatadi. U, binobarin, natural formada tushgan daromadlarni o‘z ichiga olmaydi.Yaqin vaqtlargacha «jamlash» termini to‘plangan pul (muomaladagi va saqlovchi banklardagi) mablag‘larini anglatish uchun foydalanilgan. Lekin MHTda u boshqacha ma’noga ega. Jamlash – iхtiyordagi daromadni bir qismi bo‘lib, u oхirgi iste’mol maqsadlari uchun sarflanmagan. Shunday qilib, MHT ta’rifiga mos ravishda jamlash – bu barcha moliyaviy (mavjud pul mablag‘lari, depozitlar, qimmatli qog‘ozlar, zayomlar, kreditlar va h.k.) aktivlarni va material aktivlarni o‘sishini anglatadi. BMTning 1993 yilda qabul qilingan yangi MHTga asosan daromadlarning ko‘rsatkichlar tizimi Dj.Хiks ta’limotiga asoslangan. Uning mohiyati quyidagicha: daromad – bu eng katta summa bo‘lib, uni ma’lum davr davomida iste’mol uchun ishlatish mumkin, u holda davr oхiridagi va davr boshidagi kapital хajmi o‘zgarmay qoladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, daromad ko‘rsatkichlari insonlarni iste’moli uchun ishlatishi mumkin bo‘lgan summani, ya’ni хech qanday
kambag‘allashishga yo‘l qo‘ymagan holda ishlatishi mumkin bo‘lgan summani ifodalaydi. O‘z fikrini yanada rivojlantirib, Dj.Хiks nazariy tahlil uchun daromadlarni ikki хil kategoriyasini keltiradi. Birinchi kategoriya doimiy, avvaldan ko‘rish mumkin bo‘lgan tushunchalar oqimi, ikkinchisi amaldagi tushunchalar oqimi. Dj.Хiks fikricha tahlil uchun ko‘proq darajada хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning хulqini tushuntirib beradi. Uni olish uchun ikkinchi kategoriyadan avvalda ko‘rilmagan, favqulodda tushumlarni ayirish kerak, jumladan, inflyatsiya natijasida aktivlar хajmini ortishi.
4)Iste`mol va jamg`rish tushunchalariga ta`rif bering.
Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko’ra tarkibida eng katta ulushga ega bo’lgan komponentdir. 2004 yilda O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra respublikamizda bu ulush 51,7 %ni tashkil etgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning 90 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg’armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg’arish hajmi foz stavkasining funktsiyasi de qarashsa J.M. Keyns uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg’arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste’mol va jamg’arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo’jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to’lovlari va to’lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd ) ko’rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg’armalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funktsiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.
Ixtiyordagi shaxsiy daromad iste’mol va jamg’arish uchun ishlatiladi, ya’ni qancha ko’p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg’ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik har xil daromadga ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo’lganlar odatda ko’proq iste’mol qilib, kamroq jamg’aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg’arish ulushining o’sishi tomonga o’zgaradi.
Iste’mol bu ixtiyordagi daromadning iste’molchi tomonidan joriy davrdagi ehtiyojlarini qondirish uchun sarflagan qismi bo’lib, u pirovard hamda oraliq iste’molga ajratiladi. Oraliq iste’molda tovar va xizmatlar iste’mol jarayonida to’liq yo’q bo’lib ketmaydi, pirovard iste’molda esa ular iste’mol jarayonida to’liq ishlatiladi. Jamg’arish esa iste’moldan farqli ravishda kelgusidagi ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi va ixtiyordagi daromadning iste’moldan keyin qolgan qismini aks ettiradi.

5)MHTda Dj.Xiks ta`limotlari asosida daromadlarning qanday ko`rsatkichlari tizimi qo`llaniladi?


BMTning 1993 yildagi qabul qilgan yangi MHTga asosan daromad ko’rsatkichlari tizimi Dj Xiks ta’limotiga asoslanadi.Uning mohiyati quyidagicha: daromad bu eng katta summa bo’lib,uni ma’lum davr davomida istemol uchun ishlatish mumkin,u holda davr oxiridagi va davr boshidagi kapital hajmi o’zgarmay qoladi. Boshqacha so’z bilan aytganda,daomad ko’rsatkichlari insonlarni istemol uchun ishlatishi mumkin bo’lgan summani,ya’ni hech qanday kambag’allanishga yo’l qo’ymagan holda ishlatishi mumkin bo’lgan summani anglatadi.O’z fikrini yanada rivojlantirib, Dj Xiks nazariy tahlil uchun daromadlarning ikki xil kategoriyasini keltiradi. Birinchi kategoriya doimiy,avvaldan ko’rish mumkin bo’lgan tushinchalar oqimi,ikkinchisi amaldagi tushinalar oqimi.Dj Xiks fikricha tahlil qilish uchun ko’proq darajada xo’jalik yurituvchi subektlarning xulqini tushintirib beradi.Uni olish uchun ikkinchi kategoriyadan avalda ko’rilmagan,faqulodda tushumlarni ayirish kerak,jumladan,inflyatsiya natijasida aktivlar hajmining ortishi.SHunday qilib,Dj Xiksning daromad xaqidagi fikridan quyidagi bir necha aniq xulosalarni olish mumkin .
YAngi 1993 yildagi qabul qilingan MHTda Dj. Xiksning daromad haqidagi ta’limotiga yanada aniqliklar kiritildi va muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar YAIM, milliy daromad,ixtiyoridagi daromad,jamg’arish va h.k. larni hisoblash uchun aniq ta’riflar va klassifikatsiyalar ishlab chiqildi. Agar tashqi iqtisodiy aloqalar omilini hisobga olinmasa,milliy daromad,iqtisodiyotning barcha sektorlarida yaratilgan qo’shimcha qiymatlar yig’indisiga teng. SHunday ta’rifga asoslanib,inflyatsiya natijasida yoki ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa faqulodda sabablar bilan aktivlar qiymatining o’zgarishi daromad hisoblanmaydi.
DJ.Xiks ta’limotiga asosan asosiy kapital istemolini hisoblash uchun tiklashdagi qiymatdan foydalanish lozim,buxgalteriya hisobida esa bosh birlamchi baholashdan foydalaniladi. Tan olish kerakki,MHT asosida berilgan daromadning ta’rifi va makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash, buxgalteriya hisobi matriallari asosida MHT hisoblamalarini tuzish,uni tahlil qilish va ma’lumotlarning mohiyatini ochishda ancha qiyinchiliklar uchraydi. SHuning uchun yangi MHTda tanqid qiluvchilar tamonidan aytiladiki,bir tamondan MHTdan xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatini o’rganish uchun foydalaniladi deyilsa, ikkinchi tamondan MHTning daromad tushinchasidan xo’jalik yurituvchi subektlar foydalanilaolmaydilar.
6)Yalpi ichki mahsulot va yalpi milliy daromad ko`rsatkichlarining sifat va miqdoriy farqlanishlarini tushuntirib bering.
Aytish lozimki,ba’zi holatlarda ayrim adabiyotlarda YAIM va YAMD ko’rsatkichlari aralashtirib yuboriladi.Ammo,MHTning bu ikki markaziy ko’rsatkichlari bir biridan ham sifat,ham miqdoriy jihatdan farqlanadi. Sifat jihatdan printsipial farq shundan iboratki,YAIM shu mamlakat rezidentlarining ma’lum davrda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimini hisoblaydi,milliy daromad esa shu mamlakat rezidentlari olgan birlamchi daromadlar oqimini ifodalaydi.Miqdoriy jihatdan milliy daromad YAIMdan xorijdan olingan birlamchi daromadlar qoldig’iga farqlanadi. Birlamchi daromadlarga mehnat haqi,mulkdan olingan daromad, foizlar,divedentlar,bevosita xorijiy investitsiyalardan olingan daromadlarni reinvestitsiya qilishlar kiradi. Qoida bo’yicha,rivojlangan mamlakatlarda yalpi milliy daromad hajmi,yalpi ichki mahsulot hajmidan katta bo’ladi, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa YAIM milliy daromaddan kam bo’ladi. Aytish mumkinki,,hozirgi vaqtda O’zbekiston milliy daromadi hajmi MDH mamlakatlardagi kabi YAIM hajmidan kichik bo’ladi.
Agar milliy daromadga xorijdan olingan joriy transfertlar qoldig’i qo’shilsa, MHTning yana bir muhim ko’rsatkichi ixtiyoridagi milliy daromad ko’rsatkichini olish mumkin.U ham yalpi ham sof asoslarda hisoblanishi mumkin. Ixtiyoridagi milliy daromad ikki qismga:milliy oxirgi istemol va milliy jamg’armaga bo’linadi.
7.YAlpi milliy daromad va yalpi milliy mavjud daromad hajmi qanday aniqlanadi?
YAngi MHTda qayd etilgan daromadlar hajmini aniqlash shartli misolda o’rganamiz.
“A”mamlakat iqtisodiyoti bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan,mln $
1.YAlpi ichki mahsulot- 440
2.Asosiy kapital istemoli-24
3.Xorijiy mamlakatlarga bandlik va mulkdan olinadigan rezidentlik daromadlari-16
4.Mamlakat YAIMdan bandlik va mulkdan norezidentlarning oladigan daromadlari- 14
5.Joriy transfertlar qoldig’i- 10
6.YAkuniy istemol;
A) uy xo’jaligi – 100
B) davlat muassasalari – 60
V) uy xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi notijorat toshkilotlar- 40
7.Kapital transfertlar qoldig’i – 30
8.Asosiy kapital yalpi jamg’arishi moddiy aylanma vositalarning o’sishi – 50
9.Nomoddiy aktivlarga egalik qilish- 8
Berilgan ma’lumotlar asosida sof ichki mahsulot,daromadlar va ulardan foydalanish ko’rsatkichlarini aniqlaymiz
1.Sof ichki mahsulot:

Yüklə 23,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin