3-LABORATORIYA ISHI MAVZU: RM-3-1 UZISH MASHINASINING ASOSIY METROLOGIK XUSUSIYATINI O‘RGANISH. Ishdan maqsad: RM-3-1 uzish mashinasining asosiy metrologik xususiyatini
o‘rganish
to’g’risida ko’nikma va malakalarni shakillantirish
Nazariy ma’lumotlar Uzish mashinasi (RM-3-1, RM-30) iplarning mustahkamligi va uzilishdagi
uzayishini aniqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u quyidagi qismlardan tashkil
topgan: mayatnikli kuch o‘lchagich, passiv va aktiv qisqichlar, o‘tkazgich
mexanizmi aktiv qisqichga bog‘langan (1-nchi rasmga qaralsin), cho‘zilishni
o‘lchagich qismi va elektryuritgich.
Elektryuritgichni harakatga keltirish ishlari «vverx» yoki «vniz»
tugmachalari orqali amalga oshiriladi. Agar namunani uzish vaqtida xatolik ro‘y
bersa, elektrYuritgich avtomatik ravishda to‘xtab qoladi.
Pastki qisqichni yuqoriga, ya’ni o‘zining oldingi holatiga keltirish ishlari
«vverx» tugmachasi orqali bajariladi. Aktiv qisqich o‘zining oldingi holatiga
kelgandan so‘ng, elektryuritgich avtomatik ravishda to‘xtaydi.
Elektryuritgichni hohlagan paytda to‘xtatish uchun «stop» tugmachasi
bosiladi.
Mustahkamlik mayatnikli kuch o‘lchagichda aniqlanadi. Kuch o‘lchagich
mayatnigi sharikli g‘ildirak markaziga o‘rnatilgan.
Ipni uzib, mustahkamligi aniqlanib bo‘lgandan keyin, ko‘rsatkich o‘zining
oldingi holatiga olib kelinadi. Bu ishlar tutqich yordamida amalga oshiriladi.
Tutqichlar asosan tishli g‘ildirakka tegib ushlab turiladi, iplarni uzib bo‘lgandan
so‘ng, olingan natijalarni shkaladagi ko‘rsatkichning to‘xtash joyiga qarab yozib
olish mumkin.
Uzish mashinasi (RM-3-1) ning texnik va metrologik hususiyati: 1) Eng Yuqorigi uzish qiymati 30 N.
2) Uzishning o‘lchash oralig‘i: 1 shkala - 1 dan 5 N gacha, 2 shkala - 2 dan
10 N gacha, 3 shkala - 6 dan 30 N gacha.
Kuch o‘lchash shkalasining oraliq bahosi: 1 shkala - 0,02 N, 2 shkala -
0,05 N, 3 shkala - 0,10 N.
4) Qiymatning nisbiy kuch o‘lchash xatoligidagi belgilangan oraliq
1
foiz.
5) Mayatnik ko‘rsatishining siljishi tutqichni to‘g‘rilashda 2 mm dan ko‘p
emas.
6) Deformatsiyaning o‘lchash oralig‘i: 0 dan 300 mm gacha, 0 dan 60
foizgacha.
7) SHkalaning oraliq bahosi: 1mm yoki 0,2 foiz.
8) O‘lchash deformatsiyasining qiymat xatolik og‘irligi:
1 mm.
9) Aktiv qisqichning harakat tezlik oralig‘i 80 dan 800 mm/min. gacha.
10) Aktiv qisqichning harakat tezlik xatoligi 5 foizdan ko‘p emas.
11) Aktiv qisqichning harakat tezlik orqali bahosi: 10 mm/min.
199
12) Qisg‘ichlar orasidagi masofa: 0 dan 500 mm gacha.
13) Aktiv qisqichning ishchi 350 mm dan kam emas.