21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari –
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi,
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat arxitektura va qurilish qumitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni
muhofaza qilish davlat qumitasi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida o‘z vakolatlari doirasida faoliyatni
amalga oshiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari.
Qonunning 2 – bobi “Davlat organlarining va boshqa organlar hamda
tashkilotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari” deb
nomlangan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (7 – modda), O‘zbekiston
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining texnik jihatdan
tartibga solish sohasidagi vakolatlari (8 – modda), O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va
qurilish qumitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat
qumitasining texnik jihatdan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
vakolatlari (9 – modda) , Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining texnik
jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatlari (10 – modda) ko‘rsatib o‘tilgan.
Dostları ilə paylaş: