19
kokklarda, spirillalarda, vibrionlarda va ipsimonbakteriyalarda topiladi. Xivchinlarning
soni 1tadan 100 tagacha bo‘ladi. Xivchinlarning qalinligi 0,01 mkm atrofida uzunligi 20
mkm gacha yetadi. Xivchinlarni yorug‘lik mikroskopi kursata olmaydi, Shuning uchun
ular elektiron yoki qarong‘i maydonli mikroskopda kuriladi. Xivchinlarni yopug‘lik
mikroskopda ko‘zatish uchun maxsus murakkab bo‘yaash metodlaridan foydalaniladi,
bunda xivchin qalinligi kattalashadi.Ularning bir necha bo‘yaash usullari bor. Bunda har
xil ishlov beruvchi moddalaridan foydalaniladi, ular xivchinning ustki qismida cho‘kadi
va shu sababli diametri oshadi va xivchinlar ko‘rinadi.
Ba’zi tayoqchasimon bakteriyalar —
Proteus vulgaris, Clostridium tetani
kabilarda
50 - 100 gacha xivchin bo‘ladi.. Xivchinlarning eni 10 — 20 nm, o‘zunligi 3 — 15 mkm.
Xivchinlar uzunligi kulturaning tabiati, oziqa muhtini yoki tashqi muhit ta’siriga qarab
har xil bo‘ladi.. Xivchinlar kimyoviy jihatidan oqsil modda —( flagellindan) flagellindan
tuzilgan. Ko‘pgina mikrooganizmlar ma’lum sharoitda hujayra ichida donodor
sitoplazma qo‘shilmalari – zaxira moddalarda hosil qiladilar. Odatda ular polisaharidlar,
polifoofatlar , oltingugurt donalari va kalsiy oksalatlari kabilardir.
Bazi mikroorganizmlar hujayralarida lipidlar sifatida poli - b – oksimoy kislota
to‘playdi. Poli – b – oksibutiratning donalari bakteriya hujayralarni tirik piripatlarda
yaxshi ko‘rinadi Zaxira oziqa moddalari bilan tanishish uchun quydagi pereparatlar
ko‘riladi .
Dostları ilə paylaş: