Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
162
kichik o‗ralarda kompost qilib zararsizlantirilgandan keyin uni tomorqaga solib
o‗g‘it sifatida foydalanish mumkin.
Kanalizatsiya bo‗lmagan jamoa muassasalarida hojatxonalar havo bilan
shamollaydigan hojatxona lyuftklozet tipida qurilishi kerak, yoki shunday
hojatxona qurish kerakki, o‗z vaqtida unga tuproq sepib kompostga aylantirib, u
zararsiz holatga kelgach, tomorqada o‗g‘it sifatida ishlatish mumkin. Bunda eski
hojatxona o‗rniga boshqa yangisini kovlab, yaxshilab jihozlab so‗ng undan
foydalanish mumkin. Honadonlardagi ovqat chiqindilarini mollarga berish,
supurnidilarni esa kompostlash yo‗li bilan zararsizlantirish mumkin.
Qishloq sharoitida hayvon axlatlarini yig‘ishni, asrashni to‗g‘ri uyushtirish
turli gijja, tuxumlar rivojlanishini qolaversa, trixinielloz, exinokok, tenioz va
boshqa kasalliklar tarqalishining oldini oladi. Tomorqalarda turli hayvonlarning
go‗ng-axlatlari go‗ng uchun ajratilgan maydonga yig‘iladi, uning atrofi sim to‗r
yoki taxta bilan ajratilgan bo‗ladi. Katta molxonalarda maxsus go‗ng saqlaydigan
joylar ajratiladi. Go‗nglarni kompostlash, gigienik jihatdan juda ahamiyatlidir.
Kompostlangan go‗ng tarkibida gijja tuxumlari, patogen mikroblar bo‗lmaydi. Aks
holda go‗ng yig‘ilib qolgan joylarda atmosfera
havosiga, tuproqning sanitariya holatiga, suv
havzalariga ancha putur yetkaziladi.
Dostları ilə paylaş: