Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
249
Ikkinchidan, sanitariya jihatidan tozalash ishlariga ixtisoslashtirilgan
tashkilotlar va Qoraqalpog‗iston Respublikasi va viloyatlardagi ―Toza hudud‖
davlat unitar korxonalari filiallari maxsus texnikalar (chiqindi tashish va
assenizatsiya mashinalari) hamda qattiq maishiy chiqindilar uchun elektromexanik
elak qurilmalar bilan to‗liq ta‘minlanadi.
Uchinchidan, qattiq maishiy chiqindilarni organik o‗g‗itlarga aylantirish
uchun birlamchi qayta ishlashni tashkil etish, shuningdek, qattiq maishiy
chiqindilarni qayta ishlash bo‗yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga
erishiladi.
To‗rtinchidan, aholini qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari
bilan qamrab olish darajasi 2021 yilgacha mamlakatimiz bo‗yicha 63 %dan 93
%ga o‗sadi.
Muxtasar aytganda, ―2017 — 2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‗liq
ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarorning qabul qilinishi yurtimizda ekologiya va
sanitariya muhitini yanada yaxshilash, aholi salomatligini mustahkamlash, shahar
va qishloqlarimizning yanada obod va ko‗rkam qiyofa kasb etishi yo‗lidagi ulkan
amaliy qadamdir.
Dostları ilə paylaş: