Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


Turkiston qayini (Betula turkestanica Roth.)



Yüklə 12,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/99
tarix20.09.2023
ölçüsü12,21 Mb.
#145712
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99
Manzarali bog\'dorchilik.Qalandarov M.M

Turkiston qayini (Betula turkestanica Roth.)
Balandligi 10-15 m ga, diametri 30-50 sm ga yetadigan 
daraxt, tuxumsimon va keng shox-shabba hosil qiladi. Bir tanali, 
tanasining po‘sti sarg‘ish oq rangda, po‘st tashlab turadi. Yosh
166


novdalari mayin tukli bo‘lib, smolasimon so‘galchalari bor. 
Barg lari tuxumsimon, o‘tkir uchli, tub qismi ponasimon yoki 
to'mtoq, cheti butun. Yosh barglarining har ikkala tomoni mayin 
tukli, katta yoshida yuz tomoni tuksizlanadi. Barg plastin- 
kasining bo‘yi 3-5 sm, bandi 1,5-1,8 sm, ingichka va uzun tuk 
bilan qoplangan. Urg‘ochi gulli kuchalalari silindrsimon bo‘lib, 
bo‘yi 2,5 sm, eni 6-8 mm. Qanotchalari tuxumsimon yoki 
Icskari tuxumsimon, bo‘yi 2,5 mm. Bu qayin urug‘idan yaxshi 
ko'payadi, tez o‘sadi.
Qayinning yog‘ochi oq rangda, zich, pishiq bo‘lib, undan 
har xil buyumlar ishlanadi. U yorug‘sevar, issiqqa va sovuqqa, 
havoning ifloslanishiga chidamli daraxt. U tog‘ vodiylarida, 
daryo 
bo‘ylarida 
o‘sadi. 
Tyan-Shanda, 
Pomir-Oloyda, 
Jung‘oriya Olatovida uchraydi. U nihoyatda go‘zal daraxt 
boMganligidan ко ‘ kalamzorlashtiri sh uchun parklarga va 
ko'chalarga ekish tavsiya etiladi.
Tyan-Shan qayini (Betula tianschanica Rupr.)
Kichikroq daraxt bo‘lib, bo‘yi 5-6 m, ko‘p tanali yoki ser- 
Nhox, keng shox-shabba hosil qiladi. Tanasining po‘stlog‘i jigar 
mug, yupqa po‘st tashlab turadi. Barglari tuxumsimon yoki 
cho‘ziq tuxumsimon, ba’zi vaqtlarda, rombsimon, o‘tkir uchli, 
tubi keng, ponasimon. Barg plastinkasi yirik, butun, bandining 
u/.unligi Ism.
Bargining har ikkala tomoni va bandi tuksiz. Urg‘ochi 
kuehalalarining bo‘yi 1,8 sm, eni 0,7 sm, gulbandi tukli. 
Yong‘oqchasi tuxumsimon, bo‘yi 2 mm. Bu qayin urug‘idan 
yaxshi ko‘payadi. Tyan-Shan qayini Jung‘oriya Olatovida, 
Tyan-Shanda, dengiz sathidan 1800 m balandlikda o‘sadi. 
Shiiharlami ko‘kalamzorlashtirish uchun ekish tavsiya etiladi.

Yüklə 12,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin