18
tuziladi;
- bosh balanslar — korxonalarning mol-mulklarini inventarizatsiya qilish va
buxgalteriya kitoblarida aks ettirilgan ma’lumotlarga asoslanib tuziladi.
Foydalanilgan ma’lumotlarga nisbatan balans yolg‘iz va yig‘ma bo‘lishi
mumkin. Yolg‘iz balans alohida korxonalar uchun tuziladi, yig‘ma balanslar esa bir
qancha korxonalar balanslarini umumlashtirish asosida hamma korxonalar uchun
yagona balans sifatida tuziladi. Korxonalar faoliyati nazarda tutilsa, balanslar
korxonaning asosiy faoliyati bo‘yicha va noasosiy, ya’ni korxonaning qo‘shimcha
faoliyati bo‘yicha balanslar tuzilishi mumkin. Asosiy faoliyat bu korxonaning
nizomida ko‘rsatilgan faoliyat shaklidir.
Bozor munosabatlari davrida mulki har xil shaklda bo‘lgan korxonalar barpo
etiladi. Davlat korxonalari bilan birga xususiy, shirkat, aktsiyadorlar, qo‘shma
korxonalar faoliyat olib boradi. Demak, mulk shakllari nuqtai nazaridan ham
balanslar tuzilishi mumkin. Haqiqatni aks ettirish nuqtai nazaridan esa, balanslar
mustaqil va bo‘lak balanslar bo‘lishi mumkin. Mustaqil balanslar yuridik shaxs
sifatida faoliyat kechirayotgan korxonalar bo‘yicha tuziladi. Bo‘lak balanslar esa, bu
korxonalar tarkibidagi alohida bo‘lak korxonalarning — ishlab chiqarishi bo‘yicha
tuziladi.
Buxgalteriya balansida o‘z ifodasini topgan korxona mablag‘lari har xil bo‘lishi
mumkin. O‘z navbatida bu mablag‘larning manbalari ham har xil bo‘lishi ehtimoldan
holi emas.
Avvalambor, korxona mablag‘lari immobilizatsiya shaklida, ya’ni uzoq
muddatli aktivlar shaklida va harakatchan aylanma aktivlar shaklida bo‘lishi hamda,
ular o‘z navbatida har xil turlarga bo‘linishi mumkin. Bular quyidagi ko‘rinishga ega:
Dostları ilə paylaş: