1
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM
VAZIRLIGI
SOG‗LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
EKOLOGIYA VA MIKROBIOLOGIYA
KAFEDRASI
KIMYOVIY MIKROBIOLOGIYA FANI
BO`YICHA
O‗ Q U V –U S L U B I Y
M A J M U A
Toshkent -2016 y.
2
Mazkur o‗quv-uslubiy majmua Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 2016 yil 6 aprelidagi
137-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan o‗quv reja va dastur asosida tayyorlandi.
Tuzuvchi:
Fayzullaeva Z.R.
–
Ekologiya va mikrobiologiya
kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Qodirova D.E.
–
Ekologiya va mikrobiologiya
kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Taqrizchi:
Saidov S.A.
–
Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
mudiri
Maxkamova D.E.
–
ToshPMI Bolalar yuqumli kasalliklari va
mikrobiologiya,virusologiya,immunologiya
kafedrasi dotsent i
O‘quv -uslubiy majmua Bosh ilmiy-metodik markaz Ilmiy-metodik kengashining 2016 yil
__________dagi ___-sonli qarori bilan tasdiqqa tavsiya qilingan.
Toshkent farmasevtika instituti Markaziy uslubiy kengashi tomonidan muhokama qilindi.
2016 yil _____________ dagi __________sonli bayonnoma
Toshkent farmasevtika instituti Ilmiy kengashining sonli bayoni asosida tastiqlangan.
3
MUNDARIJA
I. Ishchi dastur………………………………………………………..............................................4
II. Sillabus......................................................................................................................................21
III. Fanni o‗qitishda foydalaniladigan interfaol ta‘lim metodlari.................................................24
IV. Nazariy mashg`ulot materiallari…………………………...................…………………...…37
V. Amaliy mashg‗ulot materiallari ………………………..…………………..………….…....116
VI. Keyslar banki……………………………….........................................................................183
VII. Mustaqil ta‘lim mavzulari ……………………………………………..….........................193
VIII. Testlar …………………………………............................................................................194
IX. Glossariy……………………………………………………..……………………………..219
X. Adabiyotlar ro‗yxati…………………………..…………………………………………….223
4
Kirish
Toshkent Farmatsevtika instituti sanoat farmatsiya fakulteti talabalari kelajakda injener
biotexnolog bo‗lib, mamlakatimizning sotsial taraqqiyotida asosiy omillardan biri bo‗lgan
ikkilamchi metabolitlarni (antibiologik, vitaminlar, polisaxaridlarni) sintez qilishni tashkil
etishlari lozim. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun talabalar kimyoviy mikrobiologiya fanini
chuqur o‗rganishlari zarur. Bu maqsadga erishish va o‗quv jarayonini tuzishda ishchi dastur katta
rol o‗ynaydi. 2016-2017 o‗quv yili uchun ishlab chiqilgan o‗quv uslubiy majmuada
Microbiology and Immunology /Faculty of Pharmacy. General Microbiology Immunology
.Edition 2015, "Mikrobiolugiai Laboraturiumi Gyakorlatok 2013. xorijiy adabiyotning bob
ma‘lumotlaridan foydalanib mavzulari kiritildi.
Fanning maqsad va vazifalari
Mikrobiologiya, biotexnologiya negizlaridan biri bo‗lib, mikroorganizmlar hayot
faoliyatining molekulyar, genetik, o‗sish mexanizmi, ko‗payishi, metabolizmi, sodda jonivorlar,
zamburug‗lar, viruslar to‗g‗risidagi zamonaviy bilim asoslari bilan ikkilamchi metabolitlarning,
antibiotiklar, vitaminlar, polisaxaridlarning biosintezi bilan tanishtiradi.
Mikroorganizm produtsentlarining tuzilishi, fiziologik aktivligini aniqlash sanitar –
ko‗rsatkich mikroorganizmlarning, yuqumli kasallik qo‗zg‗atuvchilarining, ularga qarshi
ishlatiladigan kimyoterapevtik moddalarning ta‘sirini immunologiya, immunoximiya asosida
o‗rganadi. Mikrobiologiyada o‗rganilgan molekulyar genetika asoslari, biotexnologiya sanoatida
original bilim manbai hisoblanadi. Ishchi dasturda kimyoviy mikrobiologiya fanining asoslari
zamon talablari asosida o‗z aksini topgan. Biotexnologlarni tayyorlashda, kimyoviy
mikrobiologiya fanini o‗rganishdan asosiy maqsad - mikroorganizmlar fiziologiyasining
elementlari:
oziqlanish,
nafas olish, o‗sish, ko‗payish, mikroorganizmlar kimyosi,
mikroorganizmlarga tashqi muhitning ta‘siri, ularning tabiatda modda almashinuvidagi
ahamiyatini o‗rganish. Biotexnolog professional faoliyatida aseptika, antiseptika, sterillizatsiya,
tayyor dorilar va xom-ashyosini saqlash, dorilarni ekstemporal tayyorlashda kimyoviy
mikrobiologiya fanining saboqlari muhim ahamiyatga egadir.
O‗quv jarayonida talabalarga mikrob xujayralarini o‗lchash, molekulyar tarkibi,
mikrometriya usullari, bakterial massani o‗lchash, mikrob xujayrasini dezintegratsiyasi, ularning
uglevod tarkibini o‗rganish, DNKni olinishi, ammonifikatsiya, denitrofikatsiya reaksiyalari,
bakteriofaglarning olinishi va ishlatilishi, vaksinalar, immunoglobulinlar olinishi va ishlatilishi
haqida ma‘lumotlar beriladi.
Fan bo‗yicha talabaning malakasiga qo‗yiladigan talablar
Talabalar o‗quv jarayonida kimyoviy mikrobiologiya fanidan mikroorganizmlarning
tasnifi, prokariot va eukariot xujayralarining tuzilishi, aktinomitsetlar, spiroxetlar, rikketsiyalar,
xlamidiya, mikoplazma, zamburug‗lar va sodda jonivorlar morfologiyasi, mikroorganizmlar
kimyosi, kichik molekulalar, katta molekulalar, viruslar morfologiyasi, bakteriofaglar, patogenlik
va virulentlik, vaksinalar, immunoglobulinlar, anatoksinlar, ximioterapevtik preparatlar, ularning
mikroorganizmlarga ta‘sirini, ularning tabiatda modda almashinuvidagi ahamiyatini bilishi
kerak.
Talabalar, o‗qituvchining nazorati ostida xavfsizlik texnik qoidalariga rioya qilib, uslubiy
ko‗rsatmalar yordamida quyidagi ko‗nikmalarga ega bo‗lishi kerak.
- surtma preparatlarini tayyorlash.
- surtmalarni bo‗yash usullarini bilish.
- mikroorganizmlarni morfologiyasini o‗rganish uchun mikroskopiya usullarini qo‗llay
olish.
- antibiotiklarning mikroblarga nisbatan sezgirligini seriyali suyultirish, disk usullarida
aniqlay olish.
- mikroorganizmlarni indikatsiya va identifikatsiya qila bilishlari kerak.
- mikrob xujayralarini o‗lchash, bakterial massani o‗lchash.
- mikrob xujayrasini dezintegratsiyalash, uning uglevod tarkibini o‗rganish.
- DNKni olinishi, uning xususiyatlarini o‗rganish.
5
- aerob va anaerob sharoitda kletchatkani parchalovchi mikroblar, ammonifikatsiya,
denitrifikatsiya reaksiyalarini o‗rganish.
Organizmni himoyalanishi immunitet tushunchasini chuqur tahlil qilish va uning
mohiyatini bilgan holda immun patologik xolatlarga to‗g‗ri baho bera bilishi kerak. YUqumli
kasallik qo‗zg‗atuvchilarga bakteriologik, virusologik, serologik, mikroskopik, biologik, allergik
usullarda tashxis qo‗yish asoslarini chuqur bilishi kerak. Yuqumli kasalliklarni oldini olishda,
davolashda qo‗llaniladigan vaksinalar, anatoksinlar, immun zardob va biopreparatlarni olish
texnologiyasi malakalariga ega bo‗lishi kerak.
O‗quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‗liqligi
Kimyoviy mikrobiologiya bioximiya, ekologiya, genetika, Kimyoviy mikrobiologiya ,
organik kimyo fanlari bilan chambarchas bog‗langan. Ekologiya fanidan tashqi muhit
faktorlarining mikroorganizmlar xayot faoliyatiga ta‘siri, bu jarayonlarning hayvonot olamiga,
o‗simliklarga ta‘sirini o‗rganish, yangi dori preparatlarini tayyorlashda muhim rol o‗ynaydi.
Genetika – kimyoviy faktorlarning genetik o‗zgarishlarga ta‘sirini o‗rganishda foydalaniladi.
Biokimyo fanidan mikroorganizmlarga fermentlar, vitaminlar, polisaxaridlarning biosintez
ta‘sirini o‗rganish bilan bog‗liq bo‗lib, biofarmatsevtika sanoatidagi asosiy yo‗nalishlarni tashkil
etishda muhim ahamiyatga ega. Mikroorganizm produk-sentlarining strukturasi, biologik
faolligini o‗rganiladi.
Mikroorganizmlarni o‗stirish, toza kulturasini ajratib olish, yangi preparatlar tayyorlash
jarayonlari, Kimyoviy mikrobiologiya qoidalariga rioya qilish bilan bog‗liq. Biotexnologiya fani
kimyoviy mikrobiologiyani davomi bo‗lib, ishlab chiqarailadigan fermentlar, ajratib olinadigan
dorilarni tarkibini bilishda katta yordam beradi.
Fanni o‗qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Kimyoviy mikrobiologiya fanini o zlashtirishlari uchun o‗qitishning ilg‗or va zamonaviy
usullardan foydalanish, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim
ahamiyatga egadir. Fanni o‗zlashtirishda darslik, o‗quv va uslubiy qo‗llanmalar, ma‘ruza
matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma‘ruza va laboratoriya
darslarida mos ravishdagi ilg‗or pedagogik texnologiyalardan (―Vertushka‖, ―Aqliy xujum‖ va
―Bumerang‖ va hk.) keng foydalaniladi.
O‘quv jarayoni bilan bo‘liq ta‘lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-
pedagogic darajada dars berish, muammoli ma‘ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida
qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedogogik texnologiyalardan va multimediya vositalridan
foydalanish, tinglovchilarni undadigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish,
talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqat yuritishga, ilmiy izlanishga
jalb qilish.
―Kimyoviy mikrobiologiya‖ kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual
yondashuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yonaltirilgan ta‘lim. Bu ta‘lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta‘lim jarayoninig barcha
ishtirokchilarini
tolaqonli
rivojlantirishlarini
ko‘zda
tutadi.
Bu
esa
ta‘limni
loyhalashtirilayotganda, albatta, ma‘lum bir ta‘lim oluvchining shaxsini emas, avvalo
kelgusidagi mutaxasisslik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda
yondashilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv. Ta‘lim texnologiyasi tizimining barcha belgilarini o‘zida mujassam
etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘imlarini o‘zaro bog‘langanligi,
yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga
ta‘lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha
qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta‘limni ifodalaydi.
Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi.
uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy
faoliyati kuchayadi.
6
Hamkorlikdagi ta‘limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta‘lim beruvchi va ta‘lim
oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda
ishlashni joriy etishga e‘tiborni qaratish zarurlugini bildiradi.
Muammoli ta‘lim. Ta‘lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta‘lim
oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob‘ektiv qarama-
qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni,
amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta‘minlanadi.
Axborotni taqdim qilishni zamonaviy vositalarini va usullarini qo‘llash- yangi
kompuyter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.
O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma‘ruza (kirish, mavzuga oid vizuallash), muammoli
ta‘lim, keys-stadi, pinbord, paradox va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O‘qitishni tashkil etish shakllari: diolog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro
o‘rganishga asoslangan frontal kollektiv va guruh.
O‘qitish vositalari:o‘qitishning an‘anaviy shakllari (darslik ma‘ruza matni) bilan bir
qatorda-kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan
bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits- so‘rov, oraliq va joriy va
yakunlovchi nazorat natijalarni tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi
texnologik karta ko‘rinishidagi oquv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga
erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari,
balki auditoriyadan tashqri mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash:o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham oqitishning
natijalarini rejali tarzda kuzatib boorish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari
yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
― Kimyoviy mikrobiologiya‖ fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha
taqsimlanishi:
t/r
MAVZUNING NOMI
Jami
soat
Ma‘-
ruza
Amaliy
mash-
g‘ulot
Mus-
taqil
ta‘lim
1
Мikrobiologiyasi хaqida tushuncha va rivojlanish tarixi.
Umumiy bakteriologiya: bakteriyalar klassifikasiya
morfologiyasi
va
tuzilishi..
Mikrobiologiya
laboratoriyasining tuzilishi va uning jixozlari. Surtma
tayyorlash.
8
2
2
4
2
Prokariotlar va eukariotlar. Bakteriyalarning struktura
tuzilishi. Xujayralarning katta kichik molekulalari
Mikroorganizmlarning
morfologiyasi.
Mikroorganizmlarni
tirik
va
o‗ldirilgan
holda
tekshirish. Bo‗yash usullari.
8
2
2
4
3
Xujayra devori va bakteriyalarning tuzilishi farqlari
Prokariot va eukariot mikroorganizmlar. Katta kichik
molekulalar. Bakteriyalar struktura tuzilish va gram
manfiy va gram musbat bakteriyalarni farqlash.
8
2
2
4
4
Bakteriyaning doimiy bo‗lmagan kiritmalari va
ularning
bakteriyalardagi
xususiyatlari.
Bakteriyalarning nafas olishi. Sterilitsaziya va uning
usullari. Aseptika, antiseptika, Dezinfeksiya va uning
turlari.
Ozuqa
muhitlari
klassifikatsiyasi,
ularni
8
2
2
4
7
tayyorlash usullari.
5
Mikroorganizmlarning
o‗sishi
va
ko‗payishi.
Mikroorganizmlarni sof kulturasi, ularni ajratib olish
usullari va bosqichlari.
4
2
2
6
Umumiy
virusologiya:
tuzilishi,
klassifikasiyasi,
reproduksiyasi. Bakterofaglar.
8
2
2
4
7
Mikroorganizmlarning
xayot
faoliyatida
ishlab
chiqaradigan moddalari. (pigmentlar, toksinlar,
aromatik moddalar, yorug‗lik energiyasi).
8
2
2
4
8
Dorivor o‗simliklar xom ashyosining mikroflorasi.
O‗simliklarda kasallik qo‗zg‗atuvchi mikroorganizmlar.
4
2
2
9
Mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan fermentlar.
Fermentlarni
biotexnologiyada
foydalanilishi
va
biotexnologik xususiyatlari.
8
2
2
4
10
Tabiatda
uglerod
va
azot
aylanishida
mikroorganizmlarning roli. Aerob va anaerob sharoitda
kletchatkani parchalovchi mikroblar.
8
2
2
4
11
Mikroorganizmlar ekologiyasi. Inson tana normal
mikroflorasi.
4
2
2
12
Biotexnologiya
ob`ektlari.E
coli,zamburug`larning
umumiy xususiyatlari.
8
2
2
4
13
Infeksiya haqida ta‘limot. Patogenlik va virulentlik.
O‗rganish usullari.
4
2
2
14
Yuqumli
kasalliklarda
kimyo
terapiyasining
ishlatilishi. Infeksiya va uning turlari. Yuqumli
kasalliklarni davrlari, mikrobioloigik tekshirish usul va
bosqichlari.
4
2
2
15
Immunitet, immunitet turlar.Organizmning infeksiyaga
qarshi ximoya mexanizmi
8
2
2
4
16
Mikroorganizmlar genetikasi.
Mikroorganizmdagi
uzgaruvchanlik
va
ulardan
tibbiyotda foydalanish
8
2
2
4
17
Vaksinalar
va
zardoblar.
Vaksinalar,
immunoglobulinlar, anatoksinlar olinishi va ishlatilishi
4
2
2
18
Ximoterapevtik preparatlar, ularning immun sistemaga
ta‘siri.
Antibiotiklar
olinishi
va
turlari.
biotexnologiyada ishlatilishi.
9
2
2
5
121 36
36
49
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Kimyoviy mikrobiologiya fanini o‗rganish davrida talabalar ishlab chiqarish jarayonida
kerakli bo‗ladigan kasb va profil fanlar uchun bilimi, mahorati amaliy faoliyati shakllanadi.
Talabalar kimyoviy mikrobiologiya fanidan olgan bilimlari bo‗yicha dori moddalarning
sterilligini aniqlash, kasallikni oldini olish uchun ishlatiladigan immunobiologik preparatlarni
ajratib ishlata bilish, dorivor o‗simliklarni antimikrob xossalarini o‗rganib, yangi dori
mahsulotlarini tayyorlashda olingan natijalarni qo‗llanilishi xaqida ma‘lumot oladilar.
Ma‘ruza mashg‘ulotlari
Мikrobiologiyasi хaqida tushuncha va rivojlanish tarixi. Umumiy bakteriologiya:
bakteriyalar klassifikasiya morfologiyasi va tuzilishi Kimyoviy mikrobiologiya fanining tarixi,
taraqqiyoti, davrlari mikrobiologiya fanining sanoat farmatsiya faoliyatidagi ahamiyati bilan
tanishtiriladi. Kimyoviy mikrobiologiya fanining boshqa fanlar bilan o‗zaro bog‗liqligi.
Mikroorganizmlar sistematikasi, nomenklaturasi tushuntirilib, har bir turkumga kiruvchi
8
mikroorganizmlarning morfologik xossalariga tasnif beriladi. Berdji tasnifi bo‗yicha
mikroorganizmlarni farqlari tushuntiriladi
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta‘lim, klaster, aqliy
xujum, o‘z-o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: (1. 1, 1. 2, 1. 3, 2. 4).
Prokariotlar va eukariotlar. Bakteriyalarning struktura tuzilishi. Xujayralarning katta
kichik molekulalari.
Mikroorganizmlar strukturasining asosiysi: sitoplazmatik membrana, hujayra devori, sporasi,
kapsulasi, sito-plazmasi va uning asosiy kiritmalariga e‘tibor qilinadi. Har birini funksiyasiga
tushuncha beriladi.
Bakteriya hujayrasi azot, uglerod, kislorod va vodorodlardan tashkil topganligi, ularni
miqdori to‗g‗risida ma‘lumot beriladi. Suvni miqdori, uni ahamiyati, vazifasi, quruq qoldiq,
lipidlar, oqsillar, fermentlar, nuklein kislota, uglevodlar va polisaxaridlar to‗g‗risida
tushuntiriladi va misollar keltiriladi
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta‘lim, klaster, aqliy
xujum, o‘z-o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: (1. 1, 1. 2, 1. 3., 2. 2).
Xujayra devori va bakteriyalarning tuzilishi farqlari
Mikrob hujayra tuzilish bilan farqlanmasdan xujayra devori tuzilishi bilan ham farqlanadi.
Hujayra devori tarkibiy qismi oqsil, uglevod va yog‗ miqdori bakteriyaning toksigenlik, anilin
bo‗yoqlariga ta‘sir, chidamlilik faoliyatini ta‘minlab beradi Qo‘llaniladigan ta‘lim
texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta‘lim, klaster, aqliy xujum, o‘z-o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: (1. 1, 1. 2, 1. 3., 2. 4).
Bakteriyaning doimiy bo‗lmagan kiritmalari va ularning bakteriyalardagi
xususiyatlari. Bakteriyalarning nafas olishi.
Doimiy kiritmalarga bakteriya kapsulalari, xivchin (fimbriya) kiprikchalar va sporalar kiradi.
Kiritmalar bakteriya xayotida ma‘lum vazifani bajaradi. Bakteriyalar ko‗payish, o‗sish
jarayonida nafas oladi. Turlariga qarab aerob, anaerob, fakultativ, mikroaerofillarga bo‗linadi
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta‘lim, klaster, aqliy
xujum, o‘z-o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: (1. 1, 1. 2, 1. 3., 2. 2).
Mikroorganizmlarning o‗sishi va ko‗payishi
Prokariot va eukariot mikroorganizmlarning hujayralari standart zich ozuqa muxitlarida
rivojlanishi stabil hamda spetsifikligi bilan ajralib turadi. YAngi hujayralar generatsiyasi vujudga
kelishi vaqtidan boshlab, barchalari aniq bir o‗sish jarayonidan o‗tadi. Ko‗payish bakteriyaning
sonini oshishi bilan kuzatiladi
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta‘lim, klaster, aqliy
xujum, o‘z-o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: (1. 1, 1. 2, 1. 3., 2. 5).
Viruslar umumiy xususiyati. Bakteriofaglar
Viruslarning o‗ziga xos xossalari, ularning rejasi, reproduksiyasi jarayonlari haqida ma‘lumot
berilib morfologik, biologik xossalari bayon etiladi. Viruslar genetikasida rekombinatsiya
jarayonlari yoritiladi. Viruslarning integrativ o‗zaro ta‘siri kulturalash indikatsiyasi
tushuntiriladi. Bakteriofaglar, ularning xossalari, bakteriya xujayralari bilan o‗zaro ta‘siri,
faglarning amaliyotda qo‗llanilishi bayon etiladi
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta‘lim, klaster, aqliy
xujum, blits, o‘z-o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: 1.1., 1.4., 1.5.,
9
Dostları ilə paylaş: |