Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


VII MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINING AMALIYOTGA TADBIQ ETISH



Yüklə 181,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix21.07.2022
ölçüsü181,63 Kb.
#62845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
BcWzy4M

VII MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINING AMALIYOTGA TADBIQ ETISH
(aprobatsiya)
Magistrlik dissertatsiyasi bitiruvchining nazariy bilimlari hamda hayotiy tajribasi,
amaliy mehnat faoliyatlari saboqlari asosida vujudga keladi. Bundan tashqari, bitiruvchi
magistrlik dissertatsiyasini yozishi va himoyaga tayyorlashi jarayonida nazariy fikr va
xulosalarni hayotga tadbiq etib borishi, ya’ni ilmiy-ommabop gazeta, jurnallarda
maqolalar e’lon qilishi yoki magistrlik dissertatsiyasi yechimlarini ishlab chiqarishga
tadbiq etib borishi lozim. Magistrlik dissertatsiyalari natijalarini matbuotda e’lon qilgan
yoki ishlab chiqarishga tadbiq eta olgan bitiruvchilar mehnati himoya vaqtida e’tiborga
olinadi.
Dissertatsiya ishi natijalari — hal etilagan muammolar, yangiliklar, takliflar,
uslubiy qo‘llanmalar, me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar qilish
takliflari va boshqalar, asosan, amaliyot o‘tgan va dissertatsiya ishi bajarilgan vazirlik,
idoralar, korxonalar, kompaniya, firmalar, kichik va o‘rta biznes tadbirkorlik
uyushmalari, assotsiatsiyalar va boshqalar tomonidan ko‘rib chiqilganligi, o‘z
faoliyatlariga tadbiq qilinganliklari yoki tadbiq qilishi uchun qabul qilganliklari, olingan
yoki olinishi ko‘zlangan samaradorlik natijalari, boshqa turdosh korxonalarda tadbiq
qilina olishi va boshqalar to‘g‘risida ma’lumotnoma yoki dalolatnomani rahbarlar
imzolari va muhrlar bilan tasdiqlangan holda aks ettirishi lozim.
Bu qo‘yilgan «talab» dissertatsiyani va uni bajargan tadqiqotini natijasini va
samarasini mavjudligidan dalolat beradi, ilmiy izlanigani oxirgi pog‘onaga yetkazishga
o‘rgatadi va dissertatsiya ishining dolzarbligi, ahamiyatliligi va amaliyot bilan
chambarchas bog‘liqligini yana bir bor isbotlaydi.
Amaliyot aprobatsiyasiga qo‘shimcha, yuqorida aytilganidek, chop qilingan
qo‘llanmalar, maqolalar, konferentsiyalardagi mavzular-ilmiy, nazariy va ommaviy
aprobatsiyadan o‘tgan dissertatsiya deb hisoblashga asos bo‘ladi.


11
Bunday
aprobatsiyalar
natijalari
nafaqat
dissertatsiya
ishini
salohiyatini
ko‘rsatadi, balki Davlat Attestatsiya Komissiyasida himoya qilishda katta mavqega ega
bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlanadi.

Yüklə 181,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin