99 O‘zbekiston Respublikasi “Byudjetkodeksi” 135-modda. O‘RQHT, 2014-y., 36-son, 452-modda
233
Tegishli ma’muriy-hududiy birliklar hududida shakllantiriladigan va yuqori
turuvchi byudjetga o‘tkaziladigan daromadlar ular qaysi ma’muriy-hududiy
birlikda shakllantirilgan bo‘lsa, o‘sha ma’muriy-hududiy birlik byudjetiga o‘tkazib
berilishi mumkin.O‘tkazib beriladigan daromadlarning umumiy hajmi:
–
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi
byudjetlarga - asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat
byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda;
–
Qoraqalpog‘iston
Respublikasining
respublika
byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan
tumanlar va shaharlar byudjetlariga - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga
tushumlari o‘tkazib beriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hamda ular
tomonidan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda tasdiqlanadi. Qoraqalpog‘iston
Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan
tumanlar va shaharlar byudjetlariga tushumlari o‘tkazib beriladigan xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan to‘lanadigan soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarning turlari ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq
boshqarmalari bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga o‘tkazib beriladigan
daromadlarning summasi tegishli quyi turuvchi byudjetga tushishi lozim bo‘lgan
daromadlar hisobga olingan holda belgilanadi. O‘tkazib beriladigan daromadlarni
o‘tkazish ular bo‘yicha haqiqatda tushgan tushumlar doirasida, biroq ularning
234
tasdiqlangan hajmidan ortiq bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi (11.4-
jadval)
100
.