Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Byudjet tizimini boshqarish obyektlari



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

Byudjet tizimini boshqarish obyektlari
– byudjet munosabatlari, 
byudjetning daromadlar bo‘yicha shakllanishi va xarajatlar bo‘yicha ijro etilishi, 
byudjetlararo munosabatlar va shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy pul munosabatlari; 
Byudjet tizimini boshqarish subyektlari
– byudjet munosabatlarini 
boshqarish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishda ishtirok etuvchi 
muayyan vakolatlarga ega bo‘lgan davlatning qonunchilik-ijroiya institutlari – 
boshqaruv organlari; 
Byudjet transferti
– byudjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita 
yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag‘lari; 
Byudjet xarajatlari tasnifi
– davlat byudjeti, davlat maqsadli va boshqa 
byudjetdan tashqari jamg‘armalar xarajatlarining mablag‘larning manbasi va 
byudjetlar darajasiga, hududiga, bajaradigan vazifasiga, xarajatlarning iqtisodiy 
mazmuniga va tashkiliy tegishliligiga ko‘ra guruh-lanishi; 
Byudjetdan mablag‘ ajratish – 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 
davlat byudjetidan byudjet tashkilotlariga hamda boshqa byudjet mablag‘lari 
oluvchilarga pul mablag‘larini ajratish; 
Byudjetlararo munosabatlar
– davlat byudjetida jamlangan pul 
mablag‘larining mamlakat ma’muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari o‘rtasida 
qayta taqsimlanishini o‘z ichiga oluvchi munosabatlar yig‘indisi; 
Byudjetlararo munosabatlar shakllari
davlat byudjeti mablag‘larini turli 
darajadagi byudjetlar o‘rtasida qayta taqsimlash shakllari; 


411 
Byudjetning daromadlar bo‘yicha ijro etilishi – 
daromadlarni davlat 
byudjetining yagona hisobraqamiga o‘tkazish va yozish, tasdiqlangan byudjetga 
muvofiq ravishda tartibga soluvchi daromadlarni taqsimlash, byudjetga ortiqcha 
to‘langan daromadlar summasini qaytarish, byudjet daromadlari hisobini yuritish 
va daromadlar to‘g‘risida hisobotni tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon; 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin