89
−
fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasida davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlarini ishlab chiqish, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta’minlash,
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan
uning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar, xususan pensiyalar hamda
boshqa tegishli to‘lovlarni tayinlash va o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha o‘rnatilgan
qoidalarning qo‘llanilishini muvofiqlashtirish hamda ularni nazorat qilish;
−
sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta munosabatlari barcha qatnashchilarining
huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan
faoliyatini nazorat qilish, buxgalterlik hisobi va hisobotining yagona
metodologiyasini shakllantirish va amalga oshirish, auditorlik faoliyatini tartibga
solish, mamlakatning moliya bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini
amalga oshirishda ishtirok etish;
−
davlat moliya siyosati sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimini tashkil etish, Moliya vazirligi, uning markaziy apparati
hamda tarkibiy bo‘linmalarining ish
shakllarini
va usullarini tubdan
takomillashtirish, moliya organlari faoliyatida byurokratizm va sansalorlik
hollariga yo‘l qo‘ymaslik, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya
etilishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida
e’tibor qaratish, zimmaga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi
uchun moliya organlari xodimlarining mas’uliyatini oshirish.
Yuqorida nomi keltirilgan Prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi to‘g‘risidagi Nizom, Moliya vazirligi va vazirlik markaziy
apparatining
tashkiliy
tuzilmasi,
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
Moliya
vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh
boshqarmalarining, shahar hokimliklari moliya bo‘limlarining, tuman va shaharlar
hokimliklari moliya bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari ham tasdiqlandi.
Dostları ilə paylaş: