117
shaxslarning daromadi(foydasi)dan, jismoniy shaxslar daromadidan olingan
soliqlar respublika byudjetiga tushadi.
Umumdavlat soliqlarining
muhim xususiyati shundaki, respublika
byudjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy byudjetlar daromadlilik darajasini
tartibga solib turish maqsadida ajratmalar ajratilishi mumkin. Bordi-yu, ajratmalar
evaziga ham mahalliy byudjetlarning xarajatlari qoplanmasa,
u holda subvensiya
yoki dotatsiya beriladi. Agar kelgusi yilda mahalliy byudjetlarning o‘z manbalari
barqarorlashib, soliqlari hajmi ko‘payib borsa, respublika soliqlaridan ajratmalar
berishning zaruriyati bo‘lmaydi.
Mahalliy soliqlar
mahalliy hukumatlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra belgi-
lanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib beriladi. Mahalliy hukumatlar asosan
mehnatkashlarga yaqin bo‘lganligidan ijtimoiy masalalar – maorif, sog‘liqni saq-
lash,
madaniyat, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi.
Lekin odatda bu soliqlar va yig‘imlar ular byudjetlari xarajatlarining 30-40 foizini
qoplaydi, xolos. Mahalliy byudjetlar daromadlarini ko‘paytirish eng dolzarb
masalalardan biridir. Faqat o‘z daromad manbaiga to‘liq ega bo‘lgan mahalliy
hukumatgina o‘z faoliyatlarini to‘liq amalga oshirishi mumkin. Mahalliy soliqlar-
ning muhim
xususiyati shundaki, ular faqat shu hududning byudjetiga tushadi. Ular
hisobidan boshqa byudjetlarga ajratmalar berilmaydi.
Byudjet kodeksining IVbo‘limi “Byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari”
deb nomlanadi, uning 9-bobi50-“Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish” deb
nomlanadigan moddasida davlat byudjeti qanday daromadlar hisobidan
shakllantirilishi ko‘rsatilgan (8.7-rasm).
Byudjet
kodeksining
51-moddasida
O‘zbekiston Respublikasining
respublika byudjeti daromadlarini shakllantirish manbalari belgilab berilgan bo‘lib,
ular quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
1) umumdavlat soliqlari, shu jumladan:
-
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
-
yagona soliq to‘lovi;
118
-
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
-
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
-
aktsiz solig‘i;
-
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
Dostları ilə paylaş: