KIRISH
Mamlakatimizda 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va
texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. Bu o’z navbatida faol
tadbirkorlikni aynan innovatsion texnologiyalarga mos holda rivojlantirishga
hamda innovatsion g’oyalarga asoslangan holda olib borishlarini taqozo etadi.
Albatta bunday faoliyatni yo’lga qo’yish eng avvalo biznes sohasidagi zamonaviy
tadqiqotlarni olib borishni zaruriyatini tug’diradi. Ma’lumki, bugungi kunda biznes
faoliyati
bilan
shug’ullanayotganlar innovatsion taraqqiyotning global
o’zgarishlariga, jumladan, ijtimoiy, texnologik va iqtisodiy tarkibiy o’zgarishlariga
to’qnash kelmoqdalar. Bu o’z navbatida ular faoliyatida yangi va ko’plab
o’rganilmagan biznesning o’ziga xos qirralarni va jahon taraqqiyotidagi biznes
sohasidagi olib borayotgan tadqiqotlarni chuqur o’rganishni taqozo etmoqda.
Global o’zgarishlarga javoban iqtisodchi olimlar, yirik mutaxassislar va
amaliyotchi tadbirkorlar bunday tarkibiy o’zgarishlarga ta’sir etuvchi korxonani
yanada zamon talablariga mos ravishda mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarning
innovatsion usullarini topishga harakat qilmoqdalar. Erkin raqobat asosida milliy
iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli
to’xtovsiz ortib bormoqda.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish sharoitida
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni yaratish, jamiyatning
ijtimoiy barqarorligini asosi hisoblanuvchi o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish,
raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror iqtisodiy o’sishga erishishda muhim
omil bo’lib hisoblanadi. Respublikamizda iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish
o’rinlarini tashkil etish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va
farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga
alohida e’tibor qaratilmoqda.
Lekin bugungi kunda O’zbekistonda bu sohada hali ishga solinmagan juda
katta salohiyat va imkoniyatlar mavjud ekanini, dunyodagi taraqqiy topgan
7
davlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yalpi ichki mahsulot hajmida
etakchi va hal qiluvchi o’rinni egallayotganini inobatga oladigan bo’lsak, bu
yo’nalishda hali qiladigan ishlarimiz naqadar ko’pligi ayon bo’lib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasida 2018 yil “Faol tadbir-korlik, innovatsion g’oyalar va
texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili” e’lon qilinishi fikrimizning amaliy isboti
sifatida keltirib o’tish mumkin.
Mamlakatimizda tadbirkorlik jadal rivojlanib borayotgan bo’lsada, mazkur
sohani yanada rivojlantirish yo’llarini aniqlash va ustuvor yo’nalishlarini belgilash
bo’yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda.
Mamlakatimiz uchun bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining tadbirkorlik faoliyati
masalalari yangilik emas. Respublikamiz uchun yangilik iqtisodiyotni bozor
qonunlari talablar asosida shakllantirib, ishlab chiqarishni erkin raqobat muhitida
olib borishdir. Tadbirkorlik iqtisodiyot sub’ektlarining mavjud iqtisodiy, tabiiy,
mehnat va intellektual salohiyatlarini oqilona sarflab, samaraliroq natijalarga
erishishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, u bozor munosabatlari rivojlanishi oxir-
oqibatida iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchga aylanadi.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
korxonalari muhim rol o’ynaydi. Bizning mamlakat ham bu ma’noda istisno emas,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish bugungi kunda
mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga olib chiqilgan. Bu respublikamizda
amaldagi me’yoriy huquqiy asoslarni mustahkamlash va ushbu sohada islohotlarni
jadallashtirish, zamonaviy talablariga javob beradigan iqtisodiy – huquqiy
asoslarni mustahkamlash iqtisodiyotning ushbu sektori uchun kreditlar va
imtiyozlar barqaror tizimini shakllantirish bo’yicha qabul qilingan choralarni
yaqqol namoyish etadi. Kichik biznes korxonalari faoliyatida marketing faoliyatini
qo’llashning eng muhim tomoni, korxonaning iste’molchilar bilan to’g’ridan-
to’g’ri muloqotda bo’lish zaruriyati va imkoniyatidir. Shuning uchun ham kichik
biznes faoliyatida marketing funktsiyasi bozorni tashkil etishdan boshlab, sotuv
oldi va sotuvdan keyingi xizmatlarni tashkil etishgacha o’ziga xos xususiyatga ega
bo’ladi. Bu esa o’z navbatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxo-nalari
8
faoliyatida biznes faoliyatini tahlil etish usullarini takomillash-tirish va shu orqali
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulot
va
xizmatlarining
sifatini
oshirish,
raqobatbardoshligini ta’minlash muammolari juda muhim, dolzarb masalalardan
ekanligini anglatadi.
O’quv qo’llanma mazkur vazifalarni oz bo’lsada bajarishga qaratilgan
harakatlardandir. Chunki, unib kelayotgan yosh avlod kelajakda o’z sohasi
bo’yicha biznes faoliyatini olib borayotganda va iste’molchilar bozoriga masulot
ishlab chiqarish yoki xizmatning yangi turlarini yaratishda albatta biznesning
tadqiqot usullarini mukammal o’zlashtirishni zarur bo’ladi. Shuningdek, o’quv
qo’llanmani tanishish barobarida biznesni tadqiq etishni tashkil qilish, biznesni
tadqiq etish usullarini tanlash, biznesda raqobat ustunligini ta’minlash
kontseptsiyasi, biznes jarayonini tahlil qilishda axborot tizimlari, firmaning biznes
faoliyatini strategik rejalashtirish, raqobat bozorining jozibadorligini tahlil qilish va
talabni o’rganish, biznesda bozor kon’yunkturasini o’rganishning asosiy
yo’nalishlari, firmaning ichki va tashqi bozordagi biznes strategiyasini tanlashning
mamlakatimiz va xorij adabiyotlaridan foydalanilgan amaliy, taxliliy, qiyosiy taxlil
jihatlariga duch keladi. Bu o’z navbatida talabada biznesning hali ochilmagan
qirralari yanada mukammal o’zlashtirishga hamda biznes faoliyatini olib borishda
zarur bo’ladigan vazifalar ijrosini amalda mustaqil qo’llashga zamin yaratadi.
|