12
Bu borada, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki O’zbekiston banklari
assostiastiyasi bilan birgalikda “Banklararo to’lov tizimi va bank hisobvaraqlarini
masofadan boshqarish tizimlari masalalari bo’yicha tijorat banklarining
mutaxassislari uchun maxsus seminarlar dasturi” ishlab chiqildi. Mazkur dasturga
muvofiq, amaliy seminarlar doimiy ravishda har oyda bir marta o’tkazilmoqda.
Shuningdek, hududlarda to’lov tizimini samarali tashkil etish va
zamonaviy bank xizmatlari mavzularida kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini
jalb qilgan holda amaliy seminar va davra suhbatlari doimiy ravishda tashkil
etilgan. Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan “2011-2015 yillarda
O’zbekiston Respublikasi bank tizimida Boshqaruv va ishlab chiqarish
jarayonlarini avtomatlashtirish bo’yicha axborot tizimlarini joriy etish hamda
interaktiv xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yish Konstepstiyasi” ishlab chiqilib
tasdiqlangan.
Mazkur konstepstiyaga muvofiq, bank mijozlarining, jumladan aholi
turmush darajasini o’stirishga imkon yaratuvchi axborot almashuv tizimlarini
rivojlantirish va takomillashtirish bank tizimi tomonidan ko’rsatiladigan interaktiv
xizmat turlarini kengaytirish asosiy vazifa etib belgilandi. Bu borada quyidagi
masalalarni amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi:
chakana savdo va pullik xizmat ko’rsatish shoxobchalarida o’rnatilgan
to’lov terminallari orqali “VISA” yoki “DUET” tizimida muomalaga
chiqarilgan bank plastik kartochkalaridan qat’iy nazar, ular orqali uzluksiz
to’lovlarni qabul qilish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni joriy etish;
to’lov terminallarining savdo kartalarini savdo va pullik xizmatlar ko’rsatish
shoxobchalari
joylashgan
joyning
o’zida inkassastiya qilinishini
ta’minlovchi dasturiy ta’minotni yaratish;
yagona umumrespublika prostessing markazi tomonidan banklararo plastik
kartochkalar orqali amalga oshirilgan to’lovlarni bir bank ish kunidan
kechiktirmagan holda banklardagi tegishli hisobvaraqlarda aks ettirilishini
ta’minlash;bank plastik kartochkalaridagi mablag’lar butligini ta’minlash
maqsadida yo’qotilgan kartochkalarni «on-line» tizimini joriy etish orqali
13
zudlik bilan blokirovka qilinishini ta’minlash yuzasidan zarur choralarni
ko’rish;
internet tarmog’i orqali elektron tijorat doirasida amalga oshirilgan
operastiyalar bo’yicha hisob-kitoblarni bank kartalari yordamida bajarish
imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni joriy etish.
Yuqorida keltirilgan va belgilab olingan masalalar bosqichma bosqich
amalga oshirilib kelinmoqda. Xozirgi kunda zamonaviy kompyuter texnologiyalari
harbir baquvvat investorga Internet orqali yirik fond bozorlari faoliyatida ishtirok
etish imkoniyatini yaratmoqda.
2001-yil 23 Mayda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
“2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish,
“Internet”ning xalqaro axborot tizimiga keng kirib borishini ta’minlash dasturini
ishlab chiqishni tashkil etish chora tadbirlari” to’g’risida qaror qabul qildi.Unda
zamonaviy axborat texnologiyalarini iqtisodiyot, Fan va ta’limning barcha
sohalariga keng joriy etish, xalqaro axbroat tizimlariga, shu jumladan, Internetga
kirib borishni kengaytirish, yuqori maklakali dasturchi-mutaxassislar tayyorlash
darajasini oshirish maqsadida markaz tashkil qilish ta’kidlab o’tildi.Ushbu qarorga
asosan, fond bozorida Internet tarmog’ini rivojlantirish, kuchli mutaxassislarni jalb
qilish va oldi-sotdi operastiyalarini amalga oshirish, birinchi galdagi vazifa qilib
qo’yilgan. Xozirgi kunda mamlakatimiz bank tizimida qator yangi va zamonaviy
tusdagi xizmatlari shakillanib, kundan-kunga rivojlanib kelmoqda. Respublikamiz
Tijorat banklarida xozirgi kunda internet orqali mijoz bilan bevosita bank
urtasidagi xizmatlar shakillanganligini xar birimiz guvohi bo’lib kelmoqdamiz.
Ushbu xizmat turlaridan Internet-banking, Mobil-banking xamda SMS-Banking
xizmatlarini sanab o’tishimiz mumkin.
Tijorat banklari o’z faoliyatlari davomida turli xizmatlarni bajaradilar.
Bankning xizmatlari tarkibida asosiy o’rinni ularning kredit berish xizmatlari
egallaydi. Shuni ta’kidlab o’tish mumkinki, bozor munosabatlari sharoitida
Markaziy bank tijorat banklarining likvidlik darajasi yuqori o’rganilgan talab
14
darajasida bo’lishini nazorat qiladi, ammo xizmatlarning daromadliligiga ham
e’tibor berish zarur.
Tijorat banklari xizmatlarini ularning iqtisodiy mazmuniga va ko’zlangan
maqsadga ko’ra ikki yirik guruhga bo’lish mumkin:
1. Ma’lum darajada bankning likvidliligini saqlab turish uchun
bajariladigan xizmatlar.
2. Daromad olish maqsadida bajariladigan xizmatlar.
Ushbu ikki xizmatlar guruhi o’rtasida ma’lum nisbat mavjud bo’lib, u bank
faoliyatini sifat jihatdan ma’lum darajada ta’minlab turish imkonini beradi. Bank
likvidligini ta’minlash maqsadida bajariladigan xizmatlarning ba’zi birlari bankka
daromad keltirsada, ular mavjudligining sababi bank umumiy likvidligini ma’lum
darajada ushlab turishdan iboratdir.
Bugungi kunda Respublikamiz tijorat banklari tomonidan mijozlarga 50
dan ortiq bank xizmat turlari taklif etilgan. Banklarimiz taklif etilayotgan xizmatlar
bo’yicha to’lovlar miqdorini ham belgilab berishgan va ular xilma-xildir.
Bank xizmatlari bozori – mijozlar talabini qondirishga qaratilgan bank
xizmati talabi va taklifining shakllanish sohasi. Bank xizmatlari bozorini
mijozlarni yuridik maqomi jihatidan 2 ga bo’lishi mumkin (3-rasm.)
Dostları ilə paylaş: