Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi
Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
“Tasdiqlayman ”
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
o’quv ishlari bo’yicha prorektor
professor O.R. Teshayev__________________
“____”_________________2010 yil
|
Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot
uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan
№ 69 Mavzu: Revmatoid artrid belgiilari.
Artrozlar haqida tushuncha
-
T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan
“____”_____________2010 yil
|
2010-2011 o’quv yili
№ 69 Mavzu: Revmatoid artrid belgiilari.
Artrozlar haqida tushuncha
1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya,palatalar, revmatologiya bo’limi.
2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.
3. Maqsadi va vazifalari.
Biriktiruvchi tukimaning sistemali kasalliklarida bemorlarni tekshirish xakida tushuncha berish.
Revmatoidli artrit diagnostikasi bilan tanishtirish.
Tarbiviy maksadi: talabalarni shu sistemadagi kasallik bilan kasallangan bemorlar bilan tў?ri
mulokotda bulish va diagnostika bilan tanishtirishga karatilgan.
Vazifasi:
a) Talabalarni biriktiruvchi tukimasining sistemali jarayonlarida bemorlarni tekshirish usullari
bilan tanishtirish.
b) Ularga revmatoidli artrit diagnostikasi xakida tushuncha berish.
v) Shu sistemadagi kasallangan bemorlar bilan mulokotda bulish va diagnostika xakida tushuncha
berish va urgatish.
s) Shu sistemadagi bemorlarni tekshirish usullarining xozirgi zamon tartibi tugrisida tushuncha
berish.
4. Motivasiya.
Biriktiruvchi tukimaning sistemali jarayonlarida bemorlarni tekshirishni va
revmatoid artritda talabalarga tugri diagnoz kuyishni urgatish.
5.Boshka fanlar bilan boglikligi: Asos bilimlar sifatida anatomiya -(biriktiruvchi tukimani
a'zolardagi urni), fiziologiya- (biriktiruvchi tukimani a'zolar funksiyasidagi axamiyati), patalogik
anatomiya -(biriktiruvchi tukimani patomorfologiyasi) fanlari bilan boglik, olingan bilimlar
patalogik fiziologiya, mikrobiologiya- (mikroorganizmlar bilan kasalliklarning bog'liqligi) kabi fanlar bilan
uzaro bo?lik.
5. Fanlararo bogliqlik.
Vertikal integracia
Gorizontal integracia
6. Darsning mazmuni.
6.1 Nazariy qism
Biriktiruvchi tukima va bugim kasalliklari keng tarkalgan va xilma - xil xususiyatga ega bulib,
ularga biriktiruvchi tukimasining shikastlanishi sabab buladi. shuni nazarda tutish kerakki, suyak
bugim, muskul biriktiruvchi tukima sistemasining shikastlanishidagi klinik belgilar birlamchi
kasallik xisobiga rivojlansa, boshka xollarda esa ular ikilamchi, ya'ni boshka kasalliklar xisobiga
kelib chikadi. Umumiy biriktiruvchi tukimasining diffuz kasalliklarini kuydagi turtta katta gurux
kasalliklari: shol (revmatik artrit), kizil buricha, sklerodermiya, dermatomiozit tashkil kiladi.
Patogenezi jixatidan revmatizm kasalligi xam shu kasalliklarga yakin turadi.
Organizmdagi immun va autoimmun uzgarishlar (buzilishlar) bu kasalliklar rivojlanishida asosiy
urin tutadi.
Umumiy tekshirish usullari:
Surab - surishtirish.
Bemorlarni shikoyatlari: bemorlar vrachga turlicha shikoyat kiladilar. Kupincha ular bugimlardagi,
umurtkalar yoki muskullardagi ogrikdan, ertalab urindan turayotganda xarakat karaxtligidan,
muskullar xolsizligidan,ba'zan xarorat kutarilishidan shikoyat kiladilar.
Kul va oyok panja bugimlarining simmetrik shikastlanishi va ularni xarakat kilganda ogrishi sholga
xos alomat xisoblanadi. Ammo bu vaktda katta bugimlar xam (tirsak, tizza, yelka va xokazo)
shikastlanishi mumkin. Kupincha ogrik kechasi, nam xavoda va sovukda kuchayadi. Shol kasalligiga xos
alomatlardan yana biri ertalab xarakatning chegaralanganligi, tomir tortishishi, buralib ketishi,
kechga borib esa ancha erkin xarakat kilish xisoblanadi.
Kasallik rivojlanib borgan bugimlar oraligidagi tirkish yukolib, bugimlar kiyshayadi (ankiloz) va
ularni xarakati keskin chegaralanadi. Revmatizm va kiyshaytiruvchi artrozlarga xos belgilardan
biri katta bugimlarning nosimmetrik shikastlanishi xisoblanadi.
Bod (revmatizm) - poliartritga xos belgilardan biri katta bugimlardagi ogrikning bir bugimdan
ikkinchi bugimga kuchib yurishi va xuruj yukolgandan sung bugimlarda xech kanday asorat kolmasligi
xisoblanadi.
Spondiloartrozda (Bexterev kasalligida) ogrik asosan umurtka pogonasida va kuymich bugimi
oraligida paydo buladi. u kupincha bir xil vaziyatda yotganda tunda paydo buladi. panjalardagi,
ayniksa oyok panjasining kata barmogida paydo buluvchi keskin ogrik xuruji purin almashinuvi
buzilganda - podagra kasalligida namoyon buladi.
Shunday kilib, bemor bugimdagi ogrikdan va xarakat buzilishidan shikoyat kilganda sinchkovlik bilan
ogrik xususiyatini (jadalligi, joylashishi, davomiyligi va xokazo) aniklash kerak. Muskullardagi
ogriklar xam xar xil bulishi mumkin. Bitta yoki bir gurux muskullarda ogrik paydo bulishi va ular xar
xil davomiylikda va jadallikda bulishi mumkin. Muskul ogriklari sovuk oldirgandan sung, boldir
muskullarida esa kupincha arteriyalar yopilib kolganda, tomirlar aterosklerozida rivojlanadi.
Almashinuvchi oksoklikda xarakatdan tuxtaganda ogrik xam yukoladi.
Ba'zan muskul ogriklari ayrim infeksiyalar (tirixinellez, sistiserkoz), miozitlar (muskullar
yaliglanganda) natijasida, sovuk, issik, vibrasiya natijasida paydo bulishi mumkin. Bu vaktda
ogrikning joylashishi, jadalligi, xusisiyati, davomiyligini aniklash muxim. Muskul bushashishi fakat
uzok vakt xarakatsiz yotgan bemorlarda bulmay, balki ayrim asab kasalliklarida xam namoyon buladi
(miotoniya, miosteniya, rivojlanib boruvchi muskul distrofiyasi va xokazo). Ba'zan muskul
xarakatining susayishi (parez) yoki musukullarning butunlay xarakatlana olmasligi (falajlik)
muskul boshkarilishi buzilganda namoyon buladi. bu xolatlarni tekshirish asab kasalliklari
kafedrasida urgatiladi.
Ayrim xollarda bemorlar kul panjalarining sovkotib okarib ketishidan shikoyat kiladilar. Bu ruxiy
xayajon ta'sirida kelib chikadi va unga ogrik, terining xarakatini sezish xususiyati pasayishi
kuyiladi. Xurujdan sung sezuvchanlik ortib (gipersteziya) ketadi. Bu xuruj Reyno sindromiga xos
bulib, sklerodermiya kasalligining birinchi belgisi bulishi mumkin.
Kasallikning rivojlanish tarixi.
Suyak - bugim kasalliklari kupincha asta - sekin, belgilarsiz rivojlanib boradi. Kasallikning utkir,
shiddatli boshlanishi revmatizm, shol kasalligining ayrim turlarida, infeksion artritlarda
kuzatiladi. Muskullarning utkir shikastlanishi miozitlarda, utkir falajlarda kuzatiladi. Shuning
uchun kasallikning boshlanishi va uning kechishini aniklash zarur.
Kuzdan kechirish: ayrim vaktlarda bir karashda fakat kasalning umumiy xolatini emas, balki
kasallning tashxisini xam aniklash mumkin. Masalan, kizil buricha yonok ravoklariga va burun usti
kismlariga kapalaksimon eritematoz (kizil) toshmalar toshgan bulishi mumkin yoki shol kasalligida
mayda bugimlar kiyshayib (ankiloz) uning ustidagi muskullar kichrayib kolgan (atrofiya) bulishi
mumkin. Kuzdan kechirgan vaktda bemorning turishiga, yurishiga axamiyat berish kerak. Kukrak kafasi
kifozida (oldinga burtib chikish) va bel soxasining silliklangan lardozida umurtka xarakati
chegaralanishi tufayli bemor oldinga egilib yuradi. Bu vaziyat kiyshaytiruvchi spondiloartrit
(Bexterov kasalligi) tashxisini kuyishga asos buladi. Umurtka bugimlarining shikastlanishi,
muskullarning utkir yaliglanishi (miozitlar) bemor xarakatlarining chegaralanishiga, ogrik tufayli
butunlay xarakat kilolmaslikka olib keladi. Oyok va kul panjalari mayda bugimlarning keskin
kiyshayishi shol kasalligiga xos alomat xisoblanadi. Yosh ayollarda barmoklar oxirgi bugimlarining
kiyshayib kichrayishi, ular ustidagi terining sklerozga uchrashi, ogir xollarda esa nekroz vujudga
kelish sistemali sklerodermiya tashxisi kuyishga asos buladi. Ba'zan muskullarda (kupincha yiguvchi)
kontraktura rivojlanishini kurish mumkin.
Kuzdan kechirganda bemorning yurishiga e'tibor berish kerak. U tashxis kuyish uchun kimmatli ma'lumot
berishi mumkin. Falajlikdagi yurish - gemiplegiyada yoki paretik yurishda bemor xuddi oyogi polga
yopishib kolayotgandek sekin xarakat kiladi.
Paypaslash:
Paypaslash orkali terining kurib kolganligini, uning atrofiyasini xamda muskullarning
kattiklashganligini (sistemali sklerodermiyada va dermatomiozitda) aniklashimiz mumkin. Reyno
sindromida panjalar, ayniksa uning oxirigi bugimlari xarorati sog odamlarnikiga nisbatan
sovukrok bulishini aniklash mumkin.
Bugimlarni paypaslash ularni yuzasi va atrofi kizarganligini xamda kiyshayganligini aniklashga
imkon beradi. Ularning ogrikliligi va kiyshayishi aniklanadi. Bundan tashkari, jarayonning
atrofidagi tukimalarga utgan - utmaganligini xam aniklashimiz mumkin. Limfa tugunlarining
kattalashishi kizil buricha, sklerodermiyada, dermatomiozitda kuzatiladi. Paypaslash yuli bilan
bugimlarning sust xarakatini aniklash mumkin. Shol kasalligida paypaslaganda ogrikdan tashkari,
teri ostida shol tugunlari kulga unnaydi, ular suyaklar buylab joylashgan, xarakatchan va kattaligi 0,5
sm dan 2 sm gacha bulishi mumkin.
Laboratoriya va asbob- uskunalar yordamida tekshirish usullari.
Biriktiruvchi tukima va bugim kasalliklari kon zardobidagi uglevod va oksil komponentlaridan
xosil bulgan glikoproteidlar (glikoprotein) mikdoriy va sifat uzgarishlariga olib keladi.
Glikoproteidlarga ayrim fermentlar, gormonlar xamda immunoglobulinlar kiradi.
Glikoproteidlar kimyoviy va elektroforez usulida aniklanadi. Soglom odamlarda
glikoproteidlarning oksil fraksiyalari kuyidagi (%) mikdorda buladi:
albumin - 10,4-16,6%;
α1 -globulin - 14,2-18,3%;
α2 -globulin - 24,8-32,8%;
β -globulin - 21,7-25%;
γ - globulin - 16,0-19,2%.
Globulin fraksiyalarining kon zardobida ortishi patologik jarayon faollashganidan dalolat beradi.
Kizil burichada konda, ilik punktatida, ekssudatlarda volchanka omili (LE - fenomeni, kizil
volchanka xujayrasi) topiladi. LE - xujayra neytrofil leykosit (fagosit) bulib, uning
sitoplazmasida bitta yoki bir nechta kizil binafsha rang tuzilma kurinadi (mikroskop ostida). LE -
xujayra 40-95% bemorlarda topiladi. Bundan tashkari, konda ?, ? - globulinlar mikdori ortadi.
Leykopeniya, trombositopeniya va siydik tarkibida oksillar, leykositlar, silindlar bulishi mumkin.
SOE ning 60-70 mm/soatgacha ortishi kuzatiladi. Kumbe va DFA sinamalari musbat buladi. terining
uzgargan joyidan punktat olib tekshirish tashxis kuyishga yordam beradi.
Keyingi vaktda xujayra yadrosiga, dezoksiribonukleotidga va DNK ga nisbatan antitelolarni
aniklash katta tashxisiy axamiyatga ega ekanligi aniklandi. Bu tekshirish immunoflyuoressensiya
uslubida utkaziladi. Biriktiruvchi tukimaning boshka kasalliklarida ?, ? - globulinlar mikdorining
oshishi (sklerodermiyada) kuzatiladi. Dermatomiozitda kamkonlik, leykositoz, eozinofiliya, konda
aminotransferazalar faolligi oshishi, siydikda kreatinuriya bulishi kuzatiladi.
Konda lateks - test va Valler - Doze sinamalari bilan revmatoid omilning aniklanishi shol kasalligi
uchun xos xisoblanadi. Biriktiruvchi tukima kasalliklarida konda immunologik kursatkichlarning
siljishi antistreptogialuronidaza, antistreptokinaza, antistreptolizin antitelolarining juda
katta titrlarda ortishi, ayniksa infeksiya uchogi bulmaganda, juda katta axamiyatga ega. Bu gurux
kasalliklarida tukimalarni biopsiya kilib tekshirish muxim tashxisiy axamiyatga ega. Masalan, kizil
burichada buyrakni biopsiya kilib gemotoksilin tanasini va "simli xalka" fenomenini aniklash
buricha nefriti uchun xos xisoblanadi yoki shol kasalligida amiloidoz turdagi ikkilamchi uzgarish
buyrakni yoki tugri ichak shillik kavatini biopsiya kilib tekshirilganda aniklanadi. Bundan tashkari,
teri va limfa tugunlarining biopsiyasi xam axamiyatga ega.
Rentgenologik tekshirish.
Rentgenologik tekshirish asosan suyak - bugim patologiyasini aniklashda katta axamiyatga ega.
Rentgenografiya simmetrik joylashgan bugimlardan 2 xil tasvirda bajariladi. Bunda biz
suyaklarning kiyshayib kolishini, uning kattiklashishini, bugimlardagi tirkishning kichrayishini yoki
yukolishini, suyakni bugimda joylashishi, uning chikishlarinin aniklaymiz. Ba'zi kasalliklarda
suyaklarning murt bulib kolishini aniklashimiz mumkin.
Biriktiruvchi tukima kasalliklarida ichki a'zolar xam shikastlanadi, yurak (endokardit, perikardit,
yurak nuksonlari), upka (zotiljam), buyrak (nefritlar) va boshka a'zolar.
Xulosa kilib aytganda, biriktiruvchi tukima va bugim kasalliklariga tashxis kuyish uchun bemorlarni
sinchkovlik bilan xar tomonlama tekshirish kerak.
Xususiy patologiya.
Shol kasalligi (Revmatoidli artrit).
Mayda bugimlarning sistemali kasalligi bulib, kupincha yosh va urta yoshdagi ayollar kasallanadi.
Kasallik etiologiyasi va patogenezi xam tulik aniklanmagan. Surunkali infeksiyalarga va nisbiy
moyillikka axamiyat berish zarur. Shol kasalligida konda konuniy ravishda "revmatoid omil" xamda
DNK, kollagen va konning shakliy elementlariga antitelolar topiladi.
Kasallikning boshlanishida bugim yaliglanadi, keyinchalik unga togay tukimasi va bugim atrofidagi
tukimalar tortiladi. Ularda fibroz-skleroz uzgarishlar yuzaga keladi va oxirigi davrida
bugimlarning chikishi xamda ularning keskin kiyshayishi, ankilozlar aniklanadi. Shu bilan birga
biriktiruvchi tukimaning dezorganizasiyasi kuzatilib, ichki a'zo tomirlarida uzgarishlar ruy
beradi.
Klinik kurinishi.
Kasallikning uziga xos belgilaridan biri poliartralgiya, simmetrik joylashgan mayda bugimlarning
shikastlanishi, xarakatning chegaralanishi, rivojlanib boruvchi bugimlar kiyshayishi (defarmasiyasi).
Bemorlar bugimlaridagi ogrikdan, ayniksa ertalab ogrik zurayishidan, bugimlarni xarakatga
keltirish kiyinligidan shikoyat kiladilar. Bundan tashkari ular umumiy xolsizlikdan, xarorat
kutarilishidan, loxaslik, ishtaxa pasayishidan shikoyat kiladilar.
Kuzdan kechirganda.
Agar kasallik ancha rivojlangan bulsa, mayda bugimlarning kiyshayishi - ankiloz kuzga tashlanadi.
Shunisi dikkatga sazovorki, xamma bugimlar tashki tomonga kiyshayib xuddi morj suzgichiga uxshab
koladi. Bugimlardagi yiguvchi muskullar kotrakturasi kuzgaladiyu bir vaktning uzida ularda
paypaslash orkali faol va sust xarakatlar kay darajada chegaralanganligi, ogrish - ogrimasligi
aniklanadi. Panjalarning bu kasallikka xos uzgarishi uni "vizit kartasi" deyishga imkon beradi.
Paypaslash yuli bilan bugimlar atrofidagi muskullarning (atrofiyasi) kichrayishi aniklanadi.
Kupincha tirsak bugimlari yakinida, tirsak suyagi ustida, teri osti yog kavatida diametri 0,5 - 1,5 sm
gacha bulgan xarakatchan, atrofidagi tukimalarga yopishmagan tugun - "revmatoid omil" aniklanadi. 80%
xolda shol kasalligining bugim turi uchraydi. Laboratoriya tekshiruvlari xar xil darajadagi SOE
tezlashishini (50 - 60 mm soat) aniklaydi; normoxrom kamkonlik, noxos bioximik testlar musbat buladi.
konda "shol omili" topilishi kasallikka xos laboratoriya testi bulib xisoblanadi.
Bugimlarni rentganologik tekshirganda suyak epifizining torayishi, ugimlarning yarim yoki tulik
chikib ketishi, bugimlarning keskin deformasiyasi va bugim tirkishlarining tulik bitib ketishi
(artrozlar) aniklanadi.
Kechishi.
Rivojlanib boruvchi, surunkali. Kupchilik bemorlarda zurayish davri tuzalish davri bilan
almashinib turadi. Bemorlar asosan ichki a'zolar shikastlanishidan va ularning yetishmovchiligidan
xalok buladilar.
1. Namoyish kilinadigan materiallar:
a) Bemorlar va ularning kasallik bayoni.
b) Biriktiruvchi tukima sistemasi kasallikalri va revmatoid artrit kasalligi buyicha adabiyotlar.
v) Shu kasalliklar buyicha videotasma. Rentgen suratlar, tablisalar.
2. Xulosa:
Ma'ruzaning mazmunidan ma'lum buladiki, biriktiruvchi tukima va bugim kasalliklariga tashxis
kuyish uchun, bemorlarni sinchkovlik bilan xar tomonlama tekshirish utkazilishi lozim, sinchkovlik
bilan tkshirish utkazilmasa bemorlarga tashxis kuyish kiyin.
6.2.Analitik qism.
6.3 Amaliy qism.
Mashg’ulotning bu qismi uning yo’naltirilganlig i zaruratini asoslash,tibbiy anjomlar bilan ishlash,tibbiy xujjatlar yuritish,bemor bilan m u loqat, maslaxat, a m al i y ko’nikmalar va malakalarni egallash nuqtai nazaridan izoxlanadi.
7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.
Interaktiv usul:
8. Joriy nazoratni baxolash mezoni
№
|
O’zlashtirish (%)va ballarda
|
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
1.
|
86-100
|
A’lo «5»
|
|
2.
|
71-85
|
Yaxshi «4»
|
|
3.
|
55-70
|
Qoniqarli «3»
|
|
4.
|
0- 54
|
Qoniqarsiz «2»
|
|
9. Joriy nazoratni baxolash mezoni
|
Mashgulot bosqichlari
|
Mashgulot ko’rinishi
|
Davomiyligi
|
1.
|
O’qituvchining kirish so’zi
|
|
5 min
|
2.
|
Mavzuning o’rgatilishi
slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash
|
Surov va tushuntirish
|
25 min
|
3.
|
Mavzu yakuni
|
|
5 min
|
4.
|
O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.
|
Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at
|
25 min
|
5.
|
Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.
|
Ogzaki surov,
testlar, vaziyatli
masalalar,
diskussiya.
|
20 min
|
6.
|
|
|
10 min
|
10. Tekshiruv savollari.
a) Biriktiruvchi tukima va bugim kasalliklarini tekshirishda kaysi usullardan foydalaniladi?
b) Revmatoidli artrit kanday kasallik?
v) Revmatoid artritni kuzdan kechirganda kuprok kaysi bugimlarda uzgarishlar kuzatiladi?
11.Foydalanilgan adabiyotlar:
Asosiy:
1. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" Kasimov E.Y., 1996 yil
2.”Ichki kasalliklar propidevtikasi” kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.
3. Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dovgyallo.O.G. va b.sh.,1986-y.
4. Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.
5. ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.
6. Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.
7.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.
Qo’shimcha:
1."Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.
Dostları ilə paylaş: |