34
4-rasm 5-rasm
Bu darchadan foydalanib, strelkaning turlari, kattaligi, markaz o‘rnining belgisi o‘lchami,
yoy uzunligining ramziy belgisi va siniq radiusli o‘lchamning burchaklarini chizma o‘lchamlaridan
kelib chiqqan holda o‘zgartirish mumkin. Bunda, darchada taklif etilgan o‘lchamlarni
o‘zgartirmagan holda chizmada kuzatib ko‘ramiz va o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan kattaliklarga
o‘zgartirish kiritiladi.
Endi, bu darchadagi «Tekst» vkladka-qo‘yilmasi yuklanib, «Vыsota Teksta» va «Otstup ot
razmernoy linii» yacheykalariga, matndagi shrift balandligi va harf, hamda raqamlar bilan o‘lcham
chiziqlari orasidagi masofalar kiritiladi. Bu kattaliklar chizma o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda
qo‘yiladi. Masalan, kichik o‘lchamli chizmalarda bu qiymatlar tegishlicha 5 yoki 7 va 2 yoki 3
bo‘ladi. Agar, o‘lchamlar katta bo‘lsa tegishlicha 100, 120 va 50, 60 ham bo‘lishi mumkin.
«Orientatsiya teksta»-matnni tekislashdagi «Standart ISO» tugmasi yuklanib, so‘ngra «OK»
tugmasi yuklanadi, 6-rasm.
6-rasm
7-rasm
Shunda ekranda, dastlabki «Диспетчер размерных стилей» darchasi paydo bo‘ladi va
undagi «Закрыть» tugmasi yuklanib chizmaga qaytiladi:
3. O‘lcham qiymatlarini va chizmadagi yozuvlarni DST (GOST)ga muvofiq yozilishi
uchun menyular qatoridagi «Format» menyusiga kiriladi va undagi «Tekstovыe stili» buyrug‘i
yuklanadi. Shunda, ekranda «Tekstovыe stili» darchasi paydo bo‘ladi, 55-rasm. Undagi «Stepen
rastyajeniya» va «Ugol naklona» yacheykalariga harf va raqamlar enining balandlikka nisbatan
koeffitsienti va ularni qatorlar asosiga og‘ish burchagi, vertikal chiziqqa nisbatan kiritiladi. Agar, bu
qiymatlar tegishlicha 0.6 va 15 bo‘lsa, yozuvlar 75
0
ga og‘gan holda standartga mos yozilish
holatiga o‘tib qoladi.
O‘lchamlar belgilangandan so‘ng, «Zakrыt» tugmasi bosiladi, «Tekstovыe stili» darchasi
yopiladi va o‘lchamlar qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichi yakunlanadi. So‘ngra, berilgan
chizmaga qaytib o‘lchamlar qo‘yishga kirishiladi.
Dostları ilə paylaş: