Tushuntirish xati


Topshiriq: “Qalb izhori”. Sizga talpinaman onajon!



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə51/67
tarix02.01.2022
ölçüsü1,6 Mb.
#46035
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67
8-sinf Sinf soati

Topshiriq: “Qalb izhori”. Sizga talpinaman onajon!

MMIBDO‘: ______________________

Sinf rahbar: ______________________

24-Mavzu: O`zbekistonning noyob tabiati ( Kimyo, fizika, biologiya fanlari oyligi doirasida)

Kun shiori: “O'zbekiston tabiati betakror”.



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ona tabiatga bo`lgan hurmatini oshirish, fan oylikda faol bo`lishga, fanlarga qiziqishni uyg`otish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Olam tabiati bilan go`zal”

O`qituvchi: O'zbekiston tabiati betakror. Bu erda o'simlik va hayvonotning juda ko'p noyob turlarini uchratish mumkin. Respublikada yirik tabiatni qo'riqlash proektlari amalga oshirilmoqda. Davlat qo'riqxonalari va mavsumiy himoya rejalari ishga tushirilgan.

O'zbek landshafti: O'zbekiston Respublikasi yer maydonining katta qismini pasttekisliklar egallaydi. Bularning eng kattasi Turon pasttekisligi (Turon tekisligi). Dengiz sathidan eng baland joy: Hisor tizmasi - balandligi 4643 m, dengiz sathidan eng past joy esa: Mingbuloq cho'kmasi - -12,8 m (Qizilqum cho'lida). O'zbekiston Respublikasi territoriyasida joylashgan Qizilqum - dunyodagi katta cho'llarning biri hisoblanadi.

Davlat shimoliy-sharqida - umumiy maydoni 4000 km

2 li Haydar-Arnasoy ko'llari tizmasida - chuchuk suvli Haydarko'l (3000km2) joylashgan.

O'zbekistonning noyob hayvonot va o'simlik dunyosi saqlangan landshaftlarida davlat qo'riqxonalari tashkil etilgan.

O'zbekiston yovvoyi tabiati: Tabiati qo'riqlanayotgan maydonlar zanjiri O'zbekiston Respublikasidagi biologik xilma-xillikni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasidagi tabiati saqlanayotgan joylar:

-umumiy maydoni 2164 km2 bo'lgan to'qqiz Davlat qo'riqxonalari;

-maydoni 6061 km2 bo'lgan ikki milliy park;

-maydoni 12186,5 km2 li to'qqizta mavsumiy qo'riqxonalar;

-hayvonlar nodir turlarini o'rganuvchi Respublika "Jayron" ekologik markazi.

Tabiati qo'riqlanayotgan maydonning umumiy hajmi 20520 km 2 bo'lib, respublika territoriyasining 5,2% iga teng.

O'zbekiston tekisliklaridagi o'simliklarning ko'pi cho'l giyohlari hisoblanadi. Tog'li rayonlardagi o'simliklar - dasht, o'rmon, tog' o'tloqlariga xos. O'zbekistonda o'simliklarning 3700 xili o'sayotgan bo'lib, ularning 20% i mahalliy o'simliklar dunyosiga xos. Hayvonot dunyosi ham xilma-xil. Tog'larda bug'uning turlari, arxar, ayiq, ilvirs hamda tog' echkilarining noyob turlari; cho'llarida jayron, sayg'oq, kemiruvchilar, kaltakesaklar, toshbaqalar, ilonlar; to'qay o'rmonlarda qamishzor mushugi, to'ng'iz, ohu, kiyik, turli qushlar yashashadi.

Daryo va ko'llari:Eng katta daryolari - Sirdaryo va Amudaryo.

Davlat qo'riqxonalari va tabiatni muhofaza etish. O'zbekiston tabiati hayvonot va o'simlik dunyosiga boy. Biologik turlarni saqlab qolishlikda tabiati muhofaza etilayotgan maydonlar muhim ahamiyatga ega. Bu yo'l bilan dasht va cho'llarni, tog' tizmalarini, o'rmonli joylarni inson etkazishi mumkin bo'lgan talofatdan saqlab qolinadi. Qo'riqxonalar mavjudligi evaziga yovvoyi o'simlik va hayvonlar o'zlariga xos tabiat qonunlari ostida bemalol tirikligini saqlab qolishadi.

O'zbekiston Respublikasida muhofaza etilayotgan maydonning umumiy hajmi 20520 km2 yoki butun mamlakat territoriyasining 5,2% i. Bulardan 2164 km2 i to'qqiz Davlat qo'riqxonasidir, 6061 km2 i - ikki milliy park, 12186,5 km2 i - to'qqizta mavsumiy qo'riqxonalar hamda bitta "Jayron" noyob hayvonot dunyosini tekshiruvchi Respublika ekologik markazi.

1. Chotqol biomaydon qo'riqxonasi;

2. Hisor Davlar qo'riqxonasi;

3. Nurota Davlat qo'riqxonasi;

4. Surxon Davlat qo'riqxonasi;

5. Baday-to'qoy Davlat qo'riqxonasi;

6. Zarafshon Davlat qo'riqxonasi;

7. Qizilqum davlat qo'riqxonasi;

8. Zomin davlat qo'riqxonasi;

9. Kitob Davlat qo'riqxonasi.

O'zbekiston cho'llari:

Cho'l - tekislikda joylashgan, bo'linib qolgan yoki osimlik dunyosi yo'q, o'ziga xos hayvonot dunyosi mavjud tabiiy maydondan iborat.

O'zbekiston territoriyasida ikkita cho'l mavjud. Ularning kattasi - Qizilqum va kichigi - Qoraqum.




Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin