Ozini ozi rivojlantirish kompetensiyasi doimiy ravishda oz-ozini jismoniy, manaviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil oqib-organish, kognitivlik konikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, oz xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish konikmalarini egallashni nazarda tutadi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi jamiyatda bolayotgan voqea, hodisa va jarayonlarga
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, ozining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bolish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga etiqodli bolish, badiiy va sanat asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va soglom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bolish hamda foydalanish kompetensiyasi aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni oqiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
SHuningdek, mazkur kompetensiyalar har bir tarbiyaviy soatning mazmunidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Umumtalim maktablarining 1-11-sinf oquvchilari uchun tuzilgan Tarbiyaviy soatlar uchun namunaviy mavzular rejasi mazmunan tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari va muhim tarixiy sanalar asosida tuzildi. Bundan tashqari mazkur rejada fan oyliklari davomida oquvchilar uchun tarbiyaviy dars soatlarini otishda nimalarga etibor berish kerakligi etiborga olingan.
Mazkur dastur va qollanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida Tarbiyaviy soatlarning mashgulot ishlanmalari tavsiya etiladi.
Tarbiyaviy soatlar rejasidagi 8 soatlik Yol harakati qoidalariga doir mavzular dasturi va dars ishlanmalari mazkur qollanmada aks ettirilmagan.
Umumta'lim maktablarining 5-sinf oquvchilari uchun ishlab chiqilgan Tarbiyaviy soat mashgulot ishlanmalarida mazmunan oquvchilarda tarbiyaviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, jismoniy tarbiya, shaxsiy gigiyena, ozodalik, kiyinish odobi, bola huquqlari, tabiatni asrash, iqtisodiy tarbiya, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish kabilar bilan bir qatorda yurtimizda otkaziladigan umumxalq bayramlari va muhim sanalarni nishonlashda nimalarga e'tibor berish lozimligi togrisida tavsiyalar berilgan.
Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:
Kun shiori:
Kirish;
Asosiy qism: hikoya, suhbat,maruza, guruhlarda ishlash;
Yakuniy qism.
Tarbiyaviy soatlarda foydalahish uchunmavzuga doir adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noananaviy tarzda tashkil etish mumkin.
(Izoh: Taqdim etilayotgan tarbiyaviy soatlar dasturiga Umumtalim maktablarining sinf rahbarlari metod kengashi qaroriga kora 15 % gacha ozgartirish kiritilishi mumkin.)