161.
Kitob sahifalarini nomerlash uchun 640 ta raqam ishlatildi. Sahifalarni nomerlash 3-
sahifadan 3 raqami bilan boshlangan bo’lsa, kitob necha sahifadan iborat?
162.
Soat 5 da osma soat 5 marta bong urdi. Agar 1- bongdan 5- bonggacha 28 sekund
o’tgan bo’lsa, soat 10 da 10 marta bong urishi uchun ( 1-bongdan 10- bonggacha ) qancha
vaqt ketadi?
163.
Soat 3 da osma soat 3 marta bong urdi. Agar 1- bongdan 3- bonggacha 10 sekund
o’tgan bo’lsa, soat 12 da 12 marta bong urishi uchun ( 1-bongdan 12- bonggacha ) qancha
vaqt ketadi?
164.
Jamshid ukasidan 5 yosh katta. Ukasi 7 yil avval 9 yoshda edi. Hozir Jamshid necha
yoshda?
165.
Lift 1-qavatdan 4-qavatga ko’tarilganda, 9 m masofani bosib o’tdi. 1-qavatdan 8-
qavatga ko’tarilganda lift necha metr masofani bosib o’tadi?
166.
Ali va Valida jami 20 ta daftar bor edi. Ali Valiga 2 ta daftar berganidan keyin, Ali va
Validagi daftarlar soni bir xil bo’lib qoldi. Dastlab Ali va Valida nechtadan daftar bo’lgan?
167.
Ota o’g’ildan 26 yosh katta. Agar 9 yildan so’ng, o’g’ilning yoshi otasining yoshidan 3
marta kichik bo’lsa, ota va o’g’ilning yoshini toping?
168.
“Bunyodkor” futbol jamoasidagi 11 nafar o’yinchining o’rtacha yoshi 26 ga teng.
Unga murabbiy yoshini ham qo’shib o’rta arifmetik qiymat hisoblansa, u 28 ga teng chiqdi.
Murabbiy necha yoshda?
GEOMETRIK MASALALAR
1.
To’g’ri to’rtburchakning eni bo’yidan 3 marta qisqa. Agar shu to’g’ri to’rtburchakning
perimetri 72 sm bo’lsa, uning yuzini toping?
2.
To’g’ri to’rtburchakning bo’yi 42 sm bo’lib, u enidan 3 marta uzun. Shu to’g’ri
to’rtburchakning perimetri va yuzini toping?
3.
Uchburchakning perimetri 126 sm. Bir tomoni 50 sm, ikkinchi tomoni undan 18 sm qisqa.
Uchinchi tomonning uzunligini toping?
4.
Uchburchakning perimetri 71 sm. Bir tomoni 18 sm, ikkinchi tomoni undan 11 sm ortiq.
Uchinchi tomonning uzunligini toping?
5.
Uchburchakning perimetri 64 sm. Bir tomoni 12sm, ikkinchi tomoni undan 2 marta uzun.
Uchinchi tomonning uzunligini toping?
6.
Uchburchakning perimetri 61 sm. Bir tomoni 24sm, ikkinchi tomoni undan 3 marta
qisqa. Uchinchi tomonning uzunligini toping?
7.
To’g’ri to’rtburchak shaklidagi basseynning perimetri 80 m. Uning bo’yi enidan 10 m
ortiq. Basseynning bo’yi va enini toping?
8.
Tomonlari 25 sm va 16 sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchakning yuziga teng bo’lgan
kvadratning tomonini toping?
9.
To’g’ri to’rtburchakning eni 42 sm bo’lib, u perimetrining 3/14 qismiga teng . To’g’ri
to’rtburchakning bo’yi va yuzini toping?
10.
To’g’ri to’rtburchakning eni bo’yidan 4 marta uzun. Agar shu to’g’ri to’rtburchakning
perimetri 90 sm bo’lsa, uning yuzini toping?
11.
To’g’ri to’rtburchakning eni 62 m 8 dm bo’lib, u enidan 4 m qisqa. Shu to’g’ri
to’rtburchakning perimetri va yuzini toping?
12.
To’g’ri to’rtburchakning bo’yi 54 m 6 dm bo’lib, u enidan 5 m uzun. Shu to’g’ri
to’rtburchakning perimetri va yuzini toping?
13.
To’g’ri to’rtburchakning bo’yi enidan 5 marta qisqa. Agar shu to’g’ri to’rtburchakning
perimetri 144 sm bo’lsa, uning yuzini toping?
14.
To’g’ri to’rtburchakning eni 124 sm bo’lib, u buyidan 4 marta uzun. Shu to’g’ri
to’rtburchakning perimetri va yuzini toping?
15.
To’g’ri to’rtburchak tomonlarining uzunliklari 12 sm va 6 sm. Perimetri shu to’g’ri
to’rtburchakning perimetriga teng bo’lgan kvadratning yuzini toping?
16.
To’g’ri to’rtburchak tomonlarining uzunliklari 15 sm va 9 sm. Perimetri shu to’g’ri
to’rtburchakning perimetriga teng bo’lgan kvadratning yuzini toping?
17.
To’g’ri to’rtburchakning yuzi 560 sm
2
va enining uzunligi 28 sm ga teng. Perimetri shu
to’g’ri to’rtburchakning perimetriga teng bo’lgan kvadratning yuzini toping?
18.
Uchburchakning perimetri 107 sm ga teng. Uning 1- tomoni 2-tomonidan 4 sm qisqa va
3- tomonidan 5 sm uzun bo’lsa, shu uchburchakning har bir tomonining uzunligini
toping?
19.
To’g’ri to’rtburchak shaklidagi yer maydonining eni 1600 m, bo’yi esa enidan 500 m
ortiq. Yer maydonining yuzini ar va gektarlarda hisoblang?
20.
To’g’ri to’rtburchak shaklidagi ikkita gulzordan birining tomonlari 12m va 20 m,
ikkinchisiniki esa 14 m va 17 m ga teng. Shu gulzorlardan qaysi birini o’rash uchun ko’p
panjara kerak bo’ladi?
21.
Bug’doy ekilgan yer maydoni to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lib, uning bo’yi 800 m, eni
esa 300 m ga teng. Fermer yerning har gektaridan 50 sr dan hosil olgan bo’lsa, u shu
maydonda qancha bug’doy yetishtirganini toping?
22.
Uchburchakning bir tomoni ikkinchisidan 3 marta qisqa, uchinchisidan esa 3 sm qisqa.
Agar uning perimetri 33 sm bo’lsa, har bir tomoni uzunligini toping?
23.
To`g`ri to`rtburchak shaklidagi panerning bo`yi 80 dm, eni 6 m.
Panerdan tomonlari 4 sm li kvadratchalar kesib olindi. Nechta kvadratcha kesib olish
mumkin?
24.
To’g’ri to’rtburchak shaklidagi hovlining tomonlari 28 m va 35 m. Hovlida tomoni 6
metr bo’lgan kvadrat shaklidagi uchta gulzor ajratilgan. Hovlining qolgan qismining
yuzini toping?
25.
To`g`ri to`rtburchak shaklidagi maktab hovlisining bo`yi 240 m bo`lib, enidan 60 m uzun
. Uning 1/3 qismini sport maydonchasi egallagan. Qolgan qismi o’quv binosi, yo`laklar
va gulzordan iborat. O’quv binosi, gulzor va yo`laklarning yuzini toping?
|