Tuzuvchilar: katta o‘qituvchi Sh. Mamatov



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə35/125
tarix24.04.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#101924
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125
download-edfiles-16241

asosiy omildir».
Tub islohotlar O'zbekistonda tabiatiga ko'ra sof siyosiy, huquqiy yoki iqtisodiy mohiyatini yo'qotmagan holda ma'naviy, ruhiy-axloqiy qadriyat darajasiga ko'tarilganligi sababli mamlakatning ham, barcha fuqarolarning ham hayotida mukammal, yetuk hodisa sifatida iz qoldirmoqda. Iqtisodiy islohotlarning ma'naviy mazmuni tobora chuqurlashmoqda.
Chunonchi: Bozor munosabatlariga o'tish - hayotiy yetuklik va sabr-matonatni sinovdan o'tkazuvchi o'ziga xos imtihondir.
Jumladan, fermer xo'jaliklari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirishga hamda ularni qayta ishlashga ixti-soslashgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil etildi, qishloq xo'jaligi sohasida ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish, transport xizmati, mahsulotlarni qadoqlash, joy lash va eksport qilish hamda shu kabi boshqa xizmatlar ko'rsatish bo'yicha ishlab chiqarish va bozor infra-tuzilmasi shakllanmoqda.
Dehqon xo'jaliklari faoliyati tubdan o'zgarib bordi. 1998-yilda go'shtning 90 foizi, sutning 92 foizi, sabzavot va kartoshkaning 70 foizdan ortig'i, poliz ekinlari va uzumning yarmidan ko'pi, respublikada yetishtirilayotgan mevalarning 61 foizi shaxsiy yordamchi xo'jalik deb atalmish xo'jaliklarda tayyorlandi.
Mulkdorlar sinfini shakllantirish davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish bilan bevo-sita bog'liq. Xususiylashtirish va kichik biznesni rivojlantirish ja-rayoni natijasida hozirgi paytda xususiy korxonalar respublikadagi korxonalarning umumiy sonidan 46 foizni, aksionerlik jamiyatlari va mas'uliyati cheklangan jamiyatlar - 12 foizni, jamoa mulki kor-xonalari - 6 foizni, fermer xo'jaliklari - 14 foizni tashkil qiladi. Ak-siyalash respublikada o'rta va yirik korxonalarni xususiylashtirishning asosiy shaklidir. 1999-yil 1-yanvarga kelib O'zbekistonda 9400 aksionerlik jamiyatlari ro'yxatga olindi, bunda barcha aksiyalarning uchdan bir qismidan ortig'i aholiga tegishli, bu esa yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish jarayonida aholi keng qatlamlari ishtirokining muhim shaklidir.
Xususiy sektorni kengaytirish, kichik biznes, fermer xo'jaliklari va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida tub burilishga erishildi.
2005-yilda davlat korxonalarini butunlay, shuningdek, davlat aksiya paketlarini asosan xususiy mulkdorlarga sotish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Natijada 980 ta obyektdan 902 tasi xususiy mulkka aylantirildi. 2000-2005-yillar davomida jami 4 ming 660 ta korxona va obyekt xususiy mulkdorlarga sotildi.
Masalan, Samarqand choy qadoqlash fabrikasi, «Ohangaron-sement», «Buxoro-gips», «Parkent-suv-qurilish» aksiyadorlik jamiyatlari kabi yirik korxonalar to'lig'icha xususiy mulkdorlarga sotildi.
Xususiylashtirish jarayonining so'nggi yillardagi o'ziga xos ji-hati davlat aktivlari va aksiya paketlarining nolga teng xarid qiymati bo'yicha to'liq hajmda sotilayotganida namoyon bo'lmoqda.
2003-2006-yillar mobaynida 396 ta korxona va obyekt 43,2 milliard so'mlik investitsiya kiritish majburiyati bilan nolga teng xarid qiymatida sotildi. Nizom jamg'armasida davlat ulushi bo'lgan xo'jalik subyektlari soni 2001-yildagiga nisbatan uch barobar qis-qardi.
2007-yilga kelib mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning qariyb 76 foizi, sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig'i, qishloq xo'jaligi va chakana savdo aylanmasining deyarli barcha mahsulotlari nodavlat sektor ulushiga to'g'ri kelmoqda. Nodavlat sektorda 77 foiz yoki iqtisodiyotda band bo'lgan kishilar-ning to'rtdan uch qismi mehnat qilmoqda.
Yagona soliq to'lovlarining joriy etilishi munosabati bilan soliq idoralariga taqdim etiladigan soliq hisob-kitoblari bo'yicha hujjatlar soni 10 barobar qisqardi.
Nazorat idoralarining xo'jalik subyektlari va tadbirkorlik obyektlarini tekshirish natijalari bo'yicha qabul qilgan barcha qaror-larini sud idoralari orqali amalga oshirish tartibi o'rnatildi.
Bunday tartib o'z-o'zicha mazkur subyektlarga nisbatan turli sanksiyalarni qo'llashni ham tubdan o'zgartirish, ya'ni uni sud qaro-ri bilan o'rnatishni belgilab beradi.
Shunday qilib, xo'jalik subyektlari faoliyatidagi o'zaro masala va talablarni turli darajadagi davlat boshqaruvi idoralarida ko'rish va hal qilish kabi o'z umrini о'tab bo'lgan amaliyotga butunlay barham berish borasida qat'iy qadamlar qo'yildi. Bugun bunday masalalar, huquqiy demokratik davlatlarda bo'lganidek, istisnosiz ravishda sud orqali hal etiladi.
Islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish masalalari eski zamon illati bo'lgan byurokratik boshqa-ruv tizimini bartaraf etish bilan bevosita bog'liq ekanini isbotlab o'tirishning hojati yo'q. Tan olish kerakki, respublikada amalga oshirilayotgan ma'muriy islohotlar markaz va joylardagi boshqaruv organlari tuzilmalarini takomillashtirishga sezilarli ta'sir qildi, boshqaruv xodimlari va ularning faoliyati bilan bog'liq xarajatlarni ancha qisqartirish imkonini berdi.
2001-2008-yillar mobaynida boshqaruv xodimlarining umumiy soni 75 ming kishiga yoki 35,5 foizga, jumladan, respublika organlari bo'yicha 21 foiz, mahalliy boshqaruv organlari bo'yicha 63,5 foiz, xo'jalik boshqaruv organlari bo'yicha 30,5 foizga qisqartirildi.
Xususiylashtirish, xususiy mulkni mustahkamlash, kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer xo'jaliklari tashkil etish va tadbirkorlikni rag'batlantirish hisobidan mamlakatimizda demokratik jamiyatning asosi va tayanchi sifatida o'rta sinf amalda shakllanmoqda.
Birinchi navbatda bu o'z kuchi va imkoniyatiga tayanib yashaydigan, o'zini, oilasini boqayotgan va davlatga ham katta naf keltira-yotgan, o'zining mustaqil tijorat ishiga ega bo'lgan mulkdor tadbirkorlardir.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin