2. Kir yuvuvchi, dog’larni ketkazuvchi, kiyim tozalovchi va uy jihozlarini tozalovchi tovarlar.
3.Sintetik kir yuvuvchi tovarlar
4.Tovarlarni sirtqi dog’larini ketkazishda ishlatiladigan kimyoviy vositalar.
1. Kleyli tovarlar
Tovarlarni kleylashda asosan sintetik va tabiiy vositalar asosida bir turdagi yoki har xil turdagi tovarlarni ma`lum bir sharoitda birini ikkinchisiga yopishtirib, isitish sovutish orqali yopishtiruvchi moddalar orqali mustahkam yopishtirilishini ta`min etuvchi moddalarga aytiladi. Bir guruhga oid yoki har xil guruhga oid bo’lgan tovarlarni kleylash asosida murakkab fizik-kimyoviy vositalar ya`ni tovarlarni ustki qismidagi xujayra molekulalarini bir-biriga yopishqoqlik kuchi yotadi. Bu holatni fanda adgeziya deb ataladi. Tovarlarni birini ikkinchisiga kuchli yopishishi nafaqat adgeziyani intensivligi (yopishqoqligi , qamrab olishi) kleylash chizig’i, kleylashda plyonka ya`ni kogeziyalash katta rol o’ynaydi.
Kleylar xususiyatlariga, ishlatilishiga, kelib chiqishiga fizik xususiyatlariga va boshqa belgilariga ko’ra ular: tabiiy yoki sintetik guruhlarga bo’linadi:
Tabiiy kleylar:
1.O’simliklarni kraxmalidan, oqsil, dekstrin va tabiiy kauchiq, smola asosida tayyorlangan kleylar;
2. Hayvon organizimlari asosida-mezdorli, baliqli, kazienli va al`buminli;
3. Mineral moddalar asosida bularga-bitumli, asfal`tli va silikatli.
Sintetik kleylar:
1.Termoplastik smolalar asosida:-poliamidli, polistirol, polivinilxloridli, akrilli va boshqalar.
2.Termoreaktivli smolalar asosida-fenolo-mochovina va melaminoformaldegidli;