O‘QUV DASTURI
I SINF
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:
skripka (sol) kalitini nota yo‘lidagi joylashuvini biladi;
tovushlarni to‘g‘ri kuylay oladi;
milliy (doira, nog‘ora, karnay, surnay) cholg‘ularni bir-biridan farqlaydi;
yetti tovush nomi va ularning ketma-ketligida kuylay oladi;
turli kichik hajmdagi qo‘shiqlarni kuylay oladi.
(33 soat, haftasiga 1soat)
Biz yoqtirgan kuy va qo‘shiqlar (9 soat)
Musiqa faniga kirish. Musiqa fani va xonasi. darsda o‘tirish, kuylash madaniyati.
Musiqa tinglash. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi” A.Oripov she’ri, M.Burhonov musiqasi.
Jamoa bo‘lib kuylash: “Vatanjonim-vatanim” P.Mo‘min she’ri, D.Omonullayeva musiqasi.
Musiqa savodi: Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish. (a, u, o, i, ye) unli tovushlar. “Vatanjonim-vatanim” qo‘shig‘i mualliflari, qo‘shiq harakteri, mazmuni haqida to‘liq ma‘lumot berish.
Dostları ilə paylaş: |