O‘QUV DASTURI
I-sinf
Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish (165 soat)
I. Boʻlim. Tayyorgarlik davri (31 soat)
1. Tayyorgarlik davrida o‘qish darslari (15 soat)
O‘quv predmeti mazmuni asosida tashkil etiladigan dars haqidagi amaliy ko‘nikma; darsning muayyan vaqt oralig‘ida davom etishi; rasm mazmunini anglash, rasm mazmuni asosida mantiqiy izchillikka ega bo‘lgan matn tuzish; darslik bilan ishlash; og‘zaki va yozma nutq haqida tushuncha; gap haqida tushuncha; so‘z va bo‘g‘in haqida tushuncha; gap, so‘z, bo‘g‘in va tovush uzviyligi; unli va undosh tovush haqida tushuncha; maktab partasida to‘g‘ri o‘tirish; darslikdan foydalanishga oid ilk o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: |