1. HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYASINING TAMOYILLARI Psixologiya tamoyillarini Amerika va boshqa chet el psixologiyasi yo`nalishlari ham ishlab chiqqan. XX asr boshlarida bixeviorizm va freydizm yo`nalishlari vujudga kelgan edi. Bixeviorizm psixologiyasi hayvonlarda o`tkazilgan kuzatishlar natijasiga asoslangan bo`lib, uning namoyondalari Torndayk va Uotson (Bixeviorizm ingliz tilida «xulq - atvor» degan ma`noni bildiradi). Bu oqim psixika va ongni inkor qiladi, xulq bilan tashqi muhit o`rtasidagi munosabatlarni, qonuniyatlarni tekshirishni taklif qiladilar. Ularning fikricha, psixologiyaning vazifasi stimulga (qo`zg`atuvchi), ya`ni sezgi a`zolariga ta`sir qilayotgan qo`zg`atuvchiga o`q otish, biror suratni ko`rsatish o`nga qanday javob reaktsiyasi bo`lishini yoki bunday reaktsiyani qanday stimul tug`dirishini oldindan aytib bera olishdan iborat. Bixevioristlarning formulasi “S - R” dir.
Freydizm yo`nalishiga venalik psixiatr Z.Freyd asos solgan. Uning fikricha, odam mohiyatiga ko`ra hayvonga o`xshaydi. Odamni xulq - atvori va harakatlari ikkita tamoyilga “Roxatlanish” va “Reallik” tamoyiliga bo`ysundirilgan bo`ladi. Bu oqim ham insonning ongiga ishonmaydi. Freyd o`zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ta`limotga aylantirib, g`arb mamlakatlarida katta e`tibor qozondi. 1923 yilda Psixonevrologlarning I -s`ezdida K.N.Kornilov psixologiyani qayta qurish vazifasini ilgari surdi. Psixologiya fanini yuzaga kelishida juda katta rol’ o`ynagan ilmiy kadrlar etishib chiqdi. Masalan, B. Anan’ev, P. Blonskiy, L.S.Rubinshteyn shuningdek, keyinchalik O`zbekistonda ham yirik olimlar etishib chiqdi, masalan: M.G.Davletshin, M.Voxidov, e.G`oziev, V.V.Tokareva, R.T.Gaynutdinov, V.M.Karimova, G`.B. SHoumarov, R.Sunnatova kabilar. YUqoridagi nomlari tilga olingan olimlar o`zlarining g`oyalari, milliy mafkuralari bilan yoshlarda tafakkur sifatlari: mustaqillik, tanqidiylik kabilarni shakllantirishga e`tibor bermoqdalar. O`z ilmiy fikrlarini yoshlar, talabalar ongiga singdirmoqdalar. Hozirgi mustaqillik sharoitida psixologiyaga bo`lgan talab, ehtiyoj juda kuchayib ketdi.