12
ularning zanglashini tezlashtiradi. Shprislarni qismlarga ajratib
distillangan suvda qaynatish lozim. Ularni ishqorli eritmalarda
qaynatish mumkin emas, chunki ular shprisning shisha devorida
qolib mahalliy og‘riqsizlantiruvchi moddalarning parchalanishiga
olib keladi. Rezinali asboblar distillangan suvda dokaga o‘ralgan
holda qaynatiladi.
Kuydirish usuli – bu usul tezkorlik bilan bajarilayotgan
operatsiyalarda qo‘llanilishi mumkin. Buning uchun asboblar
emallangan idishga solinadi, ustidan 96
o
li spirt quyib yoqiladi,
biroz sovugandan keyin ularni ishlatish mumkin. Olov ta’sirida
mikroblar tez nobud bo‘ladi, lekin bir necha marta bu usul
qo‘llanilgandan so‘ng asboblar xiralashib ishdan chiqadi. Bundan
tashqari bu usul xavfli, chunki qizib turgan asboblar xirurgning
qo‘lini kuydirishi mumkin.
Issiq havo yordamida sterilizatsiya qilish – buning uchun
asboblar quritgich shkafga qo‘yiladi va 150–160° haroratda 20–30
minut davomida sterilizatsiya qilinadi.
Avtoklav usuli – uni bir joyda ishlatish mumkin. Buning uchun
xirurgik asboblar bokslarga ishlatilish guruhlariga qarab solinadi va
atmosfera bosimida 40 minut davomida avtoklavda sterilizatsiya
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: