Vibratsiya kasalligi
Vibratsiya kasalligi
- kasb kasalliklaridan
biri; vibratsiyanint odamga uzok, vakt
taʼsir etishidan kelib chiqadi. Kasallikning
kechishi va harakteri titrash taʼsirotining
kuchi va zarbiga bogʻliq; bunday titrash
gavdaning maʼlum qismiga (mas., qoʻlga,
qisman vibratsiya) va butun organizmga
(umumiy vibratsiya) taʼsir etadi. Ayrim
kasbdagi kishilar ishlatayotgan qoʻl
asboblarining zarbi yoki ulardan toʻgʻri
foydalana olmaslik, gavdani notoʻgʻri
tutish, sovuq, shovqin va b. V.k.ga sabab
boʻlishi mumkin. Kasallikda qoʻl
panjasining zirqirab ogʻrishi va toliqishi,
sovuqqa taʼsirchanlik, bosh ogʻrigʻi, tez
charchash, asabiylashish, yurak-tomir
faoliyatida jiddiy oʻzgarishlar va b.
kuzatiladi. Davosi kasallikka sabab
boʻlgan omilni iloji boricha ertaroq
bartaraf etishdan iborat. Turli dori-
darmonlar, fizioterapevtik muolajalar,
tegishli kurortlarda boʻlish kompleks
davolanishning tarkibiga kiradi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar
Dostları ilə paylaş: |