Xavfsizlik uchun eng maqbul tanlov


Shahar yo‘llari va ko’chalarini qurishda mehnat muhofazasi. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə19/19
tarix23.05.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#120272
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Dilshodga chala

Shahar yo‘llari va ko’chalarini qurishda mehnat muhofazasi. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar.
Qurilishda texnika xavfsizligiga katta axamiyat berilishi kerak bo‘ladi, chunki bu inson xayoti bilan bog‘liq. Qurilishda ish boshlanishidan oldin texnika xavfsizligi buyicha instruktaj o‘tilishi kerak. Xususan qurilayotgan yo‘lni asos qatlamini qurish jarayonida ayrim mashina-mexanizmlardan foydalanish vaqtida quyidagi texnika xavfsizlik qoidalariga qa’tiy rioya qilish kerak:
Avtogreyder bilan ishlaganda:

  • avtogreyder daraxtlar, daraxtlar to’nkalari va katta toshlar bor joyda ishlashi mumkin emas;

  • gruntni tekislashda avtogreyderning tashqi g‘ildiraklari yoki traktorning gusenitsilari bilan yo‘l poyi cheti orasida kamida 1 m masofa bulishi kerak;

  • burilishda va qayrilishda avtogreyderning tezligi eng kam bulishi kerak;

  • qiyalik beruvchi va uzaytirgichni o‘rnatish, qiyaliklarni qirqish uchun pichoqlarni tashqariga chiqarish va o‘rnatish uchun ishchi ishlashi kerak;

  • avtogreyderni baland kutarmalarga chiqishi uchun maxsus chiqish va tushish joylari qilish kerak;

Katok bilan ishlaganda:

  • texnika xavfsizligi buyicha instruktaj o‘tilgan bulishi kerak;

  • haydoachi tibbiy kurikdan o‘tgan bulishi kerak;

  • mashinani ishga tushirishdan oldin uning texnik jixatdan sozligini tekshirish kerak;

  • haydovchi mashina ishga tushganligi xaqida ogoqlantiruvchi signal berishi kerak;

  • katok kutarmada ishlayotganda ko‘tarmaning qoshigacha borishi mumkin emas;

  • katokni qiyalikda tuxtatib quyish mumkin emas;

  • ish tugaganidan sung texnikalarni ish joyida qoldirib ketish mum-kin emas;

  • zichlash jarayonida bir nechta katoklar ishlayotgan bulsa oraliq masofani saqlash kerak;

Avtosamosval bilan ishlaganda:
-haydovchilik guvoxnomasiga ega bo‘lmagan shaxslar avtosamos-valni boshqarishlari mumkin emas;
-yuk ortilgan xolatda belgilangan tezlikda harakatlanmaslik kerak;
-avtomobil pasportida belgilangan me’yoridan ortiq yuk yuklash mumkin emas;
-avtlsamosvalga yuk ortilayotganda kabinida xech kim bo‘lmasligi kerak;
-birinchi tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun “aptechka”bo‘lishi kerak;
Avtomobil yo‘llarini loyixalash, qurish va ta’mirlashda atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishni baholash RD 119 0027714-29-93 ga hamda QMQ 2.05.02-95 ning 3-qismi RD 119 0027714-29-93 va 2.05.11-95 ning 7 - qismi shu qatorda texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi me’yoriy hujjatlarning talablarini bajarish zarur.
Shahar yo’llari va ko’chalarini ta’mirlash ishlarini olib borishda atrof muhitni muxofaza qilish chora tadbirlarini hal qilish zarur. Ishlab chiqarishda texnologik echimlarni qabul qilishda atrof muhitga zarar etkazmaslikni tabiat muvozanatini buzmasligini, geologik, ekologik va gidrogeologik sharoitlarni o‘zgarish xavfi tug‘ilmasligini hisobga olgan holda hal etish lozim.
Qurilishni olib borishda shamol yo‘nalishi bilan bir xil yo‘nalishda ish olib borish ma’qul. Yo‘lni qurish vaqtida agar yo‘l qimmatli unumdor erlardan o‘tsa, o‘sha trassa o‘tadigan er unumdor qismi qirqib olinib, unumsiz erlarga tashib chiqariladi.
Qirqib olinadigan unumdor qatlamning fizik va ximiyaviy tarkibi GOST 17.5.1.03-86 ga to‘g‘ri kelishi kerak. Gildan supesgacha bo‘lgan gruntlarning granulometrik tarkibi 1.5 g/sm3 dan oshmasligi kerak. Aholi punktlaridan o‘tgan joylarda shamol yo‘nalishi hisobga olinib, chang to‘zon va transport tovushlaridan saqlanish uchun shamol yo‘nalishiga teskari tomondan ish olib boriladi
Yo‘l chetlarini qurishda ishlatiladigan sanoat va issiqlik elektrostansiyalaridan chiqqan qoldiq maxsulotlar, shlak, qotgan yoqilg‘i qoldiqlari, fosforit qoldiqlarini, ularni atrof-muhitga ta’sirini hisobga olib, agar ta’siri kam bo‘lsa ularni tavsiya etiladi.
Yo‘llardan uy hayvonlari o‘tadigan joylarda maxsus o‘tish joylari quriladi va ularning xavfsizligi ta’minlanadi.
Shahar yo’llari va ko’chalarini qurish yoki ta’mirlashda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishni baholash RD 119.002771-29-93 ga muvofiq amalga oshiriladi. Shuning uchun mazkur avtomobil yo‘lini ta’mirlashda atrof-muhit ifloslanishini, salbiy ekologik oqibatlarni yumshatish uchun quyidagi chora tadbirlar amalga oshiriladi.

  • Yo‘l poyini ko‘tarishda ishlatiladigan gruntning changlanishlarini oldini olish zarur.

  • Toza suv oqib o‘tadigan yo‘l poyi yaqinidagi ariqlarga zaharli moddalar tushib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligi zarur. (Ya’ni: oxak. kul, bitum, sement kabi bog‘lovchi moddalar)

  • Sement maxsus ajratilgan omborlarda saqlanishi, shamol ta’sirida changlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.

  • Qurilishda ishlatiladigan maxsulotlarni tashib keltirishda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak:

  1. Qurilish maxsulotlarining transportdan to‘kilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.

  2. Yoqilg‘i moylarini yo‘llarga to‘kilib ifloslanishiga yo‘l qo‘yilmasligi

  3. Yo‘l poyidan suvni chetlatish chora tadbirlarini ko‘rish.

  • Aholi yashaydigan joylarda yo‘l chetini mustahkamlash, yo‘lga ishlatiladigan maxsulotlarni tashish davomida yo‘lni saqlash ishlarini bajarish, (bunda yo‘lga suv sepish, tekislab turish va boshqa ishlar) e’tibordan chetda qolmasligi zarur.

  • Yo‘l chetidagi daraxtlarni faqatgina loyihaviy ko‘rinishni ta’minlash darajasida qirqilishi.

Vaqtinchalik foydalaniladigan erlarda rel’efni qayta tiklash amalga oshirilishi zarur.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ushbu kurs ishim orqali menga topshiriqda berilgan Toshkent shahridan hududidan oʻtuvchi I darajali tuman ahamiyatidagi magistral(tartibga solinuvchi harakat) ko’chaning 0-1.5 km uzunligida joriy ta’mirlash texnologiyasi va uni tashkil qilish boʻyicha bir qancha koʻnikmalarga ega boʻldim.
Bu jarayonda Toshkent shahrining hududiy tuzilishi asosiy iqtisodi va geografik koʻrsatkichlari muhum yoʻl tarmoqlari hamda yilik ob havo malumotlari bila tanishib chiqdim bunda hudud iqlimi keskin kontenintal ekanini va ushbu malumotlarga asoslangan holatdayil davomida 241 kun iqlim yoʻl qurishga mos boʻlishini va bu kunlardan 190 kun mobaynida ishlarni tashkilashtirish mumkun ekanligini aniqlab oldim.
Zaruriy meyori hujatlar boʻlmish ShNQ 2.07.01-03 ga aoslangan holatda shaxar yoʻllarining texnik parametrlari bilan tanishib chiqdim va mavjud yoʻlimda oʻlchash ishlarini olib borib geometric parametrlarni aniqlab oldim.
Harakat tarkibini va harakat jadalligini koʻchada visual kuztish usuli orqali aniqlab oldim bunda umumiy harakat jadalligi 15601 avto/soat boʻlib harakat tarkibida yengil avtomobillar 95%, yuk avtomobillari(5t)1% , yuk avtomobillari(5-10 t) 1%, yuk avtomobillari(10 t dan yuqori)1%, avtobuslar2% ni tashkil etishini aniqladim.
Uzunligi 1500 m boʻlgan yoʻlning ustki qismini joriy tamirlanadigan qismlarni frezalash mashinasi yordamida qatlam olib tashladim soʻngra kengligi 25 m boʻlgan umumiy tasmalar soni 6 ta boʻlgan yoʻl boʻylab ikki qatlam 5 sm mayda donali zich asfaltabeton yotkazishni, yoʻlning ikki tarafiga suv chetlatish uchun dekarativ latoglar joylashtirishni va kerakli mashina mehanizmlar otryadini tanlab olib hisob kitoblarimni texnologik xaritada jamladim.
Bunga koʻra yoʻlimni mukammal tamirlash uchun kerakli harajatlarni bilib oldim, talab etiladi kerakli harajatlarni mahsus diagrammada ifodaladim
Olingan malumotlar asosida va yetakchi mashina mehanizmlarning ish unumdorligi hamda ish koʻlamidan kelib chiqib chiziqliy kalendar grafigini tuzib chiqdim.
Barcha ishlar tamomlanganidan soʻng bajarilgan ishlarni qabul qilib olish uchun zarur boʻladigan sifat nazoratiga oid meyori hujatlar va normativlar bilan tanishib chiqdim va bu borasida alohida band ajratib koʻrsatdim, shuningdek ishlarni bajarish jarayinida texnika havsizligi qoidalariga oid qoidalarga alohida etibor qaratdim.
Bajargan ishlarimni jamlab olgan bilimlarim va koʻnikmalarim asosida xulosaladim va bu jarayonda foydalangan adabiyotlarimni va kerakli meyoriy hujatlarni ilova qilib koʻrsatdim.
Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin