Ular rus tilini o‘qitishni asta-sekinlik bilan majburiy qilish va maktablarda rus tili o‘qituvchilariga maoshni hukumat berishi taklifini o‘rtaga qo‘yishgan
Ular rus tilini o‘qitishni asta-sekinlik bilan majburiy qilish va maktablarda rus tili o‘qituvchilariga maoshni hukumat berishi taklifini o‘rtaga qo‘yishgan.
Samarqand jadidlari tomonidan “Anjumani maorif” jamiyati tashkil etiladi. Jamiyat shaharda muallimlar tayyorlovchi maktab (dorulmuallimin) ta'sis etilishi yo‘lida harakat qilgan.
Yangi usul maktablari zamon talabi asosida vujudga keldi. Arxiv ma'lumotlari asosida viloyatda 20 dan ortiq nomlari shu vaqtgacha ma'lum bo‘lmagan maktabdorlarning faoliyati haqida ma'lumot aniqlandi.
Aslida yuqorida aytilganidek bu turdagi maktablar bundan ham ko‘p bo‘lganligi shubhasiz. Rasman maktab faoliyatiga ruxsat olish qiyinligi bois, ruxsatsiz faoliyat ko‘rsatgan maktablar ham ko‘p bo‘lgan. Bu maktablar davr ehtiyoji va qadim maktablarning islohoti hosilasi sifatida vujudga keldi. Ushbu maktablarda asosan o‘qitish usuli va zamonaviy dunyoviy fanlarga e'tibor berildi. Bu maktablar milliy va zamonaviy yevropa ta'limining uyg‘unlashgani hosilasi edi. Mavjud rus ta'lim dargohlaridan farqli ravishda milliy tarix va o‘zlikni asrash shakllantirishga xizmat qilgan.
Samarqand viloyatining taraqqiyparvar ziyolilari tomonidan tashkil etilgan 20 dan ortiq yangi usul - jadid maktablari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, ularning o‘zbek, tojik va rus tiliga ixtisoslashgani hamda mazkur maktablar ta'lim usuli va samaradorligining aholi ma'naviy-ma'rifiy hayoti rivojiga ko‘rsatgan ta'siri aniqlangan.
Samarqand viloyatida tez sur'atlarda ommalashib borgan jadid maktablari aholining ma'naviy-ma'rifiy hayotiga sezilarli ta'sir ko‘rsatgan, jumladan, xalqni ma'rifatli qilish, dunyoqarashini rivojlantirish, ilg‘or yoshlarni shakllantirish singarilarda muhim ahamiyat kasb etdi. Viloyatda yangi usul maktablarining obro‘si kundan-kunga oshib, aholining maorif sohasiga qarashlarini o‘zgartirdi va rus-tuzem maktablari bilan raqobat qila boshladi. Yangi usul maktablari mahalliy aholining rus tili va zamonaviy fanlarga bo‘lgan ehtiyojini qondira olgan. Natijada rus-tuzem maktablariga bo‘lgan ehtiyoj susaygan va mustamlaka hukumati jadid maktablarini doimiy nazorat qilishga va ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilishga intilgan. Jadidlarning ma'rifatparvarlik faoliyati, mahalliy xalq ichidan yangicha zamonaviy fikrlovchilarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi.