Yaponiya pul tizimi reja



Yüklə 65,88 Kb.
səhifə16/22
tarix21.05.2023
ölçüsü65,88 Kb.
#118751
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Yaponiya pul tizimi reja-azkurs.org

YAponiya hukumati 2008 yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, iqtisodiyotni rag’batlantirish maqsadida umumiy qiymati 75 trln. ienaga teng uchta (2008 yil 28 avgustф, 30 oktyabr, 12 dekabr) inqirozga qarshi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi va ushbu tadbirlarga mablag’larning 12 trln. ienasini bevosita byudjet mablag’lari (YAIMga nisbatan 2%) tashkil etdi. Inqirozga qarshi qabul qilingan chora-tadbirlar dasturlari quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oldi:

moliya tizimini qo’llab-quvvatlash - fond bozorini barqarorlashtirish, ichki kreditlash shartlarining yomonlashuvini bartaraf etish, moliyaviy institutlarga davlat tomonidan yordam ko’rsatish, xususiy banklarga kichik va o’rta korxonalarga kredit ajratishlari uchun hukumat kafolatlari tizimini kengaytirish ko’zda tutildi;


aholini ijtimoiy himoyalash - aholiga bevosita pulli to’lovlar taqdim etish, tibbiy va maktab muassasalariga moliyaviy yordam berish, ayrim import qilinayotgan oziq-ovqat maxsulotlari narxi ustidan davlat nazoratini o’rnatish, tez yurar avtomobil yo’llaridan foydalanganlik uchun to’lovlarni pasaytirish, tibbiy xarajatlarni qisman qoplash kabi chora-tadbirlarni qamrab oldi;
bandlikni qo’llab-quvvatlash — hukumat tomonidan bandlik darajasini saqlab kolayotgan, ishga nogironlarni qabul qilayotgan shtatdan tashqari ishlayotganlarni shtatga qabul qilayotgan kompaniyalarni moliyaviy rag’batlantirish tizimining joriy qilinishi, qisqartirishga tushib qolgan ishchilarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, uy-joy ijarasi va yangi ish o’rnini qidirish xarajatlari uchun kreditlar berish kabi chora-tadbirlardan iborat;
hududlarga yordam berish - jamoat ishlarini moliyalashtirishni ko’paytirish, qishloq xo’jaligi, ta’lim va tibbiy xizmat sohalarida hududiy loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari.

2009 yil 10 aprelda yangi inqirozga qarshi iqtisodiyotni rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. Bu rejada umumiy xarajatlar 56,8 trln. ienani (570 mlrd. doll.), bevosita byudjet xarajatlari esa 15,4 trln. ienani (YAIMga nisbatan 3%) tashkil etdi.


Yüklə 65,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin