Yengil atletika musobaqasi o’tqaziladigan joylarga qo’yiladigan talablar



Yüklə 64,54 Kb.
səhifə6/12
tarix02.01.2022
ölçüsü64,54 Kb.
#44039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Yusupov Islombek

Pedagogik kuzatish. Bunga reja asosida tahlil qilish va o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish usuli bahosi kiradi, bunda kuzatuvchi bu jarayonni kuzatilayotganda qatnashadi.

Pedagogik kuzatishning har kungi kuzatishdan farqi shundaki, unda kuzatish fanini aniq belgilanganligi va kuzatilayotgan omillarni ishlab chiqilgan tizimini qayd qilib borilishidir.

Pedagogik kuzatishning asosiy kamchiligi shundaki, unda aniq sub’ektni bahoviy ko‘rinishi va kuzatilayotgan pedagogik jarayonlarni aniq ro‘yxatga olishning qiyinligidadir. Shuning uchun kuzatuvchiga boshqa tekshirish usullaridan foydalanilgan holda ma’lum bir yordam beriladi, ya’ni xronometriyasi olinadi, kinosyomka qilinadi, pulsometriya va boshqalar qilinadi.

Ochiq kuzatish deb, o‘qituvchi va talaba kuzatuv olib borilayotganligiga aytiladi.

Yashirin kuzatuvda esa, o‘qituvchi va talaba kuzatuv olib borilayotganligini bilishmaydi va ularning xatti-harakatlari tabiiyligicha qolaveradi. Pedagogik kuzatishlar vaqt belgisiga qarab uzluksiz va bo‘lingan bo‘ladi. Bunda hodisalarning asosiy xususiyatlari o‘rganiladi. Pedagogik kuzatish jarayonida bir nechta mustaqil kuzatuvchilar bilan birgalikda olib borilsa, aniq ma’lumotlar olish mumkin. Jismoniy tarbiya jarayonini shunday tomonlarigina, ya’ni o‘qitish va tarbiya jarayonini buzmasdan qayd qilish pedagogik kuzatish ob’ekti bo‘lishi mumkin.

O‘quv rejasida yengil atletika bo‘yicha pedagogik analizni o‘quv praktikasini vaqtida bajarish ko‘zda tutilgan. Bu topshiriqni bajarishda o‘quv gruppasi 3-4 kuzatuvchidan iborat guruhlarga bo‘linadi. Guruhlar faoliyatining taxminiy yo‘nalishi shunday bo‘linadi:

Guruh A – darsni boshlanishida, asosiy va oxirgi qismlarida topshiriqni bajarilish tahlili.

Guruh B – o‘qituvchi va o‘quvchini mashqni bajarilishini kuzatish.

Guruh V – darsda qo‘llaniladigan usul va vositalarni tahlili, maxsus va umumrivojlangan mashqlardan maqsadga muvofiq foydalanish, darsda gruppali, individual metodlardan foydalanishning to‘g‘riligi va boshqalar.

Guruh G – darsning umumiy va motor zichligi tahlili.

Guruh D – 2 ta bajaruvchining qiyshiq pulsi tahlili.

Guruh e – darsning emostional bahosi, gruppa bilan aloqa, xatolarni topish va tuzatish.

Dars tugagandan so‘ng talabalar olingan materialni tizim-lashtiradilar, kattalar guruhlarda qisqa axborot qiladilar. O‘qituvchi pedagogik kuzatishdan olingan natijalarni umumlashtirib, differensiyalashgan bahoni aniqlaydi.

ilmiy-tekshirish uslubiga o‘xshab, tekshiruvchiga ikkinchi darajali ta’sirlarni bartaraf qilishda zarur sharoitni tug‘dirish ko‘zda tutiladi.

Tajriba o‘tkazish jarayonida shartlarni tekshirish jarayonida tekshiruvchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishi mumkinligi ko‘zda tutiladi. Uning shartlari esa ko‘p yoki kam darajada jismoniy tarbiya jarayonini o‘ziga xos sharoitidan farq qiladi. Darajasiga bog‘liq bo‘lgan holda shart-sharoitlar o‘zgarishini shunday farqlanadi: tabiiy, modelli va laboratoriya sharoitidagi tajribalar.

Tajriba ayrim faktlarni aniqlashga yoki biron-bir ko‘rsatkichlarni taqqoslashga qaratilishi mumkin. Tajriba oxirida jismoniy tayyorgarligi, yoshi, jinsi o‘xshash gruppalar qatnashadi, lekin mashg‘ulotlarni biron-bir faktlari bilan (ya’ni yuklama-ning hajmi, mashg‘ulotlarning yo‘nalishi va boshqalar) farq qiladi. Umumiy qabul qilingan qo‘llanma bo‘yicha shug‘ullanadigan guruhlarni nazorat guruhlari deb, boshqalarni esa tajribali guruhlari deb ataladi. Tajribani yakunlash uchun matematik statistika usullardan foydalaniladi.

Amaliy mashg‘ulotlarda har bir talaba sakrash, yugurish, irg‘itish va itqitish texnikasi elementlarini baholash mahoratini egallamog‘i kerak.

Mashqlar texnikasini eksport bahosi bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilishda mashqlanayotganlar 3 ta guruhga bo‘linadi – A, B, V. Hamma talabalar bilan o‘tkazilgan mashqlarni umumiy qismidan keyin A guruh masofaga yugurish texnikasini ko‘rsatishga tayyorlanadi. B Guruh va V guruh mashg‘ulot uchun joy tayyorlash, tajriba olib boruvchilar joylashishini aniqlash bilan shug‘ullanadilar. Keyin A guruhdagi har bir talaba 60-10 m ga bo‘lgan yugurishni bajaradi, tajriba olib borayotganlar texnikani bahosini o‘tkazadilar. Undan keyin A guruh tajriba olib boruvchilar gruppasiga o‘tadilar va B guruhsi bilan birgalikda uzunlikka sakrash texnikasi bahosini o‘tkazadilar. So‘ngra V guruhsi yadroni otishni ko‘rsatadilar, A va B guruhlari tajriba qiluvchilar holida chiqadilar. Texnikaning har bir elementi 5 ball tizimida baholanadi. Yaqin masofaga yugurishda start, start olib yugurish, masofa bo‘yicha yugurish va marraga etib kelish baholanadi. Uzunlikka sakrashda dastlabki holat, tez yugurish, zarb bilan itarilish, sakrash, erga tushish baholanadi.

Ballarni jamini chiqarishda o‘rta arifmetik baho aniqlanadi, bundan tashqari, juda yaxshi bajarilgan mashqlar ballarining jami 100 ga ko‘paytiriladi. Shundan keyin, mashqlarni bajarilish texnikasiga muvofiq foizi belgilanadi.

Shunga o‘xshash tarzda yengil atletikaning qolgan turlari texnikasining eksport bahosi o‘tkaziladi.

Bu tekshirish yanada ob’ektivroq va ishonchliroq ma’lumotlar olishga imkon beradi.

Yengil atletikada juda ko‘p ishlatiladigan usullar quyidagilar: kinematografiya (kinosyomka, stereofotogrammetriya, videyozuv) jismni uzunligini ko‘chirish tahlilida, vertikal va uzunasiga UOM jismni va uning zvenolarini ko‘chirish aniqlanadi; tenzodimografiya o‘zaro harakatning tayanchi yoki «snaryad-otuvchi» sistemasida dinamikani o‘zgarishlarini analiz qilishda; podometriya – tanyach va fazaviy pallalar vaqtini tahlili qilish uchun va boshqalar. Silliq va to‘siqli yugurishlar texnikasini tahlili qilish, instrumental usul yordamida aniqlanadi: masofa va masofa chizig‘ini yengishda vaqt va tezlik. (Masalan: 100 m yugurishda birinchilar 30 m, 30-60 m, 60-80 m va oxirgilari 20 m masofa); qadamlar sur’ati va uzunligi, tayanch va faza vaqtidagi vaqt, tayanch oyog‘ini rostlash va amortizastiya fazasi; tayanch oyog‘ini o‘rnatish va itarilish, ko‘p amortizastion bukish momentida tizza bo‘g‘inida burchak, tayanch bilan o‘zaro harakatda dinamik xarakteristika va boshqalar.

Yengil atletikada itqitish texnikasini tahlil qilish jarayonida juda zarur tavsif shulardan iborat: tezlik va snaryadning uchish burchagi, burchakli tezlik va snaryadni aylanish radiusi (burilishdan itg‘itishga); asosiy jism zvenolarini fazoga oid tasnifni (masalan otishdan oldin); tayanchli va tayanchsiz fazalarni uzoqligi va boshqalar.

Yengil atletikada sakrashlarni tahlili qilish texnikasida quyidagi tasnif qayd qilinadi: ritmi, tezligi, uzunligi va yugurishda qadam tezligi; tezlik va UOM uchish burchagi; oyoqni o‘rnatish va itarilish burchagi, tizza bo‘g‘inini amortizatsion bukish hajmi; itarilishni dinamik tasnifi va boshqalar.

Tahlil natijasida olingan tasnifda kvalifikatsiyaga muvofiq sportchilar texnik mahorati me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan solishtiriladi. Olingan ma’lumotlarga binoan texnikaning samaraliligi to‘g‘risida, uning yo‘nalishlarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarini rivojlantirish haqida xulosa qilinadi.

Yengil atletlarni pedagogik tekshirishlar o‘tkazishda talabalarni amaliy ishlar malakasini egallashning muhim bo‘limi hisoblanadi va sportchilar tayyorlash tizimining ajralmas qismidir. O‘quv-mashg‘ulot jarayonini boshqarishda o‘z ichida quyidagi bosqichlarni oladi: ma’lumot yig‘ish, uni tahlili qilish va qaror qabul qilish.

Ma’lumot yig‘ish kompleks nazorat jarayonida amalga oshiriladi, bunda sportchini musobaqalashish faoliyati, musobaqalashish va mashg‘ulot yuklamalar dinamikasi, sportchini o‘zgarish holati ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Yengil atletikani kompleks kontrol jarayonida qo‘llaniladigan asosiy tekshirish usullari qo‘llaniladi.


Yüklə 64,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin