ajratish.Qat‟iylikni
anglash
ko„rinishlari
2yosh
Faol
nutqni
tushunishi va o„zida
yuzaga kelishi
Qo„l
va
oyoq
funksiyalarining
aniq belgilanishi
Xarakteri
asoslarini
shakllanishi
1yosh
Nutqni tushunishni
birinchi
birinchi
belgilari
Mustaqil xolda tik
turish va yurish
Nutqni
qo„llashning
birinchi belgilari
10oylik
Bog„liqlik reaksiyasini
yuzaga kelishi begona
muxit
va
begonalar
orasida xavotirlik
8 oylik
Sensomotor
intellektning yuzaga
kelishi
Tayanib yurish
Jest,mimika
va
pantomimika,yordamida
noverbal muloqot
7oylik
YOrdam
bilan
turish
5 oylik
YOrdam
bilan
o„tirish
3 oylik
Ko„rish
qobiliyatining
shakllanishi
YOn
tomoniga
o„girilishi
Onaning
jilmayishiga
javob qaytarish
2 xafta
Onaning tovushini
boshqa
tovushlardan
farqlash
1 xafta
Xarakatlarni
kuzatish
Maktabgacha tarbiya davri shaxsning xaqiqiy tarkib topishi (voyaga etish)
davri bo„lganligi uchun ham shunday muhim bir davrdir. Hayotning birinchi yili
mobaynida bolaning tevarak -atrofdagi muhitga munosabati jiddiy ravishda
o„zgaradi. Bola katalar bilan aloqada bo„lishi natijasida uning o„rgatishga qarab
o„z ixtiyorlarini qondiradigan narsa bilan mustaqil xarakat qila boshlaydi.
Dastlab u kattalar bilan birgalikda, so„ngra ularning raxbarligida xarakat qiladi,
undan keyin ovqat eyish bilan bog„liq bo„lgan xarakatlarni va o„z-o„ziga xizmat
ko„rsatishga oid ishlarni mustaqil bajara oladi. Hayotning 2 yilida kattalar bilan
munosabatlarda o„zgarish ro„y beradi. Maktabgacha tarbiya yoshida bola katta
odamni o„z xulqi-atvori uchun o„rnak deb xisoblaydi. Bola 1-yoshdan 3-
yoshgacha
narsalar, bilan xarakatlar qilishni egallaydi o„yin bolaning
xarakatlarini rivojlantirish va takoimllashtirishga yordam qiladi. Maktabgacha
tarbiya yoshida bola faoliyatining xilma-xil turlari o„yin, mexnat rejimini
bajarish bilan bog„liq bo„lgan faoliyat rivojlana boradi. 2 yoshdan boshlab
bolalar o„ynaydigan bo„lishadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning (4
yoshdan boshlab) etakchi faoliyatlarga bo„lib o„ynaladigan, ijodiy o„yindir.
O„yin jarayonida bola muayyan rollarni bajarishni o„z zimmasiga olishadi
hamda o„yin sharoitida odamlar faoliyati va munosabatini esga keltirishadi. 3-4
yashar bolalarda birgalikda o„ynaladigan o„yinlar xali bo„lmaydi. Dastlab
buyum, o„yinchoq rolini go„yo esga solganday bo„ladi, sungra bola o„yinda
ixtiyoriy suratda o„z zimmasiga ma‟lum rolni oladi.
Maktabgacha
tarbiya
yoshida bolaning kattalar tomonidan uyushtirilib, muayyan maqsadga qaratilgan
ijodiy faoliyati uning taraqqiyotga qancha ta‟sir ko„rsatadi. 2-yoshda bola rasm
sola boshlaydi va jon dil bilan rasm soladi. Rasm solish jarayonida uning idrok
etishi aniqlashda u buyumning rangi va shaklini
yaxshiroq ajrata boshlaydi,
kuzatuvchanligi rivojlanadi. Bola tasavvurlayotgan narsani o„xshatish
maqsadida rasmda aks ettirish zarur bo„lgan narsalarning belgilarini ataylab
ajratib ko„rsatadi.
Bola rasm solar ekan, rasmni so„zlar bilan to„ldirib, faollik bilan xarakat qiladi, u
o„z tassavvurlari asosida keyinchalik katta Yosh odamlarning so„ziga binoan
rasmlar yaratmog„i mumkin-unda ayrim narsalarning obrazlari vujudga keladi.
Rasm solish bilan loy va plastiklardan shakllar yasaydi, natijada, bola
analizatorlarining rivojlantirishda hamda moslashgan va differensiyallashgan
xarakatning tarkib topiishidan tashqari uning narsa shaklini, xajmini, bir
o„lchovda bo„lishi va munosabatligini idrok etish takomillasha boradi. 3-4
yashar bola narsalar o„rtasidagi bog„lanishni farqlab oladi va o„z faoliyatini
planlashtiradi, bu faoliyat asta-sekin ijodiy faoliyatga aylanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshida bolaning analizatorli
idrok etish jarayoni
ham yanada takomillasha boradi. Bola hayotining 3- yoshida beixtiyor idrok
maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolada ma‟lum bir maqsadga qaratilgan,
tanlangan idrokka aylanadi. Kuzatuvchanlik tarkib topadi. Idrok etishda
so„zning roli osha boradi bola narsalarning belgilab qo„ygan sifatlari va
xususiyatlarini aytib ko„rsatadi. Idrok jarayoni bolaning tafakko„rini o„stiradi.
Idrok jarayoni o„z faoliyati davomida va tafakkur jarayonida tobora
takomillashadi. O„yin jarayonida 3-yashar bolada dastlabki umumlashtirish
yuzaga keladiki, bu narsa bolaning oddiy masalalarni echishda imkon beradi.
SHu tariqa tafakkurning eng sodda formasi
bolaning narsa buyumlaridan
foydalanish faoliyati bilan bog„langan vositani amaliy tafakkurni paydo bo„ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola tasavvurlari doirasi kengayishi va bilimning
oshishi uning aqliy faoliyatini xarakterini o„zgartiradi. Nutqning o„sish
faoliyatining kengayishi yangi tafakkur formalari uchun sharoit ko„rsatadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi 5-6 yashar bola tassavvurlaydi keyin esa
muxokama qiladi, umumlashtiradi. SHu yoshdagi bolaning tafakkuri konkret
obrazli emotsional va yaqqol tafakkur bo„ladi. Muxokama bevosita narsa buyum
bilan bog„langan. Bola umumlashtirilgan tushunchalarni o„zlashtiradi fikr
yuritish operatsiyalari faqat idrok etishgina emas xayolga ham asoslandi.
Dastlabki (garchi mukammal bo„lmasa ham) xukumlar, xulosa chiqarish
va yakun yasash paydo bo„ladi. Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib
bolaning katta yoshli qilish va ularga taqlid qilib mustaqil ravishda xulosalar
chiqarishda va umumlashtirida. Bolaning nutqi kattalar bilan aloqa qilish va
o„zaro munosabatlarini darajasining kengayishi natijasida rivojlana beradi. 7-
yoshga kirganida og„zaki nutqning grammatik ko„rilishini
imlo qoidalarini
egallashda bu xollardan og„zaki nutqda foydalaniladi. Bola 6 yoshga kirganida
tovushlarini to„g„ri talaffuz qilishadi ular til xissi tarkib topadi ularning nutqi
tobora rivojlana boradi. Bola faol nutqining o„sishi bolalik davrining muhim
tomonidir. Bola dastlab (1 Yosh u 6 oygacha) katalarning nutqini tushuna
boradi. Undan keyin esa shu tushunish asosida bolaning faol nutqi tobora o„sadi.
Hayotning 2- yilida bola kattalarning narsa nomlari bilan bog„liq bo„lgan
hamma so„zlarni tushunadi. Bolaning nutqi tobora tusha borishi uning xulq
atvoriga so„z yordamida raxbarlik qilishiga imkon beradi.
3 yashar bolada xulq atvorining asosiy qoidalari faqat taxlid yo„li
bilangina emas balki kattalarning og„zaki ko„satmalari yordami bilan ham
vujudga keladi.
Dastlab bola bir bo„g„inli gaplarda so„ngra esa 2-3 bo„g„inli gaplardan
foydalanadi. Bola hayotining 3-yoshli oxiriga kelib uning so„zlashuv leksikasida
bog„cha so„z turumlariga tarkibiga kiradigan bu so„z uchraydi.
Bolalar
kattalarning gapini eshitishni yaxshi ko„radi, kichik-kichik she‟r, xikoyalarni
esda saqlashadi, bu uning nutqini o„stirishda yordam qiladi. O„sib borayotgan
nutq barcha psixik jarayonlarga - xotira, taffakkur, xayol va shunga
o„xshashlarga katta ta‟sir ko„rsatadi. 3-yoshdagi bolalar kattalar bilan birgalikda
suratlar ko„rib chiqishni va suratlar asosida aytiladigan xikoyalarni eshitishni
sevadi. Maktabgacha yoshdagi kichik bolaga (1-yoshdan 5-yoshgacha bo„llgan
bolada) xos beixtiyor (ixtiyorsiz) esda qoldirish xususiyati maktabgacha tarbiya
yoshidagi katta bolada tobora ixtiyoriy (ataylab) esda qoldirishga aylana beradi.
Bolaning tiklovchi xayoli o„sadi, so„ngra ijldiy xayol paydo bo„ladi. Bu
yoshdagi bolalarning xayoli etarli darajada kuchli
taraqqiy etganligi sabali
ko„pgina xayoldagi narsa bilan xaqiqiy narsani aralshtirib yuborishadi. Bolalar
idrokning faol ravishda rivojlanishining, tevarak atrofdagi muhitga qiziqishining
olib borishi tufayli uning ixtiyoriy diqqati jadallik bilan tarkib topadi.
Kattalarning ta‟siri va uning tarkiblari bilan faoliyat jarayonida maktabgacha
tarbiya yoshdagi 5-6 yashar katta bolalar endi shaxsga xos ba‟zi bir barqaror
sifatli xulq-atvorning ba‟zi tarkib topgan formalarini ko„rinadi. Bo„ yoshdagi
katta bolalarda dastlabki aqliy tassavvur ham o„sa boradi. Maktabgacha tarbiya
darida bolaning ijtimoiy, aqliy va axloqiy kamol toptirish uchun maktabda
o„qishga tayyorlaydi. Bolalarni sistemali ta‟lim olishga psixologik jixatdan
tayyorlash, ularda o„qishga xavas bilim olishga intilish
bolalar muassasalarida
ham oilada ham maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolalarda o„quvchi bo„lish,
o„qiy boshlash va o„zi uchun yangi hayotga o„quvchi bola hayotiga qo„shilish
istagi namayon bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: