Yosh fiziologiyasi va gigienasi


Oliy asab faoliyati tiplari



Yüklə 4,48 Mb.
səhifə77/190
tarix21.09.2023
ölçüsü4,48 Mb.
#146452
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   190
Yosh fiziologiyasi va gigienasi

5.5. Oliy asab faoliyati tiplari.


Oliy asab faoliyati haqidagi tushuncha. Shartli reflektor faoliyatlar asab tizimining shaxsiy xususiyatlariga bog’liq. Asab tizimining shaxsiy xossalari individning irsiy xususiyatlari va uning hayotiy tajribasi bilan ta’minlanadi. Ushbu xossalarning yig’indisi oliy asab faoliyatining tipi deb ataladi.
Asab jarayonining xossalari. I.P.Pavlov o’zining ko’p yillar mobaynida hayvonlarda shartli reflekslarning hosil bo’lish xususiyatlari va ularni kechishini o’rganish natijasida oliy faoliyatining 4-ta tipini ajratdi. U kishi tiplarni farqlashni uchta asosiy belgilariga qarab bajarishni taklif qildi: 1) qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari kuchiga qarab; 2) o’zaro muvozanatlashishiga, ya’ni qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari kuchi nisbatiga qarab; 3) qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari harakatchanligiga, ya’ni aksincha qo’zg’alishni tormozlanishga aylanish tezligiga qarab.
Oliy asab faoliyati tiplarining klassifikasiyasi. I.A.Pavlov ana shu uchta asosiy xossalarning namoyon bo’lishini asosida quyidagilarni farqlashni taklif qildi:
1) kuchli tip, lekin muvozanatlashmagan qo’zg’alish tormozlanishdan ustun («jonsarak tip»);
2) kuchli tip, muvozanatlashgan asab jarayonlari tez harakatchan («harakatchan tip»);
3) kuchli tip, muvozanatlashgan asab jaaryonlari kam harakatchan («tinch», kam harakatchan, inert tip);
4) zaif-kuchsiz tip, asab hujayralari ish faoliyatini yo’qolishiga olib keluvchi tez charchashi bilan xarakterlanuvchi tip.
I.P.Pavlovni o’qtirishicha, hayvonlarda topilgan oliy asab faoliyatining asosiy tiplari eramizdan oldingi IV-asrda yashagan yunon hakami Gippokrat tomonidan aniqlangan odamlarning to’rt temperamentiga –mijoziga to’g’ri keladi. Kuchsiz tip melanxolik mijozga, kuchli muvozanatlashmagan tip-xolerik mijozga; kuchli muvozanatlashgan harakatchan tip –sangvinik mijozga; kuchli muvozanatlashgan, asab jarayonlari zaif harakatchan- flegmatik mijozga to’g’ri keladi.
Ammo shuni qayd qilish kerakki, odamlarning bosh miyasi katta yarim sharlari ijtimoiy jonzot singari hayvonlarnikiga nisbatan ancha takomillashgan sintetik faoliyat xususiyatiga ega. Odamlarga, nutq funksiyasiga ega bo’lgan sifat jihatidan maxsus asab faoliyati xosdir.
I.P.Pavlov odamlar va hayvonlar uchun umumiy bo’lgan o’zaro aloqasi, muvozanatlashganligi bilan bir-biriga bog’liq bo’lgan signallar tizimi bilan bir qatorda oliy asab faoliyatining maxsus odamlarga xos tiplarini ajratdi.

  1. Badiiy tip. Birinchi signal tizimi ikkinchi signal tizimidan ustun bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu tipga voqyelikni to’g’ridan-to’g’ri qabul qiladigan, undan keng sezgilar tarzida foydalanadigan odamlar kiradi.

  2. Tafakkur tipi. Bu tipga kiruvchi odamlarda ikkinchi signal tizimi ustunlik qiladi, «mutafakkirlar» doimo abstrakt fikrlash qobiliyati bilan ajralib turadi.

  3. Juda ko’pchilik odamlar, har ikkala signal tizimining faoliyati muvozanatlashgan o’rta-oraliq tipga kiradi. Bu tipga kiruvchi odamlar ko’rgan narsalarini, eshitgan hodisa va jarayonlar haqida o’z fikrlarini to’liq va ajoyib tarzda tahlil qilish va xulosa chiqarish qobiliyatiga ega.




Yüklə 4,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin