o ‘simliklami parvarish qilish, bog‘cha hovlisida ishlash, oshxonada va guruhda navbatchilik qilish, kichkintoylami kiyintirishga yordam berish va boshqalar. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, kichik yoshdagi bog‘cha bolalari o‘zlarining mehnat faoliyatlarini hali yo‘lga qo‘ya olmaydilar. Shuning uchun ular mehnatning juda sodda turlari bilan, y’ani o ‘simliklarga suv quyish, baliqlarga ovqat berish, hovliga suv sepish va shu kabilar shug‘ullanadilar. 0 ‘rta va katta guruh bolalan mehnat faoliyatini o‘yindan batamom farqlab, unga nisbatan jiddiy munosabatda bo’la boshlaydilar. Ular www.ziyouz.com kutubxonasi
mehnatdan kelib chiqadigan natijani, y’ani mehnatning ijtimoiy mohiyatini, kim uchun, nima uchun lozimligini tushunadilar. Ular kattalarning oiladagi uy-ro‘zg‘or ishlariga zo‘r ishtiyoq bilan yondashadilar, kichkintoylar uchun qog‘oz, karton faner va plastilindan turli o‘yinchoqlar yasaydilar. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mehnat faoliyati bolalaming har tomonlama, y’ani ham jismoniy, ham psixik, ham estetik, ham axloqiy tomondan barkamol rivojlanishlariga juda katta ta’sir qiladi. Bog‘cha bolalari biron o‘yin, ta’lim yoki mehnat faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lar ekan, ular asosida harakatga soluvchi mayllar yotadi. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalarning xatti-harakatlari amalga oshirilayotgan sharoitga bog‘liq bo’ladi. Ular xatti-harakat motivlarini anglab ham etmaydilar. Shuning uchun ko‘pincha o ‘zlariga mutlaqo hisobot bermay, ma’lum bir vaziyatda u yoki bu xatti-harakatni amalga oshira boshlaydilar. 7 .2 . B og ‘c h a yoshidagi b o lalarn in g k a tta la r m eh n a tig a
m u n o sa b a ti