‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


  Uesli Kler Mitchell  g‘oyalari


səhifə128/184
tarix13.09.2023
ölçüsü
#143130
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)

16.4. 
Uesli Kler Mitchell 
g‘oyalari
U Veblenning shogirdi bo'lib, iqtisodiyotda siklik hodisalaming 
tadqiqotchisi sifatida mashhur (bu iqtisodiyotda 
konyunktur-statistik
institutsionalizm
oqimi hisoblanadi). U iqtisodiyotga ta’sir etuvchi 
omillami aniqlashga intildi, bular, uning fikricha, moliya, pul muoma- 
lasi va kredit kategoriyalari edi. «Bu kategoriyalami tartibga solish yo‘li 
bilan iqtisodiyotga ta’sir etish, hatto siklik tebranishlami o'zgartirish, 
oldini olish mumkin», - deydi u. U o'zining 
«Iqtisodiy nazariya tiplari 
to‘g‘risida leksiyalar» (1935) asarida iqtisodiy masalalami madaniyat 
va sotsiologiya muammolari bilan o‘zaro aloqada, ammo, asosan, psixo­
logik tahlil asosida tadqiq etadi. Siyosiy-iqtisodiy institutlar to‘g‘risidagi 
ta’Iimot sifatida qaraladi. Kapitalistik ishlab chiqarishni tartibga solish 
zarurligi Mitchell ta’limotining bosh xulosasidir.
Mitchell institutsionalizmi ustozi Veblen nazariyasidan, birinchi- 
dan, tanqidiy emasligi bilan, ikkinchidan, abstrakt nazariya bo‘lmasdan


o‘sha davming empirik tadqiqoti ekanligi bilan farq qilar edi. U o‘z 
asarlarida inqirozsiz «amaliy sikl» masalalariga alohida e’tibor berib, 
pul muomalasi muammolarini diqqat markazida tutgan. Moliya va pul 
muomalasi institutlaridan insonlar hulqini tushuntirish uchun foy- 
dalaniladi.
Insoniy jamiyat rivoji ayrim individlar taraqqiyoti shaklida emas, 
balki jamiyat a’zolarining kollektiv aloqalarining takomillashuvi sifatida 
xarakterlanadi. Kapitalizm qarama-qarshiliklarini yechishda davlat yo‘li 
bilan tartibga solish eng qulay vosita deb qaraladi. Iqtisodiyotni 
o‘rganishda matematika va statistikani keng qo'llash yo‘li bilan, Mitchell 
«kichik va katta sikllap> davomiyligini hisoblab chiqdi. U o‘zining hisob- 
kitoblariga asoslanib, kapitalizmning inqirozsiz rivojlanish modeli loyi­
hasini yaratdi.
Bu oqim tarafdorlari sikllami o‘zaro aloqador parametrlaming ta’siri 
oqibatida vujudga keladi va kapitalistik ishlab chiqarish dinamikasini 
belgilaydi, deb qaraydilar. Shu sababU ular sikllami tasodifiy yagona 
hodisa emas, balki doimiy kapitalizm iqtisodiyotiga xos xususiyat deb 
hisoblaydilar. Ular tadqiqot qilayotgan omillar qatoriga birinchilardan 
bo'lib muomala sohasi ko'rsatkichlarini qo‘yadilar, ya’ni narxlar, 
aksiyalar kursi, pul muomalasi va boshqalar.
Inqirozlar inkor etiladi, bu amaliy sikllami tan olish bilan isbotla- 
nadi (unda inqirozlar yo‘q). Iqtisodiy qatorlaming nazariy asosini 
bekam-u ko‘st deb bo'lmaydi. Masalan, 1929-yil arafasida Garvard 
maktabi vakillari tomonidan berilgan iqtisodiy ob-havo prognozi 
(«Konyunktur barometr»)
iqtisodiyot ravnaqi - 
«prosperity» bo'lgan.
Mitchell tadqiqotlari empirik va institutsional uslublarning 
qorishmasidan iborat. U iqtisodiy siklning amaldagi modelini 
loyihalashtirishga muvaffaq bo‘la olmadi.
16.5. Ijtimoiy-institutsional yo‘nalish evolutsiyasi
Yuqorida institutsional yo‘nalishning asosiy g‘oyalari va dasturi 
ко‘rib chiqilgan edi. Hozirgi davrda ham bu yo'nalish g‘oyalari 
dolzarbligicha qolmoqda. Bu yo‘nalishning otasi Veblen tomonidan 
ilgari surilgan ta’limotda hozirgi zamon jamiyatini qayta qurish, trans- 
formatsiya masalalari nihoyatda muhim o‘rin egallaydi. Ulaming fik­
richa, ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli jamiyatdagi sotsial qarama-


qarshiliklar yo‘qolib boradi. Jamiyatning konfliktlarsiz evolutsiyasi, 
uning industrial jamiyatdan postindustrial, superindustrial yoki «neo­
industrial», informatsion jamiyat sari rivoji ro‘y beradi.
Texnik-iqtisodiy omillami mutlaqlashtirish tufayli yangi konvergen- 
siya nazariyasini ilgari surish imkoni yaratildi (J.KGelbreyt, Pitirim 
Sorokin - AQSH, Raymond Aron - Fransiya, Yan Tinbergen - Ni- 
derlandiya).
J.K.Gelbreyt asarlarida bu fikrlar to‘laroq ifodasini topgan. U 
«kapitalizm transformatsiyasi» ro‘y berishi bashorat qilinadi.
J.K.Gelbreytning asosiy asarlari quyidagilardir: «Moi-koichilik 
jamiyati» (1958), «Yangi industrial jamiyat» (1967), «Iqtisodiy naza- 
riyalarva jamiyat maqsadlari» (1973), «Pullar» (1975), «Ishonchsizlik 
asri» (1977).
Superindustrial jamiyat to‘g‘risidagi g'oyalar amerikalik futurolog 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin